Sun`iy monopoliya – monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi birlashmalarning
shartli (tabiiy monopoliyalardan ajratib turish uchun) nomi. Cun`iy
monopoliyalar kartel ,
sindikat, trest, konsortsium, kontsern kabi aniq shakllarda namoyon bo`ladi.
Sun`iy monopoliya o`z manfaatlari yo`lida bozor muhiti tuzilishini ataylab o`zgartiradi,
ya`ni:
- bozorga yangi raqiblarning kirib kelishiga yo`l qo`ymaslik uchun turli to`siqlar hosil qiladi
(xomashyo va energiya manbalarini egallab oladi; banklarning yangi korxonalarga kredit berishini
taqiqlashga harakat qiladi va boshqalar);
- ishlab chiqarishning eng yuksak darajadagi texnologiyasiga erishib,
qolgan raqiblarining
bu darajaga chiqishiga imkon bermaydi;
- ishlab chiqarish miqyosi samarasidan unumliroq foydalanish imkonini beruvchi nisbatan
yirik hajmdagi kapitalni qo`llaydi;
- o`z faoliyatini yuqori darajada reklama qilish orqali boshqa raqobatchilarni bozordan siqib
chiqarishga harakat qiladi.
Dostları ilə paylaş: