Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Davlat tomonidan iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash maqsadi va vazifalari



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/203
tarix08.09.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#142081
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

11.3. Davlat tomonidan iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash maqsadi va vazifalari 
 
Xavfsizlikni, shu jumladan, iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash davlat siyosatining muhim 
tarkibiy qismi hisoblanadi. Buning uchun, avvalambor, uning siyosiy-tashkiliy va huquqiy
asoslari yaratiladi. Ushbu maqsadda kontseptsiya ishlab chiqiladi. Uni ishlab chiqish esa 
iqtisodiyot holatini ob`ektiv baholashga hamda uning rivojlanish tamoyili va tendentsiyalarini 
prognoz qilishga asoslanadi. Buning uchun iqtisodiy xavfsizlikni belgilovchi vaziyat va 
xolatlardagi sabab-oqibatlari aniqlanadi. Shuningdek, iqtisodiy xavfsizlikni saqlash va 
mustahkamlashga mas`ul, javobgar davlat organlari, tashkilot va muassasalar belgilanadi. 
Kontseptsiyani ishlab chiqishda iqtisodiy xavfsizlik va tahdidlarning haqiqiy holatini 
aniqlash muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy xavfsizlik kontseptsiyasida iqtisodiyotda ijtimoiy ishlab 
chiqarish hajmi va dinamikasi, iqtisodiy salohiyatdan foydalanish samaradorligi, iqtisodiyotning 
ochiqligi, intellektual salohiyatning holati, innovatsion darajasi, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, 
davlatning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta`sir ko`rsatish darajasi, mamlakatning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishi tendentsiyalarining istiqbolli prognozlari va ularning asosiy ustuvorliklari 
o`z ifodasini topishi lozim. 
Iqtisodiy xavfsizlik kontseptsiyasi o`z ichiga quyidagilarni oladi: 
-
xavfsizlikni ta`minlash maqsadi va vazifalari; 
-
ularni amalga oshirish yo`llari va usullari; 
-
oliy hokimiyat va mahalliy hokimiyat organlari, iqtisodiyot tarmoqlari boshqaruv tizimlari, 
huquq-tartibot, milliy xavfsizlik organlarining umumdavlat, xududiy darajadagi iqtisodiy 
xavfsizlikni ta`minlash bo`yicha vazifalari; 
-
mavjud va potentsial xavfsizlikka tahdidlarni tahlil qilish; 
-
davlatning xavfsizlikni ta`minlashdagi imkoniyatlari, iqtisodiy resurslardan, vosita va 
kuchlardan ratsional foydalanishi nazarda tutiladi; 
-
iqtisodiy tahdidlarni bartaraf etish, ularning oldini olish va salbiy ta`sirini yumshatish 
yo`llari, vosita va usullari. 
Xavfsizlik kontseptsiyasi asosida uni ta`minlashning davlat strategiyasi ishlab chiqiladi. 
Ushbu strategiya tahdidlarning mohiyatini, ob`ektlarini indikatori va ularning oldini olish yoki 
bartaraf etish mexanizmlarini belgilab beradi: 
Iqtisodiy adabiyotlarda davlat iqtisodiy strategiyasining uch jihati va tarkibiy qismlari ajratib 
ko`rsatilgan. 
1.
Iqtisodiy xavfsizlik va mamlakat hayot faoliyati muhim sohalarining himoyalanganligini 
ta`minlaydigan milliy, davlat manfaatlarini aniqlash. 
2.
Shaxs, jamiyat va davlatning muhim hayotiy manfaatlariga ziyon keltiradigan iqtisodiy 
xavfsizlikka tahdidlar va xavf-xatarlarni tavsiflash. Bunda qisqa, o`rta va uzoq muddatli davrlarda 
davlat va ijtimoiy-iqtisodiy tizim barqarorligiga zarar yetkazuvchi, salbiy ta`sir ko`rsatuvchi 
omillar va sharoitlar aniqlanadi. 
3.
Iqtisodiy xavfsizlikning turli tahdidlar, xavf-xatarlardan barqaror himoyalanishini 
ta`minlashga qaratilgan iqtisodiy siyosatni shakllantirish, institutsional o`zgarishlarni amalga 
oshirish bo`yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish.
1
Ushbu strategiyada iqtisodiy xavfsizlik 
1
Прохожев А, Корнилов М. О проблеме критериев и оценок экономической безопасности // Общество и 
экономика, № 4-5, 2003. -с. 233. 
1
Экономическая безопасность хозяйственных систем. Учебник. - М.: Изд- во “РАГС”, 201.-с.96 


talablariga javob beradigan iqtisodiyotning mezon va parametrlari ham aniqlanadi.
2
Iqtisodiy 
manfaatlarga va xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish va ularni bartaraf etish hamda 
yumshatishning ustuvor maqsadlariga quyidagilar kiradi: 
-
aholining barcha ijtimoiy guruhlari va tabaqalari turmush darajasini oshirish orqali 
jamiyat barcha a`zolarining birdamligiga erishish; 
-
milliy iqtisodiyotga xususiy investitsiyalarni kiritishni ra`gbatlantirish, investitsion 
jarayonlarni faollashtirish; 
-
qat`iy soliq, pul-kredit siyosatini yuritish, milliy valyuta qadrini oshirish va 
mustahkamlash; 
-
tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish va samarali bojxona nazorat tizimini 
shakllantirish; 
-
mamlakat fani va intellektual salohiyati rivojlanishini qo`llab-quvvatlash; 
-
mamlakat hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ular o`rtasidagi o`zaro 
hamkorlik aloqalarini kuchaytirish orqali ichki iqtisodiy makonni mustahkamlash; 
-
xo`jalik sub`ektlarining xalqaro bozorlarga chiqishdagi mustaqilligi va erkinligini 
ta`minlash. 
Shuni aytib o`tish joizki, iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlashda iqtisodiy vosita va chora-
tadbirlar bilan bir qatorda korruptsiya, tashkiliy jinoyatchilikka, xufyona iqtisodiyotga qarshi 
siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy tavsifdagi chora-tadbirlar, vositalardan ham foydalaniladi. 
Bunda iqtisodiy boshqaruv organlari huquq-tartibot, milliy xavfsizlik xizmati, chegara, bojxona 
organlari bilan birgalikda faoliyat yuritadilar. 
Iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash uchun asosiy shart-sharoitlar quyidagilarda o`z 
ifodasini topadi: 
-
aholining tsivilizatsion ehtiyojlari me`yorida yashash imkoniyatining yaratilishi. Bu 
kishilar uchun tanlash erkinligi hamda uzoq muddat mehnat qobiliyatini saqlagan holda faoliyat 
yuritish huquqi va majburiyatini ifodalaydi. Buning uchun bozorning o`z-o`zini tartiblash va 
iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblash mehanizmlari uy`gunligini ta`minlashga xizmat qiluvchi 
resurs, energetik, transport, ishlab chiqarish va bozor infrastrukturalari shakllantiriladi; 
-
xotirjam yashash imkoniyatlarining yaratilishi. Buning uchun favqulodda noxush 
vaziyatlar vujudga kelishining oldini olish hamda ishonchli axborotga ega bo`lish uchun iqtisodiy 
sharoitlar vujudga keltirilishi lozim bo`ladi. Bundan ko`zlangan maqsad, birinchidan, iqtisodiy va 
texnogen xavf-xatarga qarshi turish, ikkinchidan, iqtisodiy jinoyatchilik va terrorizmning 
kuchayishiga qarshi turli imkoniyatlarni yaratish hisoblanadi; 
-
mamlakatning hududiy va iqtisodiy yaxlitligiga xavf soluvchi omillarning oldini olish. 
Bu omillar mamlakat hududlari rivojlanishi va aholi turmush darajasidagi farqlarning kattalashib 
ketishi tufayli vujudga keladi. Mamlakatning hududiy va iqtisodiy yaxlitligini ta`minlash uchun, 
birinchidan, yagona iqtisodiy makonni tashkil etish maqsadida pul va bank tizimini 
mustahkamlash, moliyaviy va savdo infratuzilmasini rivojlantirish; ikkinchidan, hududlarning 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajalarini bir-birlariga yaqinlashtirishga qaratilgan oqilona hududiy 
siyosatni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo`ladi. 
Ushbu shart-sharoitlarni yaratish asosida iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash mexanizmining 
asosiy elementlari huquqiy baza, boshqarishning iqtisodiy uslublari hamda iqtisodiyotni davlat 
tomonidan tartibga solish hisoblanadi. 
Iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlashning huquqiy bazasini O`zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi va boshqa qonunlar tashkil etadi. Endilikda esa “Xavfsizlik to``grisida”gi Qonunni 
qabul qilish lozim bo`ladi. 
Davlat iqtisodiyotini tartibga solishning quyidagi yo`nalishlarida ham faoliyat yuritiladi: 
2
Давлат стратегияси ва иқтисодий сиёсатнинг моҳияти, мезонлари классификация нафақат ижтимоий-
иқтисодий тараққиётни, шу билан бирга, унинг хавфсизлигини ҳам таъминлаши лозим. Қаранг: Ведута Е.Н. 
Стратегия и экономическая политика государства. - М.: Акад. Проект, 2004, - с.11-23. 


-
iqtisodiyotdagi jarayonlarni ob`ektiv, keng qamrovli monitoringi, shu jumladan, shaxs, 
davlat va jamiyatning muhim hayotiy manfaatlariga ichki hamda tashqi tahdidlarni aniqlash va 
prognozlashtirish uchun axborotlar bazasini yaratish; 
-
iqtisodiy manfaatlarga tahdidlarning oldini olish va salbiy oqibatlarini yengish hamda 
barham berish bo`yicha jarima va uzoq muddatli chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish. 
Bunda davlatning iqtisodiy xavfsizlik strategiyasini amalga oshirish bo`yicha faoliyatini 
muvofiqlashtirish va nazorat qilish chora-tadbirlarining natijalari baholanadi. 
Davlatning iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash bo`yicha faoliyati quyidagilarni o`z ichiga 
oladi: 
-
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tizimi hamda davlatning barqarorligiga xavf 
tu`gdiruvchi omillarni aniqlash va monitoring qilish; 
-
ushbu omillarning zararli, salbiy ta`siriga barham berish yoki yumshatishga qaratilgan 
iqtisodiy siyosatni shakllantirish va institutsional o`zgarishlarni amalga oshirish. 

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin