Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/152
tarix15.10.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#155904
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

45
45
44
...VA BUGUN
Orol dengiziga quyiladigan suv miqdori kamayib, 
dengiz hozirgi kunda ikki kichkina ko‘lga bo‘linib 
ketgan. Dengizdagi suvning kamayishi hisobiga 
suvning sho‘rlik darajasi 3 baravar oshdi. Natijada, 
dengizda yashaydigan ko‘plab baliq turlari va hayvonlar 
nobud bo‘ldi. Baliqchilik bilan shug‘ullanish mumkin 
bo‘lmay qoldi. Qurigan dengiz o‘rnidagi tuzlar shamol 
bilan havoga ko‘tarilib, atrofdagi hududlarni qoplay 
boshladi. To‘qayzor va chakalakzorlar o‘rnida cho‘l paydo bo‘lib, bu yerlarda 
yashaydigan hayvonlar soni keskin kamaydi. Havo va ichimlik suvining 
ifloslanishi natijasida aholining yashash sharoitlari og‘irlashdi. Orol dengizi 
suvining keskin kamayishi Orolbo‘yi hududining iqtisodiyotiga ham salbiy 
ta’sir ko‘rsatdi.
OROL DENGIZI 
KECHA...
Bundan yarim asr oldin Orol dengizi chuqurligi 67 
metr, shimoldan janubga 400 kilometrga cho‘zilgan 
ajoyib dengiz edi. Dengizda o‘nlab turdagi baliqlar 
bo‘lib, dengiz bo‘yidagi Mo‘ynoq shahrida baliqdan 
konserva tayyorlaydigan zavod qurilgandi. Dengiz 
atrofidagi chakalakzorlar va to‘qaylarda jayronlar, 
tulkilar, quyonlar, o‘rdaklar va boshqa turli-tuman 
parrandalar, hayvonlar yashagan. Orol va Orolbo‘yi 
hududining iqtisodiyotdagi ahamiyati ham katta bo‘lgan. Baliqchilik katta 
daromad keltirib turgan, dengiz va uning atrofida yashaydigan hayvon 
va parrandalardan oziq-ovqat mahsulotlari va mo‘ynalar tayyorlangan. 
Shuningdek, dengiz atrofidagi maydonlarda chorva mollari boqilgan, serhosil 
yerlarda esa dehqonchilik rivojlangan.
1980
1995
2009
1960
1. Orol muammosining paydo bo‘lishiga nimalar sabab bo‘lgan, deb 
o‘ylaysiz?
2. Orol muammosi respublikamiz iqtisodiyotining qaysi sohalariga salbiy ta’sir 
ko‘rsatdi?
3. Orol muammosining inson iqtisodiy faoliyati natijasi sifatidagi muqobil 
qiymatini baholang. Bu muammo nimaning evaziga paydo bo‘ldi?

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin