Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


-bоsqich  Kichik guruhlarga to`g`ri javоb beriladi va «to`g`ri javоb» bo`limini to`ldirish taklif  etiladi.  4-bоsqich



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/203
tarix08.09.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#142081
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

3-bоsqich 
Kichik guruhlarga to`g`ri javоb beriladi va «to`g`ri javоb» bo`limini to`ldirish taklif 
etiladi. 
4-bоsqich 
Talabalardan «to`g`ri javоb» bo`limidagi raqmlardan «yakka bahо» kattasidan 
kichigini ayirib «yakka hatо» bo`limiga yozishni, «to`g`ri javоb va «guruh bahоsi» 
o`rtasidagi farqni «guruh xatоsi» bo`limiga yozib chiqish talab etiladi 
5-bоsqich 
Trener
 
va guruh hatоlarining umumiy sоni bo`yicha tushuncha beradi, ularni sharhlab 
beradi. 


III. NAZARIY MAShG`ULOTLAR MAZMUNI 
1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning funksiyalari va iqtisodiy siyosatning 
maqsadlari. 
1.1. Iqtisodiyotni tartibga solishning bozor va davlat mexanizmlari. 
Bozor iqtisodiyotiga o`tayotgan va rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni tartibga 
solishning ikki mexanizmi yuzaga keldi: davlat va bozor mexanizmlari. Fanning maqsadi - davlat 
va bozor mexanizmlarining o`ziga xos xususiyatlarini yoritishdir. Ular hayotda aralash va o`zaro 
aloqadorlikda uchraydi. Ularning optimal aloqadorlikda bo`lishi maqsadga muvofiqdir. 
Fanning vazifasi iqtisodiyotni boshqarishda bozor munosabatlari bilan birgalikda davlat 
mexanizmini qabul qilgan sohalarni va shakllarini ko`rsatish, iqtisodiyotni boshqarishda davlatning 
o`rni haqidagi turli kontseptsiyalarni tahlil etishdir. 
Bozor – insoniyat taraqqiyotining buyuk yutuqlaridan biridir. Uning rivojlanishi uzoq yo`lni 
bosib o`tgan: bu jarayon kichik-kichik ishlab chiqaruvchilar bilan iste`molchilar o`rtasidagi aloqalar 
sifatidagi oddiy shakllaridan boshlab to zamonaviy ishlab chiqarish faoliyatining barcha shakllari, 
jamiyat iqtisodiy sub`ektlari o`rtasidagi rivojlangan iqtisodiy munosabatlari, ijtimoiy maxsulotni 
yaratishdan to uni iste`mol etishgacha bo`lgan davrni qamrab oladi. 
Bozor – bu turli ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish ko`rinishidagi faoliyatlarni 
muvofiqlashtiruvchi murakkab mexanizmdir. Bunda ijtimoiy mehnat taqsimoti va xususiy 
mulkchilik bozorni hal etuvchi shartlari bo`lib hisoblanadi. 
Bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik faoliyatining erkinliklari, ishlab chiqaruvchilarning 
moddiy manfaatdorliklari raqobatga undovchi asosiy kuch bo`lib hisoblanadi. 
Ma`lumki, bozorning muxim elementi bu narx va uning darajasi bo`lib, bu ishlab 
chiqaruvchi uchun ham, tadbirkor uchun ham va xaridor uchun ham muhim ko`rsatkich hisoblanadi. 
Bozor tizimi ishlab chiqaruvchilar va haridorlarni qaror qabul qilishlarida egiluvchanlik va 
moslashuvchanlik jixatlarini yuqori ekanligi bilan tavsiflanadi. Bozor ishlab chiqaruvchi va 
iste`molchi o`rtasidagi aloqalarni bo`glaydi. Tarmoqlar o`rtasida resurslarni samarali 
taqsimlanishida, talab va taklif mutanosibligini ta`minlashda bozor mexanizmi qulaydir. 
Jamiyat iqtisodiyotining rivojlanishida, ijtimoiy mehnat taqsimotida, davlatlararo 
aloqalarning kengayishida, iqtisodiyotning tarkibiy qismlari o`rtasidagi aloqalarni tartibga solish 
kabi iqtisodiy jarayonlarda bozor mexanizmining tartibga solish imkoniyatlari chegaralanganligi 
namoyon bo`ladi. Bunga iqtisodiyotda yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz davri qarama-qarshiliklarini 
misol keltirish mumkin. 1929-1933 yillarda sodir bo`lgan jahon iqtisodiy inqirozi yaqqol misol 
bo`la oladi. 
Bozor mexanizmi bajara olmaydigan va tartibga sola olmaydigan ijtimoiy takror ishlab 
chiqarish jarayonining vazifalari mavjud. Sanaot rivojlanishda erkin raqobat asosida ishlab 
chiqarish kuchlari nafaqat yakka tartibdagi xususiy mulk doirasida o`smoqda, balki jamoa 
(aktsionerlik)va boshqa mulkchilik shakllarining o`rni ham oshib bormoqda. Biroq, davlat 
iqtisodiyotning yirik tarmoqlarini o`z zimmasiga olishga, ularni rivojlantirishga va tartibga solishga 
majbur bo`lmoqda. Masalan: temir yo`l, telegraf, pochta, mudofaa va h.k. Bozor mexanizmi bajara 
olmaydigan ijtimoiy vazifalar ham mavjud. Bundan tashqari, bozor munosabatlari asosidagi ba`zi 
faoliyat natijalariga davlatning aralashuvi ehtiyoji tu`giladi. 
Bu, avvalam bor, iqtisodiyotni makro darajada tartibga solishda, aholining ma`lum qismini 
ijtimoiy himoya qilish va ularga yordam ko`rsatishda (ishsizlarga, tu`gma nogironlarga), pensiya 
ta`minotida, mudofaani ta`minlashda, ekologik muammolarni xal etishda, ijtimoiy tartibni 
saqlashda, pul muomalasini tartibga solishda, iqtisodiy takror ishlab chiqarish tsikliga ta`sir etishda, 
fundamental ilmni rivojlantirishda davlat aralashuviga zarurat tu`giladi. Tashqi iqtisodiy aloqalarni 
davlat aralashuvisiz tartibga solib bo`lmaydi. Bozor mexanizmi jamiyat manfaatlarini himoya etish, 
uzoq davrli ijtimoiy muammolarni va mamlakatlarning o`zaro aloqalarida yuzaga keladigan 
muammolarni bartaraf eta olmaydi. 


Davlat bozor mexanizmi bajara olmaydigan bir qator iqtisodiy vazifalarni bajaradi. Ular 
quyidagilardir: 
1.
Mamlakatning 
ijtimoiy 

iqtisodiy 
xavfsizligini 
va 
milliy 
iqtisodiyotni 
raqobatbardoshligini ta`minlash; 
2.
Barqarorlashtirish vazifalari (pul muomalasini tartibga solish, inflyatsiyani oldini olish va 
h.); 
3.
Qonuniy tartibga solish vazifasi
4.
Muvofiqlashtirish vazifasi; 
5.
Ijtimoiy yo`naltirilgan vazifasi; 
6.
Taqsimlash; 
7.
Nazorat va boshqalar. 
Yuqoridagilarning barchasi hozirgi zamon iqtisodiyotida bozor mexanizmi orqali iqtisodiyotni 
tartibga solish qanchalik zarur bo`lsa, davlat mexanizmini shunchalar zarur ekanligini ko`rsatadi. 
Eng muhimi, iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishda xar ikkala mexanizmlarni afzal jixatlarini 
birlashtirishdir. Bu esa iqtisodiyotni ratsional boshqarishdagi muhim vazifalardan biri 
hisoblanadi. 

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin