Axborot infratuzilmasi
– mamlakat axborot fazosining rivojlanishi va o`zaro faoliyatini
ta`minlovchi tizimchalar, tashkiliy tarkiblar majmui.
Ijtimoiy infratuzilma
–
aholining
turmush faoliyatini, uning farovonligi ta`minlashga xizmat
qiluvchi turli muassasa va ob`ektlar majmui. Masalan, ta`lim
muassasalari, dam olish va
davolanish maskanlari, uy-joy, kommunal va maishiy xizmat ko`rsatish shoxobchalari, tabiiy gaz,
ichimlik suvi, elektr energiyasi ta`minoti, yo`lovchi transporti va boshqalar.
«Agrobank» aktsiyadorlik tijorat banki
– iqtisodiyotning agrar sektorini yanada barqaror
rivojlantirish, qishloq xo`jaligida iqtisodiy islohotlarni izchillik
bilan chuqurlashtirib borish,
fermerlik xarakatini qo`llab-quvvatlash, uning moddiy va moliyaviy bazasini mustaxkamlash,
qishloq xo`jalik ishlab chiqaruvchilariga qishloq xo`jalik mahsulotlarini
chuqur qayta ishlovchi
zamonaviy korxonalarni jadal barpo etish,
yuqori sifatli, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab
chiqarish bo`yicha zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni tatbiq
qilish hamda ichki bozorni
mahalliy oziq-ovqat tovarlari bilan to`ldirishga yo`naltirilgan keng turdagi bank xizmatlarini
ko`rsatish maqsadida 2009 yil 30 martda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Agrobank» aktsiyadorlik
tijorat bankini tashkil etish to`g`risida»gi qarori asosida «Paxtabank» aktsiyadorlik tijorat
banki negizida tashkil
etilgan.
Dostları ilə paylaş: