Kirish kimyoviy elementlar er po’stida sof xolatda deyarlik uchramaydi, ular doimiy tarkibga EGA bo’lgan kimyoviy birikmalar xosil qiladi



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə29/65
tarix16.06.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#131378
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   65
амалиёт

O’RTA MAGMATIC TOG’ JINSLARI
Diorit - andezit guruhi
Diorit-andezit guruhiga kiruvchi jinslar nordon magmatik jinslarga nisbatan kamroq tarqalgan. Dioritlarning Intruziv turlari butun magmatik jinslarning 2 foizini, effuziv turlari esa 23 foizini tashqil qiladi.
Abissal tog’ jinslari. Diorit kulrang, teng donali, ayrim hollarda porfirsimon tog’ jinsi, uning tarkibida plagioklaz (60-65 foiz) va rangli minerallar (30-35 foiz) uchraydi. Plagioklaz tarkibi andezinga (№ 35-44) to'g’ri keladi. U ko'pincha zonal tuzlishga ega bo'lib, kristallning o'rta qismini labrador, chekka qismini esa oligoklaz tashqil qiladi. Rangli minerallar asosan shoh aldamchisi va biotitdan, kamroq piroksendan tashqil topgan. Normal dioritda kvars uchramaydi, ayrim hollarda unda kvars bilan ortoklaz 5 foiz uchrashi mumkin. Aksessor minerallar apatit va magnetitdan, kamroq ilmenit, sfen, sirkondan iborat.
Dioritning strukturasi granit va sienitlarga xos bo'lgan gipidiomorf donali strukturadan farq qiladi. Dioritlarda plagioklaz rangli minerallarga nisbatan idiomorfliroq dir.
Mikrodiorit dioritdan mayda va mikrodonachaligi hamda qoraroq ligi bilan ajralib turadi. Porfirlar plagioklaz (ko'pincha zonal tuzilishiga ega), shoh aldamchisi va kamroq piroksendan tashqil topgan. Jinsning asosiy massasi to'liq kristallangan bo'lib, yuqorida qayd qilingan minerallarning mayda donachalaridan tashqil topgan. Oz miqdorda kvars (5 foiz), shoh aldamchisi va biotit, ba'zan ortoklaz uchraydi. Jinsning strukturasi afanit.
Effuziv tog’ jinslari. Diorit guruhining effuziv turlari andezit (kaynotip) va andezit – porfiritdir (paleotip). Andezitlar bazaltlar bilan bir qatorda keng tarqalgan. Tabiatda andezitlar andezit-bazalt orqali asta-sekin bazaltga o'tib boradi. Tog’ jinsi to'q kulrang Andezit o’rta va yirik donali porfir strukturali bo'lib, porfirlar plagioklaz va rangli minerallardan tashqil topgan. Rangli minerallarning yirik kristallari ba’zan shoh aldamchisidan, ba'zan biotit va piroksendan iborat.
U ko'proq plagioklazning mikroliti, kamroq rangli minerallar va magnetitdan tashqil topgan. Ko'pincha mikrolitlarni vulqon shishasi qamrab oladi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin