Texnopark
– o`z hududida kichik innovatsion korxonalarni yaratish va rivojlantirish orqali
ilmiy salohiyatdan foydalanish va ishlab chiqilgan texnologiyalarni tijoratlashtirish maqsadida
tashkil etiluvchi tuzilma.
Konsalting
– ishlab chiqarishga ish yuzasidan xizmat ko`rsatish sohasida ixtisoslashgan
firmalarning o`z mijozlariga maslahat xizmati ko`rsatish va texnikaviy loyihalarni ekspertiza
qilish bilan bog`liq iqtisodiy faoliyat.
Sug`urta kompaniyasi
– sug`urtalovchi rolida maydonga tushuvchi, ya`ni sug`urta hodisasi
ro`y bergan chog`da sug`urtalangan shaxsning zararlarini qoplash majburiyatini o`ziga oluvchi
tashkilot.
Investitsiyalar
– asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko`paytirishga, ishlab chiqarish
quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko`rinishi. U pul mablag`lari, bank
kreditlari, aktsiya va boshqa qimmatli qog`ozlar ko`rinishida amalga oshiriladi. Pul mablag`lari
ko`rinishidagi investitsiya
nominal investitsiya
, ana shu pul mablag`lariga sotib olish mumkin
bo`lgan investitsion resurslar
real investitsiya
deyiladi.
Investitsiya dasturi
-
respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy rivojlantirishga
erishishga, tabiiy, mineral-xom ashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona
foydalanish yo`li bilan respublika ayrim tarmoqlari va mintaqalarini tarkibiy o`zgartirishning
asosiy ustuvorliklarini va strategik vazifalarini amalga oshirishga yo`naltirilgan bir-biri bilan
o`zaro bog`langan chora-tadbirlar kompleksi.
Dostları ilə paylaş: