DAVLAT BUDJETI HAQIDA TUSHUNCHA Davlat budjeti davlatning bir yillik daromadlari va xarajatlari rejalashtirilgan
asosiy moliyaviy hujjatidir. Davlat budjetini tuzishdan ko‘zlangan asosiy maqsad:
davlat oldida turgan iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni bajarish uchun moliyaviy asosni
shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning istiqboldagi rejasini amalga
oshirish, aholi daromadlarini qayta ko‘rib chiqishdir. Davlat budjeti daromad va
xarajat qismlaridan tashkil topadi.
DAVLAT BUDJETINING DAROMAD QISMI Davlat budjetining daromad manbalariga quyidagilar kiradi:
— fuqarolar daromadidan olinadigan soliqlar;
— korxonalar foydasidan olinadigan soliqlar;
— davlat korxonalarining foydasi;
— davlat qimmatli qog‘ozlarini sotishdan tushgan pul;
— davlat mulkini sotishdan tushgan mablag‘lar;
— davlat boji va boshqa tushumlar.
Davlat hududiga ayrim turdagi tovarlarni olib kirganlik uchun yoki davlat
muassasalari tomonidan ko‘rsatilgan ayrim xizmatlar uchun davlatga to‘lanadigan
maxsus to‘lov turi davlat boji deb ataladi. Aytib o‘tish lozimki, soliqlar davlat
budjeti daromad qismining asosiy manbasi hisoblanadi. Shu manbalar asosida
davlat o‘z pul mablag‘larining markazlashgan jamg‘armasi — davlat budjetining
daromad qismini hosil qiladi va uni yil davomida xarajat qiladi.
4. O‘tgan darsda siz davlatning vazifalari bilan tanishdingiz. Davlat o‘z vazifalarini
bajarish uchun mablag‘ni qayerdan oladi? Bu vazifalarni bajarishga mabag‘lar
qayerdan moliyalashtiriladi?
O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti O‘zbekiston Respublikasining
Oliy Majlisida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Yil yakunlangandan so‘ng
hukumat budjetining ijrosi bo‘yicha Oliy Majlisga hisobot beradi.
Bilasizmi? Davlat budjeti – davlatning bir yillik daromadlari va xarajatlari
rejalashtirilgan asosiy moliyaviy hujjati.
Boj — davlat muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan ba’zi bir xizmatlar
uchun yoki davlat hududiga ayrim turdagi tovarlarni olib kirish uchun
to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lanadigan haq.