V. KEYSLAR BANKI
Vaziyatlar
1-masala.
Tovar birligini ishlab chiqarish uchun bir guruh tovar ishlab chiqaruvchilar 20, ikkinchi
guruh – 25, uchinchi guruh – 15, to`rtinchi guruh 30 soat vaqt sarflaganlar. Agar birinchi guruh
barcha tovarlarning 20, ikkinchi – 50, uchinchi guruh – 12, to`rtinchi 18% ni ishlab chiqargan
bo`lsa, tovar birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnatning miqdorini
aniqlang.
2-masala.
«A» korxonada ishchi bir yilda 1,5 mln. so`m ish haqi olib, 2,5 mln. so`mlik qo`shimcha
mahsulot yaratgan. «V» korxonada bir ishchi yiliga 1,2 mln. so`mlik ish haqi olib, 2,8 mln.
so`mlik qo`shimcha mahsulot yaratgan. 8 soatlik ish kunida ishchining o`zi uchun va korxona
egasi uchun ishlagan vaqtini hisoblanga va har ikki korxonada qo`shimcha va zaruriy mehnatning
nisbatini toping.
Dostları ilə paylaş: