11.2.1-chizma
Iqtisodiyot sub`ektlarining xavfsizligi
Iqtisоdiy xavfsizlik
Shaxsning iqtisоdiy
xavfsizligi
Ishlab chiqaruvchi shaxs
xavfsizligi
Iste`mоlchi shaxs
xavfsizligi
Kоrxоnaning iqtisоdiy
xavfsizligi
Ishlab chiқarish
kоrxоnasining xavfsizligi
Xizmat ko`rsatish
kоrxоnalarining xavfsizligi
Mоliyaviy, savdо-tijоrat
kоrxоnalarining xavfsizligi
Nоtijоrat, jamоatchilik
tashkilоtlarining xavfsizligi
Xalqarо mоliyaviy
tashkilоtlarda ishtirоk etish
bilan bоg`liq xavfsizlik
Davlatning tashqi iqtisоdiy
xavfsizligi
Davlatning ichki iқtisоdiy
xavfsizligi
Davlatning iqtisоdiy
xavfsizligi
Korxona (firma)ning iqtisodiy xavfsizligini tahlil qilganda ularni ishlab chiqarish, xizmat
ko`rsatish, moliyaviy, savdo-tijorat hamda notijorat va jamoatchilik tashkilotlari mavqelarida
faoliyat yuritishlari nuqtai nazaridan turkumlash maqsadga muvofiq bo`ladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda xavfsizlik xo`jalik faoliyati sohalarida yuzaga kelishi nuqtai
nazaridan asosan uch yo`nalish, ya`ni ishlab chiqarish-xo`jalik, xo`jalik-iste`mol va moliyaviy
sohalar bo`yicha turkumlanadi
1
. Bizning nazarimizda, ushbu uch yo`nalish barcha mamlakatlar
uchun umumiy bo`lgani bilan, ayrimlari uchun qo`shimcha yo`nalishlar ham muhim ahamiyat
kasb etadi. Masalan, O`zbekiston uchun xalqaro bozorlarga chiqish jarayonida yangi transport
yo`llari, kommunikatsiyalari ham muhim hisoblanadi. Shuningdek, aholining turmush darajasi,
daromadlar bo`yicha tabaqalanishi bilan bo`gliq ijtimoiy xavfsizlikni ta`minlash ham katta
ahamiyat kasb etadi. Shunga ko`ra, bizning fikrimizcha, iqtisodiy xavfsizlikni ishlab chiqarish-
xo`jalik, xo`jalik-iste`mol, moliyaviy, transport kommunikatsiyalari va ijtimoiy sohalar bo`yicha
turkumlash maqsadga muvofiqdir.
11.2.2-chizma
Xo`jalik faoliyati sohalaridagi iqtisodiy xavfsizlik turlari
O`zbekiston uchun texnologik xavfsizlikni ta`minlash `goyat muhimdir. Chunki
respublikamizga sobiq totalitar tuzumidan mo`rt, zaif, bir yoqlama rivojlangan, asosan, xom
ashyo va oraliq mahsulotlar ishlab chiqarishga yo`naltirilgan iqtisodiyot meros bo`lib qolgan edi.
Paxtaning 95 foizi qayta ishlanmasdan respublikadan tashqariga olib ketilar edi. Sobiq sho`rolar
davrining 50 yili mobaynida yengil sanoatning umumiy tarmoq ishlab chiqarish hajmidagi ulushi
54 foizdan 37 foizga, oziq-ovqat sanoati ulushi esa 30 foizdan 14 foizgacha tushib qoldi.
1
Экономическая безопасность хозяйственных систем. Учебник. – М., Изд-во “РАГС”, 2001,- с.39.
Iqtisоdiy xavfsizlik
Ishlab chiqarish-xo`jalik
sоhasidagi xavfsizlik
Xo`jalik-iste`mоl
sоhasidagi xavfsizlik
Mоliyaviy xavfsizlik
Qarzdоrlik
Оziq-оvqat xavfsizligi
Energetik xavfsizlik
Texnоlоgik xavfsizlik
Ekоlоgik xavfsizlik
To`lоvsizlik
Ijtimоiy xavfsizlik
Transpоrt-kоmmunikatsiya
sоhasidagi xavfsizlik
Bu esa mustaqillikni mustahkamlashda texnologik xavfsizlikni ta`minlashning o`ta
zarurligidan dalolat beradi. Buning uchun respublikamizda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va
chuqur tarkibiy jihatdan o`zgartirishlar amalga oshirilmoqda. Bularning natijasi o`laroq sanoatda
yuksak texnologiyaga asoslangan va istiqbolli tarmoqlarning, chunonchi, mashinasozlik, yoqil`gi-
energetika, kimyo va yengil sanoat kabilarning hissasi ortib bordi. Shuningdek, respublika uchun
tamomila yangi bo`lgan avtomobilsozlik sanoati vujudga keltirildi. Xorijiy investitsiyalarni jalb
etish yo`li bilan samolyotsozlik, radioelektronika va elektronika sohalarini rivojlantirishga katta
e`tibor berilmoqda. Bu esa ishlab chiqarishni jadal modernizatsiya qilish, zamonaviy quvvatlarni
ishga tushirish, iste`mol bozorini sifatli va raqobatga bardoshli mahsulotlar bilan to`ldirish asosida
nafaqat texnologik, shu bilan birga, oziq-ovqat xavfsizligini ham ta`minlash imkoniyatini beradi.
Oziq-ovqat xavfsizligi mamlakat aholisining asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan yetarli
darajada ichki imkoniyatlardan foydalangan holda ta`minlanishini, importga bo`gliqlikni
minimum darajasiga erishishni ifodalaydi.O`zbekiston mustaqillikka erishganidan so`ng oziq-
ovqat xavfsizligini ta`minlash uchun ikki yo`nalishda chora-tadbirlar amalga oshirildi:
- qishloq aholisi tomorqa maydonlarini kengaytirish va yangilarini ajratib berish;
- qishloq xo`jaligi ekinlari tarkibini qayta ko`rib chiqish.
Davlatning oziq-ovqatga oid siyosati kartoshka, meva-sabzavot mahsulotlari bilan ham o`z-
o`zini ta`minlashni ko`zda tutadi. Aholiga yetarli darajada chorvachilik mahsulotlari va o`simlik
yo`gi yetkazib berish, qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash uchun zarur bo`lgan
bazani barpo etish, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari asosiy turlarining yetarli zaxirasini
shakllantirish, ularning chakana baholari barqarorligini ta`minlashga erishish, chetdan
keltirilayotgan mahsulotlar hajmlarini qisqartirib borish kabilar ham oziq-ovqat xavfsizligini
ta`minlashning muhim yo`nalishlari hisoblanadi.
Ekologik xavfsizlik tabiiy muhitga turli noxush ta`sirlardan, tabiiy ofat va halokatlardan
hamda insonlarning va xo`jalik sub`ektlarining atrof-muhitga salbiy ta`sir ko`rsatishidan
himoyalanganlikni ifodalaydi. Bu xususiyatlar iqtisodiy adabiyotlarda "ekologik imperativ" degan
tushuncha bilan izohlanadi.
1
Mazkur tushuncha tabiiy muhit bilan insonning fiziologik va ijtimoiy
xususiyatlari o`rtasidagi nisbatni ifodalaydi.
Moliyaviy xavfsizlik mamlakat va uning hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi va
rivojlanishi uchun zaruriy moliyaviy sharoit va resurslarning yaratilganligi, moliyaviy tizimning
yaxlitligini saqlash hamda ichki va tashqi iqtisodiy manfaatlar tahdidlariga muvaffaqiyatli
qarshilik qilishni ifodalaydi. Bu xavfsizlik pul, byudjet, kredit, soliqqa tortish va valyuta
tizimlarida vujudga keladigan tahdidlarning oldini olish, ulardan muhofazalanish kabilarni o`z
ichiga oladi.
Ijtimoiy tavsifdagi xavfsizlik aholining eng boy va eng quyi tabaqalari daromadlari
o`rtasidagi farq, kamba`gallik va qashshoqlik muammosi, turli yuqumli kasalliklar ko`lamining
kengayishini oldini olish zaruratida o`z ifodasini topadi.
Mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta`minlashda, uning jahon iqtisodiy
tizimiga integratsiyalashuvida ichki va tashqi transport yo`l va aloqa kommunikatsiyalari
tizimining yaratilishi oqibatida transport yo`l va aloqa kommunikatsiyalari xavfsizligi
ta`minlanadi.
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta`minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun
uning indikatorlari monitoringini tashkil etish zarur.
Iqtisodiy xavfsizlikning umumiy ko`rsatkichlari (indikatorlari) quyidagilardan iborat:
- turmush darajasi va sifati;
- inflyatsiya sur`ati;
- iqtisodiy o`sish;
- byudjet defitsiti; davlat qarzi;
- jaxon iqtisodiyotiga kirib borganlik;
- "xufyona iqtisodiyot" faoliyati;
1
Экологическая безопасность хозяйственных систем. Учебник. -М.: Изд-во “РАГС”, 2001, – с.49.
- mulk tarkibi;
- soliq tizimi;
- bozor infratuzilmalarining rivojlanishi.
Hududiy darajada umumiy ko`rsatkichlardan tashqari yana quyidagi ko`rsatkichlar iqtisodiy
xavfsizlikni ifodalaydi:
- aholi daromadlari;
- chakana narxlar darajasi;
- uy-joy bilan ta`minlanganlik;
- qochoqlar, emigrantlar va boshqalar soni;
- hududning mamlakat YaIMdagi ulushi;
- hududning to`lov balansi;
- eksport-import sal dosi (11.2.3-chizma).
Iqtisodiy xavfsizlik ko`rsatkichlari
Ko`rsatkichlar
Umumiy milliy iqtisоdiy darajada
Turmush darajasi va sifati
Inflyatsiya sur`ati
Ishsizlik darajasi
Iқtisоdiy ўsish
Byudjet defitsiti va davlat қarzi
Tashqi қarz
Jahоn iqtisоdiyotiga kirib bоrganlik
«Xufyona iqtisоdiyot»faоliyati
Mulk tarkibi
Sоliq tizimi
Ҳududiy darajada
Ahоli darоmadlari
Chakana narxlar darajasi
Uy-jоy bilan ta`minlanganlik
Qоchоqva emigrantlarning sоni
Hududning mamlakat YaIMdagi ulushi
Hududning to`lоv balansi
Ekspоrt-impоrt sal dоsi
Yuqordagiko`rsatkichlarmiqdoriningtahlikali quyi (porogovaya cherta) chegarasini ko`rsatish va
aniq belgilash lozim bo`ladi. Ushbu tahlikali quyi chegara – iqtisodiy manfaatlar nuqtai nazaridan
xo`jalik faoliyati proportsiyalarining eng quyi maqbul nisbatlarini ifodalovchi miqdoriy
indikatorlar bo`lib, ularga rioya qilmaslik takror ishlab chiqarish turli elementlarining iqtisodiy
rivojlanishiga to`sqinlik qiladi va mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga tahdid soladi.
Tahlikali quyi chegaraning miqdoriy o`lchamlarini aniqlash uchun quyidagilarga asoslanish
lozim bo`ladi:
- milliy iqtisodiyot holati va undagi mutanosibliklar hamda takror ishlab chiqarish
elementlari va omillari holatining birlamchi, muhim xususiyatlarini tavsiflash;
- iqtisodiyot sohasidagi milliy manfaatlarni to`liq va keng qamrovdi ifodalash;
- iqtisodiyot sohasidagi milliy manfaatlarga xavf soluvchi tahdidlarni to`liq va har
tomonlama hisobga olish;
- iqtisodiy xavfsizlikning quyi tahlikali chegarasini ifodalovchi indikatorlardan hokimiyat
organlari mamlakat iqtisodiyoti holatini aniq baholashda va boshqa mamlakatlar bilan qiyoslashda
foydalanish imkoniyatining mavjudligi.
Ushbu indikatorlarning mamlakat hisob, statistika va prognozlashtirish tizimi bilan muvofiq
kelishi, maqsadga muvofiqdir.
Iqtisodiy xavfsizlikning quyi tahlikali chegarasi indikatorlari milliy iqtisodiyot sohalari va
ularning har qaysisidagi milliy manfaatlar nuqtai nazaridan turkumlanadi.
Adabiyotlarda iqtisodiy xavfsizlik quyi tahlikali chegarasi indikatorlari o`z ichiga 50ta
ko`rsatkichni olgan holda quyidagicha turkumlangan
1
:
1) iqtisodiyotning barqaror rivojlanishga qodirligini ifodalovchi ko`rsatkichlar. Ushbu
guruhga yalpi ichki mahsulot hajmi, sanoat ishlab chiqarish va uning tarkibi, mashinasozlik
mahsulotlari hajmida yangi turdagi mahsulotlar ulushi, mudofaa va fan uchun xarajatlar ulushi,
investitsiyalar, foydali qazilma boyliklarining zaxiralari bo`yicha quyi tahlikali chegarani
ifodalovchi indikatorlar kiradi;
2) moliyaviy tizim barqarorligi ko`rsatkichlariga davlat byudjeti kamomadi, davlat qarzi, pul
muomalasi, o`zaro hisob-kitob va soliq intizomini ifodalovchi ko`rsatkichlar kiradi;
3) ijtimoiy soha ko`rsatkichlari aholi daromadlari darajasi va uning mulkiy jihatdan
tabaqalanishi, ishsizlik va ijtimoiy soha xarajatlari bo`yicha quyi tahlikali chegaralarni o`z ichiga
oladi;
4) tashqi savdo va iqtisodiy faoliyat ko`rsatkichlari guruhiga mamlakat ichki iste`molida
importning ulushi va milliy ishlab chiqarish hajmida eksportning ulushi bo`yicha quyi tahlikali
chegaralarni ifodalovchi indikatorlar kiradi.
Iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiy xavfsizlik ko`rsatkichlari sifatida S.Yu.Glaz yev tmonidan
tayyorlangan
turkumlanishdan
ko`proq
foydalanilmoqda.
Ushbu
iqtisodiy
xavfsizlik
ko`rsatkichlari turkumiga quyidagilar kiradi:
2
- yalpi ichki mahsulotning umumiy va aholi jon boshiga to``gri keluvchi hajmi;
- sanoat mahsulotlari umumiy hajmida ishlab beruvchi sanoat mahsulotlari ulushi;
1
Қаранг: Илларианов А. Критерии экономической безопасности // Вопросы экономики, 1999. №10. Сенчагов
В.К. Экономическая безопасность: геополитика, глобализация, самосохранение и развитие (книга четвертая) /
Ин-т экономики РАН.- М., ЗАО «Финстатинформ», 2002,- с.72-78; Экономическая безопасность хозяйственых
систем. Учебник. – М., Изд-во РАГС, 2001,- с.176-180; Прохожев А., М.Корнилов О проблеме критериев и
оценок экономической безопасности // Общество и экономика, № 4-5. 2003,- с. 232-233.
2
Глазьев С.Ю. Теория долгосрочного технико-экономического развития. – М.: Изд. “Вла-Дор”, 1997. с.107-
110; Экономическая безопасность хозяйственных систем. Учебник. – М.: Изд. “РАГС”, 2001.- с.178-179.
- sanoat ishlab chiqarishda mashinasozlikning ulushi;
- investitsiyalar hajmining YaIMga foiz hisobidagi nisbati;
- ilmiy tadqiqotlar uchun xarajatlarning YaIMga nisbati (foiz hisobida);
- yangi turdagi mahsulotlarning yalpi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmidagi ulushi;
- yashash minimumi darajasidan past daromad oluvchi kishilar ulushi;
- aholining tu`gilgan cho`gidan kutilayotgan o`rtacha umr uzoqligi (yosh);
- aholining eng yuqori daromad oluvchi 10% guruhining eng kam daromad oluvchi 10 %
guruhi daromadlari o`rtasidagi farq kattaligi;
- qayd etilgan jinoyatlar, har 100000 kishi hisobiga;
- Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) metodologiyasi bo`yicha ishsizlik darajasi (foiz
hisobida);
- yillik inflyatsiya darajasi (foiz hisobida);
- ichki qarzlar hajmining YaIMga nisbati, foiz hisobida, qiyosiy davrda;
- ichki qarzlarni qoplash va ularga xizmat ko`rsatish uchun joriy ehtiyojning byudjetga soliq
tushumlari hajmidagi ulushi (foiz hisobida);
- tashqi qarzning YaIMga nisbati (foiz hisobida);
- tashqi qarzning YaIM kamomadini qoplashdagi ulushi;
- xorijiy valyutalar miqdorining milliy valyuta massasiga nisbati (foiz hisobida);
- naqd xorijiy valyuta miqdorining naqd milliy valyuta hajmiga nisbati (foiz hisobida);
- (M2 pul massasi)ning YaIMga nisbati (foiz hisobida);
- ichki iste`molda importning hissasi, shu jumladan, ichki oziq-ovqat mahsulotlari iste`moli
hajmida import oziq-ovqat mahsulotlari ulushi (foiz hisobida);
- aholi yashash darajalari bo`yicha mamlakat hududlari o`rtasidagi farqlar.
Har bir mamlakatda rasmiy tarzda belgilangan quyi tahlikali chegara indikatorlari milliy va
jahon iqtisodiyotidagi sharoitlarning o`zgarishi natijalari bilan taqqoslanadi.
Shuni ta`kidlash joizki, iqtisodiy xavfsizlik ko`rsatkichlarini turli nuqtai nazardan
turkumlash mumkin. Masalan, A.Illarionovning fikricha, iqtisodiy rivojlanishning ta`minlanishi
nuqtai nazaridan iqtisodiy xavfsizlik ko`rsatkichlari quyidagicha turkumlangan:
- davlat sektorining (korxonalarining) YaIM ishlab chiqarishdagi ulushi (foiz hisobida);
- davlat iste`molining YaIMga nisbati (foiz hisobida);
- davlat xarajatlarining YaIMga nisbati (foiz hisobida);
- davlat byudjetining YaIMga nisbati (foiz hisobida);
- davlat qarzlari o`sishining YaIMga nisbati (foiz hisobida);
- pul massasining o`sish sur`ati (foiz hisobida);
- inflyatsiya sur`atlari (foiz hisobida);
- valyuta kursining pasayish sur`atlari (foiz hisobida);
- tashqi savdoga soliqlarning tashqi savdo aylanmasiga nisbati (foiz hisobida)
1
.
Iqtisodiy xavfsizlik ko`rsatkichlarini milliy iqtisodiyot sub`ektlarining hayotiy muhim
manfaatlarini ta`minlash nuqtai nazaridan ham turkumlash mumkin. Masalan, A.Proxojev va
M.Kornilovlar shaxsning, ya`ni alohida individ, fuqaroning hayotiy muhim manfaatini ro`yobga
chiqarishi nuqtai nazaridan iqtisodiy xavfsizlikni ifodalovchi quyidagi ko`rsatkichlarni
turkumlagan:
- jon boshiga oylik daromad miqdorining rasmiy ravishda belgilangan yashash minimumi
miqdoriga nisbati;
- aholi oziq-ovqat xarajatlarining yillik jon boshiga daromadlar hajmidagi ulushi;
- aholi jon boshiga kundalik iste`mol qilinayotgan kaloriyalar miqdori;
- aholi jon boshiga o`rtacha yillik daromadida uy-joy va kommunal to`lovlarga qilingan
xarajatlar ulushi;
- aholi jon boshiga o`rtacha yillik daromadidagi jam`garmalarning ulushi va boshqalar
1
.
Shuni aytib o`tish joizki, ushbu iqtisodiy xavfsizlik ko`rsatkichlarining o`rtacha jahon va MDH
1
Илларионов А. Критерии экономической безопасности. // Вопросы экономики. 1999. №10.
mamlakatlarining aynan shunday ko`rsatkichlariga, shuningdek, rasmiy belgilangan quyi tahlikali
chegara indikatorlariga taqqoslash orqali milliy iqtisodiyotning real holatini aniqlash mumkin
bo`ladi. Buning natijasida hukumat mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta`minlashga qaratilgan
iqtisodiy siyosatning maqsadlari va ularni amalga oshirish yo`nalishlarini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: |