himoya qilish bo’yicha mexanizmining butun say-harakati ijtimoiy –iqtisodiy integratsion
jarayonlarda milliym mintaqaviy va global xavfsizlikni ta’minlashda o’z ifodasini topadi.
Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati negizida tashqi iqtisodiy aloqalarni tartibga solish va
ishlab chiqarish omillarining xalqaro taqsimlanishida mamlakat ishtirokini maqbullashtirish
tartibini belgilashga doir bir maqsadga yo’naltirilgan faoliyatlar yotadi.
Tashqi iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismlari bo’lib
tashqi savdo siyosati, xorijiy
investitsiyalarni jalb etish va xorijdagi milliy capital qo’yilmalarni tartibga solish borasidagi
siyosat valyuta siyosatlari xisoblanadi. Bundan tashqari mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini
ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan alohida davlatlar va mintaqalar bilan tashqi iqtisodiy
operatsiyalarni amalga oshirish ko’rinishlari ham mvjud.
Tashqi iqtisodiy siyosat tashqi iqtisodiy faoliyatni ham tartibga soladi.Ko’plab davlatlard
mavjud bo’lgan tashqi iqtisodiy siyosat vositalarining keng doirasi ularga o’z tashqi iqtisodiy
aloqalari tarkibini va ularni rivojlantirish yo’nalishlarini shakllantirishga ham,
boshqa
mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalari tarkibini va ularni rivojlantirish yo’nalishlarini
shakllantirishga ham, boshqa mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalari va tashqi iqtisodiy
siyosatiga ham faol ta’sir etish imkonini beradi. Tashqi iqtisodiy siyosat vositalarini siyosiy
mexanizm sifatida ta’riflash mumkin.
Tashqi iqtisodiy siyosatni shakllantirish uchun uning asosiy tamoyillarini aniq va ravshan
belgilash lozim. Unda tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining hatti-harakatlarini iqtisodiy-
huquqiy tartibga solishga asosiy o’rin ajratilgan bo’lib, umummilliy manfaatlarga mos kelishi
lozim.
Davlatning tashqi iqtisodiysiyosatni normative tartibga solish negizida milliy hamda
halqaro huquq meyorlari yotadi.
Boroq, davlatning tashqi iqtisodiy siyosat sohasidagi munosabatlarini tartibga solishda
milliy xuquqiy mehanizmlarning ham ahamiyati katta.Bunday mehanizmlar hozirgi kunda
davlatning xalqaro maydondagi strategic faoliyatini belgilashda muhim rol o’ynab kelmoqda.
O’zbekiston tashqi iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlari
va uni amalga oshirishga
qaratilgan chora-tadbirlar sifatida mamlakat taraqqiyotining har bir bosqichida uning o’z oldiga
qo’ygan vazifalari mavjud bo’lib, davlatning iqtisodiy siyosati bu vazifalarni bajarilishiga
qaratilmog’i kerak.
Mamlakat iqtisodiy rivojlanishining har bir bosqichida davlat tashqi iqtisodiy siyosatining
maqsadlari shu davrning o’ziga xos xususiyatlariga bo’lishi kerak.Ular orasida eng muhimlari
quyidagilar:
-eksportni rivojlantirish va uning tarkibiy tuzilishini yahshilash
-importning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, ya’ni uni milliy ishlab chiqarishni
zamonaviylashtirish va kengaytirishga qaratish
-ishlab chiqaruvchi kuchlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish uchun chet el
investitsiyalarini jalb
etish
-mamlakatning iqtisodiy xaffsizligini ta’minlash, ya’ni ma’lum darajada tashqi iqtisodiy
faoliyatda beksport-import operatsiyalari, valyutani olib chiqish, boshqa xalqaro bitimlar ustidan
davlat nazoratini o’rnatish.
Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati aniq belgilangan maqsadlar va uarni amalga oshirishga
qaratilgan asosiy tadbirlarni o’z ichiga oladi.
`
Birinchidan, respublika milliy iqtisodiyotining kuchli eksport bo’g’inini tashkil etuvchi va
uni jahon bozorida munosib o’ringa ega bo’lishini ta’minlovchi sohalarini aniqlash.
Ikkinchidan, iqtisodiyotning eksport bo’g’inida davlat tomonidan qo’llab –quvvatlash
usullaridan keng foydalanish.Bu usullar quyidagilardan iborat:
-ekspotrga yo’naltirilgan ishlab chiqarishni kuchaytirish uchun imtiyozli foizlar bo’yicha
uzoq muddatli kreditlar ajratish;
-milliy investitsiyalarni sug’urtalash;
-eksport qiluvchilarga milliy ishlab chiqarish va uning xorijiy raqobatchilari ishlab
chiqarish xarajatlari o’rtasidagi farqni qoplash;
-davlat tomonidan respublikagailg’or
texnalogiyalar, tajribalar, bilimlarni kirib kelishiga
subsidiyalar ajratish;
-eksport va importni litsenziyalash yoki chetga mol chiqarishga va chetdan uni olib
kelishga fuxsatnomalar berish;
-Shu bilan birga, tashqi iqtisodiy siyosat milliy valyutani mustahkamlash va uni boshqa
valyutalarga erkin almashinuvini ta’minlashni, ichki narxlarni jahon bozori narxlariga
yaqinlashtirish maqsadida baholar islohotini tugallashni, tashqi iqtirivojlantirish
va iqtisodiy
faoliyatning me’yoriy va huquqiy asoslarini xalqaro talablar darajasiga yetkazishni nazarda tutadi.
Dostları ilə paylaş: