Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Monopoliyalarning ijobiy va salbiy tomonlari



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/203
tarix08.09.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#142081
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

 
1.3. Monopoliyalarning ijobiy va salbiy tomonlari 
Monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta`sir qiluvchi ijobiy va salbiy tomoni mavjud. 
Uning 
ijobiy tomoni
asosan quyidagi ikkita jihat orqali namoyon bo`ladi. 
Birinchidan, yuqorida ta`kidlab o`tilganidek, u ma`lum tarmoqlarda nisbatan samarali amal 
qiladi va xarajatlarning tejalishiga olib keladi. 
Ikkinchidan, monopolist bo`lmagan, mayda, raqobatlashuvchi soha korxonalariga nisbatan 
monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish 
uchun ko`proq rag`bat va imkoniyat mavjud bo`ladi. Chunki, uncha yirik bo`lmagan 
raqobatlashuvchi korxonalarning odatda moliyaviy jihatdan imkoniyatlari cheklangan bo`lib, ular 
ishlab chiqarishga yangiliklarni tatbiq etish orqali kelgusidagi daromadlarni oshirishdan ko`ra, 
ko`proq joriy daromadga e`tibor qaratadilar. Bundan tashqari, yangi g`oyalar raqiblar tomonidan 
juda tez o`zlashtirib olinadi va, buning oqibatida, bu g`oyalarni amalga oshirish xarajatlarini bir 
tomon qilgani holda, uning samarasidan barcha foydalanadi. Yirik monopolistik firmalarda 
moliyaviy imkoniyatlar keng bo`lib, innovatsiyadan olingan foyda ularning mualliflariga tegishi 
aniq kafolatlanadi. 
Monopoliyaning 
salbiy tomoni
sifatida quyidagi jixatlarni ko`rsatish mumkin: 
1) resurslarning oqilona taqsimlanmasligi.
Bu holat monopoliyalarning yuqori foyda 
ketidan quvib, sun`iy ravishda ishlab chiqarishni cheklash vositasida narxlarni ko`tarishi, 
mahsulotlarning u qadar yaxshi bo`lmagan turlarini, past texnikaviy darajasini, past sifati hamda 
sotishning yomon sharoitlarini vujudga keltirishi orqali namoyon bo`ladi. Natijada, raqobat 
sharoitida amal qiluvchi iqtisodiyot samaradorligini bozor vositasida tartibga solish mexanizmi 
ishdan chiqadi.
Monopoliyalar bilan bog`liq bo`lgan iqtisodiy faoliyatlar erkin hamda oqilona tanlov 
imkoniyatidan mahrum bo`ladi, monopoliyalarning iqtisodiy jihatdan asoslanmagan shart-sharoit 
va narxlari tazyiqiga chiday olmaydi, ish faolligini pasaytirib, ba`zi hollarda xonavayron 
bo`ladilar. Oqibatda ishlab chiqarish qisqarib, ishsizlik va inflyatsiya o`sadi, xo`jalikning izdan 
chiqishi kuchayadi. Jamiyat boyligi resurslarning oqilona raqobatli-bozor taqsimoti sharoitida 
qo`lga kiritilishi mumkin bo`lgan miqdoriga qaraganda kamayib ketadi; 

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin