Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


DAVLATNING MAMLAKAT IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TA`MINLASh



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/203
tarix08.09.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#142081
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

11. DAVLATNING MAMLAKAT IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TA`MINLASh 
VAZIFALARI 
 
11.1. Iqtisodiy xavfsizlikning mohiyati, tarkibiy elementlari 


Milliy xavfsizlikning muhim tarkibiy qismi, uni ta`minlashning eng muhim sharti yoki omili, 
ko`rsatkichi iqtisodiy xavfsizlikdir. “Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasi eng umumiy tarzda 
mamlakatning moddiy va nomoddiy, qayta tiklanadigan va tiklanmaydigan iqtisodiy salohiyatini 
ifodalaydi. 
“Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasining mazmuni iqtisodga oid ilmiy adabiyotlarda turlicha 
talqin qilinadi. Bir guruh olimlar mazkur iqtisodiy tushuncha mazmunini mamlakatning yetarli 
mudofaa salohiyatini, davlat siyosatining ijtimoiy yo`naltirilganligi, milliy manfaatlarni himoya 
qilishni kafolatlashga qodir bo`lgan iqtisodiyot va hokimiyat institutlarining holati sifatida 
ta`riflaydilar
1
. Shuningdek, uni hokimiyat institutlarining iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan 
milliy manfaatlarni himoya qilish va ro`yobga chiqarish hamda jamiyatning ijtimoiy-siyosiy 
barqarorligini qo`llab-quvvatlash mexanizmlarini yaratishga qodirligi va tayyorligi deb ham talqin 
qiladilar
2

Ikkinchi guruh olimlar mazkur tushunchani xalqning mustaqil ravishda tashqi kuchlarning 
aralashuvisiz va tazyiqisiz o`z iqtisodiy taraqqiyot yo`li va shakllarini belgilab olishiga imkon 
beradigan holat sifatida tavsiflaydilar
3
.
Uchinchi guruh olimlar esa “iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasini iqtisodiyotning ijtimoiy 
ehtiyojlarni samarali qondirishga qodirligi deb ta`riflaydilar
4

To`rtinchi guruh olimlar esa mazkur tushunchani iqtisodiyotning progressiv rivojlanishi va 
normal darajada amal qilishining muhim sharti, iqtisodiyot sohasida shaxs, jamiyat va davlatning 
hayotiy muhim manfaatlarining ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanishi deb tavsiflaydilar.
Taniqli rus iqtisodchisi L.I.Abalkin ushbu tushuncha mohiyatini ochib beruvchi uch 
elementni ko`rsatib bergan: 
-iqtisodiy mustaqillik. Hozirgi jahon xo`jaligi sharoitida iqtisodiy mustaqillik absolyut 
xarakterga ega emas, chunki xalqaro mehnat taqsimoti milliy iqtisodiyotlarni bir-biriga o`zaro 
bo`gliq qilib qo`yadi; 
- milliy iqtisodiyotning barqarorligi. Bu shaklidan qat`i nazar mulkchilikning himoya 
qilinishi, tadbirkorlik faolligi uchun ishonchli sharoit va kafolatlarning yaratilishi, mamlakatdagi 
holatning yomonlashuviga, beqarorlikka olib keluvchi omillarning jilovlanishini taqozo etadi; 
- o`z-o`zidan rivojlanishga va taraqqiy etishga qodirligi. Bu esa investitsiyalar va innovatsiya 
uchun qulay muhitning yaratilishi, ishlab chiqarishning muntazam modernizatsiyalashuvi
yangilanishi va takomillashib borishi hamda xodimlarning bilim, kasb-malaka, umumiy madaniy 
darajalarining o`sib borishi milliy iqtisodiy barqarorligi va mavjudligining zaruriy shartiga 
aylanishini ifodalaydi
1

(11.1.1-chizma) 
Iqtisodiy xavfsizlik mazmuni 
E.Buxval d esa
1
Экономическая безопасность. Производство, финансы, банки. -М., ЗАО «Финстатинформ», 1998.- с.12.
2
Ўша ерда. 
3
Жандаров А.М., Петров А.А. Экономическая безопасность России: определения гипотезы, расчеты.// 
Безопасность. 1994, №3 - с.8. 
4
Архипов А., Городецкий А., Михайлов Б. Экономическая безопасность: оценки, проблемы, способы 
обеспечения //. Вопросы экономики. №12, 1994. 
1
Спанов М. Экономическая безопасность: сущность, критерии, формы // Транзитная экономика, 1998. – с.3. 
Iqtisodiy xavfsizlik
Iqtisodiy mustaqillik
Milliy iqtisodiyotning 
barqarorligi
O`z-o`zidan rivojlanishga 
va taraqqiy etishga 
qodirligi 


Xavfsizlik tizimdagi ob`ektning ichki va tashqi tahdidlarning mavjudligi sharoitida yashay 
olish va rivojlanish qobiliyatiga egalik va ko`zda tutilmagan, aniqlanishi qiyin bo`lgan noxush 
omillar ta`siriga bardoshlilik holatini ifodalaydi (11.1.2-chizma). 
11.1.2-chizma
Rivojlanish, barqarorlik va xavfsizlik tushunchalarining o`zaro bo`gliqligi
Ilmiy iqtisodiy 
adabiyotlarda ushbu 
ta`rif eng to``gri ta`rif sifatida 
e`tirof 
etilmoqda
2
Iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiyotning turli sub`ektlariga tegishli bo`lib, ular 
quyidagilardan iborat: alohida fuqarolar; xususiy tadbirkorlik, biznes; davlat korxonalari; milliy 
iqtisodiyot; davlat. 
Ichki iqtisodiy sohalarda xavfsizlik tabiiy, texnikaviy-iqtisodiy, infratuzilmaviy, ijtimoiy
mikro va makroiqtisodiy rivojlanishning boshqa omillari, shuningdek, turli beqarorlik, tanglikni 
keltirib chiqaruvchi ichki va tashqi tahdidlar ta`siridan himoya qiluvchi ichki immunitetlar bilan 
bo`gliqdir. 
Tashqi iqtisodiy sohada xavfsizlik mamlakatning jahon bozoridagi raqobatbardoshligi, milliy 
valyutasining barqarorligi, davlatning moliyaviy ahvoli bilan tavsiflanadi. 
O`tish, ya`ni tranzit iqtisodiyotiga ega bo`lgan, bozor iqtisodiyotiga o`tish maqsadida 
islohotlarni amalga oshirayotgan mamlakatlarda iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash alohida 
ahamiyat kasb etadi. Ularda, shu jumladan, O`zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy 
islohotlar mamlakatning geopolitik holatini, uning hozirgi zamon jahon iqtisodiy tizimidagi 
o`rnini tubdan o`zgartirib yuboradi. 
. Iqtisodiy xavfsizlik tamoyillari sifatida ijtimoiy-iqtisodiy tizim ahvolining quyi chegarasini 
ifodalovchi ko`rsatkichlar qo`llaniladi. Mazkur quyi chegaralardan past ko`rsatkichlarda iqtisodiy 
tizim uchun tahdidlar vujudga keladi, hatto bu tizimning buzilishi, degradatsiyasi yuz bera 
boshlaydi. Ushbu quyi chegarani va uning miqdoriy o`lchamlarini aniqlash, belgilash uchun 
quyidagilarni amalga oshirish lozim bo`ladi: 
- milliy iqtisodiyot hamda iqtisodiy tizim faoliyatining asosiy sharoitlarini o`rganish va 
ularni tavsiflovchi ko`rsatkichlarni aniqlash; 
- milliy iqtisodiyotni tanglikka va beqarorlikka olib keluvchi omillarni aniqlash; 
- turli tanglik, xavfli holatlar yuzaga kelishining tartibi va imkoniyatlarini baholash;
- xavfsizlik va barqarorlikni saqlashga xavf soluvchi tahdidlarning oldini olish yo`llarini 
aniqlash.
Turli iqtisodiy tahdidlar, noxush holatlar oqibatida ko`rilgan zararlarning o`rnini qoplash 
uchun zarur bo`lgan xarajatlarni prognoz qilish ham muhim ahamiyatga ega. Buning natijasida 
favqulodda holatlar oqibatida ko`riladigan zararlarni qoplash, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishni ta`minlashga yo`naltirilgan resurslarni baholash va o`z vaqtida shakllantirish uchun
2
Спанов М. Экономическая безопасность: сущность, критерии, формы. // Транзитная экономика, 1998. №4.- 
с.4. 

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin