Kasb tanlashga doir psixologik tadqiqotlar


Muhandislik psixologiyasi



Yüklə 164 Kb.
səhifə3/27
tarix02.06.2023
ölçüsü164 Kb.
#123246
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
KASB TANLASHGA DOIR PSIXOLOGIK TADQIQOTLAR

Muhandislik psixologiyasi – inson va texnik tuzilmalar o‘rtasidagi informatsion aloqa vositalari va jarayonlarini o‘rganuvchi psixologiya tarmog‘idir. Muhandislik psixologiyasi psixologiyaning texnik moslamalar bilan uni boshqaruvchi kishilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish hamda o‘zaro ta’sirini tekshirish bilan shug‘ullanuvchi maxsus sohasi. Muhandislik psixologiyasining ilmiy vazifasi optimal konstruksiyalarni psixofiziologik jihatdan asoslash va mexnat unumdorligini orttiruvchi psixikani loyihalashda mutaxassis injenerlarga bevosita yordam berishdan iboratdir.
Yosh davrlar psixologiyasi – ontogenezda shaxs tug‘ilganligidan to umrining oxirigacha shaxsda kechadigan psixik rivojlanish va shakllanish bosqichlarini o‘rganuvchi psixologiya tarmog‘i. Yosh psixologiyasi psixologiyaning turli yosh bolalik, o‘smirlik, o‘spirinlik va boshqa bosqichlaridagi psixik rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganuvchi maxsus sohasi.
Pedagogik psixologiya – shaxsga ta’lim-tarbiya berishning qonuniyatlari va muammolarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi. Pedagogik psixologiya psixologiyaning yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishning psixologik muammolarini o‘rganuvchi maxsus sohasi. Pedagogik psixologiya pedagogikaning ilmiy asoslaridan biri bo‘lib, pedagogika nazariyasi va amaliyotini tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan psixologiyaga oid fakt hamda qonuniyatlarni aniqlaydi.
Mehnat psixologiyasi va kasbiy psixologiya predmetlarini farqini alohida ta’kidlash lozim. Ye.A.Klimov, mehnat psixologiyasiga quyidagicha tavsif beradi: mehnat psixologiyasi fan sifatida bu insonning sub’ekt sifatida faoliyat ko‘rsatishi va shakllanishi sohasidagi vazifalarni yechish usullari, yo‘llari va sharoitlarini o‘rganuvchi psixologiya yo‘nalishidir.
Kasbiy psixologiya shaxsning kasbiy jihatdan shakllanishini o‘rganadi. Bunda shaxs rivojlanishi kasbiy shakllanishi sifatida ko‘rib chiqiladi. Kasbiy psixologiya-mehnat psixologiyasining kasblarni psixologik komponentlarini yoki muayyan kasbda ishlovchilarga nisbatan qo‘yiladigan psixologik talablarni o‘rganish hamda ilmiy tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi bo‘limidan iborat.
Mutaxassislikning turli ijtimoiy – madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarida kasbiy hulq muhim ahamiyatga ega. Shaxsning psixomotor motivatsion va kognitiv sifatlariga e’tibor berilgan holda kasbiy yutuqlarga asosiy e’tibor qaratiladi. Inson va uning kasbi o‘rtasidagi, shuningdek, kasbiy vazifasi va kasblar olami tuzilmasi o‘rtasidagi munosabatlar tahlil qilinadi.
Kasbiy psixologiya inson uchun kasbiy faoliyatning ahamiyatini o‘rganib, shaxsning kasbiy shakllanishini tadqiq etadi, shuningdek, yoshlikda kasbiy tasavvurlarni rivojlanishini, kasbiy yetuklik determinantalarini ayniqsa, kasbga kirishish va uning hayotga bo‘lgan ta’sirini o‘rganadi.

Yüklə 164 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin