11-masala. A tovardan 1000 dona tayyorlangan. Ulardan 800 tasini tayyorlash uchun 8000 soat, 50 tasini
tayyorlash uchun 250 soat, qolgan tovarlarning har birini tayyorlashga 8 soatdan vaqt sarflangan.
Agar 1 soatda sarflangan mehnat qiymati 500 so`mga teng bo`lsa, tovar birligining ijtimoiy
qiymatini aniqlang.
12-masala. 1784 yilda Angliyada 1 funt qo`lda yigirilgan ip 130,4 pens turgan. 1823 yilda yigiruv
mashinasining ixtiro qilinishi mehnat unumdorligini 11,7 marta oshirishga imkon berdi. Mashina
ishlatilgandan keyingi 1 funt ipning qiymatini aniqlang.
13-masala. Tovar ishlab chiqarish uchun sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat 6 soatni tashkil etadi. 1 gramm
oltin qazib chiqarish uchun 0,3 soat sarflanadi. 1 dollarning oltin mazmuni 0,888 g. Agar oltin
qazib chiqarish sanoatida mehnat unumdorligi 1,5 marta oshirilsa, tovarning qiymati oltinda va
dollarda qanday o`zgaradi?
14-masala. Ishlab chiqarish vositalariga sarflangan xarajatlar tovar qiymatining ¼ qismini tashkil etib,
o`zgarmay qolsa, jonli mehnatning unumdorligi yiliga 10%dan ortib borsa, necha yildan keyin
tovarning qiymati 2 marta kamayadi?
15-masala. Yil davomida sotilgan tovarlar 10 mlrd. so`mni tashkil etadi. Ulardan 40 mlrd. so`mlik tovar
kreditga sotilgan. Kreditga sotilib, muddati yetib kelgan to`lovlar – 30 mlrd. so`m, o`zaro hisob-
kitoblar – 15 mlrd. so`m. Quyidagi hollarda muomala uchun zarur bo`lgan pulning miqdorini
aniqlang:
a) pulning yil davomidagi aylanishlari soni n = 5.
b) pulning yil davomidagi aylanishi 20% qisqargan.
16-masala. A tovarga talab va taklif bir xil proportsiyada o`sadi. V tovarga talab taklifga nisbatan tezroq
o`sadi. D tovarga taklif talabga nisbatan tezroq o`sadi. Yuqoridagi omillarning ta`sirida narxlar,
tovar ishlab chiqaruvchilarning qayta taqsimlanishi qanday o`zgaradi? Tovar ishlab chiqarish
hajmi o`zgaradimi?
17-masala. Har kuni ishchi kuchini takror ishlab chiqarish uchun zarur tirikchilik vositalarining qiymati
– 10 doll. Har haftada iste`mol qilinadigan tovarlar – 30 doll., har chorakda kerak bo`ladigan
tovarlar 150 doll., har yarim yilda kerak bo`ladigan tovarlar – 400 doll., yiliga kerak bo`ladigan
tovarlar 690 doll.ni tashkil qilsa, ishchi kuchining bir kunlik qiymatini aniqlang.
18-masala. Ishchi kuchining bir kunlik qiymati 10000 so`m. Shundan 3000 so`m ovqatlanishga, 6000 so`m
kiyim va uy anjomlariga, 1000 so`m madaniy ehtiyojlarni qondirish uchun sarflanadi. Agar
ijtimoiy mehnat unumdorligi 2 marta oshsa, mehnat intensivligi ishchining moddiy ehtiyojlarini
25% oshirsa, madaniy ehtiyoj 1,5 marta oshganda ishchi kuchi qiymatining o`zgarishini aniqlang.
19-masala. Kostyum 100 ming so`m turadi. Unga 1 metri 20000 so`m turadigan gazlamadan 3 m sarflangan.
Tikuv mashinasining yemirilgan qismi – 2 ming so`m, astarning qiymati 14 ming so`m.