Keysning maqsadi : monopoliyalarning iqtisodiy mazmuni, ob`ektiv asoslari, amal qilish
xususiyatlari, tartibga solish usul va vositalari bo`yicha bilim va ko`nikmalar hosil qilish;
O`zbekistonda monopoliyalarni tartibga solish usullarining samaradorligini baholash.
Taqdim etilgan keysning yechimi talablarga quyidagi
o`quv natijalarini olish imkonini
beradi:
- tabiiy monopoliyalarning iqtisodiy mazmuni, ob`ektiv asoslari va amal qilish xususiyatlari
to`g`risidagi bilimlarni yanada chuqurlashtirish;
- tabiiy monopoliyalarni tartibga solish zarurligi hamda usul va vositalari bo`yicha bilimga
ega bo`lish;
- O`zbekistonda tabiiy monopoliyalarni tartibga solish xususiyatlari bilan tanishish;
- tabiiy monopoliyalarni tartibga solish usullarining samaradorligini belgilovchi ko`rsatkich
va mezonlarni aniqlash;
- tabiiy monopoliyalarni tartibga solish usullarining samaradorligini baholash.
Keysning muvaffaqiyatli hal etilishi uchun talaba bilishi lozim bo`lgan
bilim va ko`nikmalar: Talaba bilishi lozim: - monopolistik hukmronlik, monopoliyalarning turlari va vujudga kelish shart-sharoitlari;
- monopoliyalarning iqtisodiyotdagi o`rni, ijobiy va salbiy jihatlari;
- tabiiy monopoliyalarning iqtisodiy asoslari, amal qilish xususiyatlari;
- tabiiy monopoliyalarni tartibga solish usul va vositalari.
Talaba bajara olishi lozim: - tabiiy monopoliyalarning asosiy belgilarini ajrata olish;
- tabiiy monopoliyalarning ob`ektiv zarurligini asoslash;
- axborotlarni tanqidiy baholash va qayta ishlash;
- mavjud ma`lumotlar asosida tabiiy monopoliyalarni tartibga solish usullarining
samaradorligini baholash.
Talaba quyidagilarga ega bo`lishi lozim: - o`zaro fikr almashuv qobiliyati;
- munozaralarda ishtirok etish ko`nikmasi;
- guruh bo`lib ishlash ko`nikmasi.