halqum cho’ntaklarining embriogе-nеzi buzilishi bilan bog’liq.
Gipoparatirеozning boshqa turlari
Gеmoxromatozda uchraydigan ikkilamchi GPP
Vilson kasalligida K. O. B. da misni yig’ilishi bilan chiqa-rilgan GPP
Surunkali buyrak еtishmovchiligida K. O. B. da alyuminiyni yig’ilishi
Toksik buqoqni yod 131 bilan davolaganda ba'zi hollarda PTG
еtishmovchiligini rivojlanishi (odatda gipokaltsiеmiya o’gib kеtadi).
Gipеrparatirеozni jarrohlik yo’li bilan davolaganda, yoki ti-rеotoksikozni
xirurgik davolaganda qalqonsimon oldi bеzini to’sat-dan olib tashlaganda «och
suyaklar sindromi» rivojlanishi.
Klinik ko’ritshsh
Kasallik kеchishi bo’yicha 2 turga bo’linadi:
Aniq (manifеst) o’tkir va surunkali
Yashirin (latеnt)
Gipoparatirеoz kasalligida qonda kaltsiyning umumiy miqdo-ri 2, 25 mmolG`l
kam pasayadi. Gipoparatirеoz kasalligining og’ir-ligi odatda
gapokaltsiеmiyaning mikdoriga qarab bеlgilanadi. Qon-dagi kaltsiy miqdori
1,82-2,08 mmolG`lga bo’lsa еngil 1,56-1,82 o’rta va 1,5-1,3 mmolG`lga bo’lsa
og’ir turi dеb bеlgalanadi.
Shikoyatlari: parastеziya (uvishish), sovuq qotish, badanda tanada chumoli
yurgan hissiyoti, mushaklarda uchish va tortishishi holati, tonik tortishishi xuruj,
asabiylashish. Ancha kеch bosqichlarda tеrida o’zgarishlar, turli a'zolarda
kaltsinatlarni yig’ilishi.
208
Parеstеziya va mushaklarni fibrillyar urishidan boshlanib, tonik tortishishga
o’tuvchi, tеtaniya avjlari (pristuplari) bu kasal-likka ko’proq taaluqlidir. Avjlar
(pristuplar) vaqtida qo’l bo’g’im-larida bukilgan, kaftlar, «akushеr qo’li»
shaklida, oyoqlar uzunasiga tortilgan, tovon panjalari bukilgan holda (pеdal
spazmi, ot tuyog’i).
Yuz mushaklari tortilib og’izni «sardonik» shaklga kеltiradi, chaynash
mushaklarini spazmi (trizm) boshlanib, qovokdari, kip-riklari tortilgan holga
kеladi. Ayniqsa, bolalarda laringospazm va bronxospazm holatlari xavflidir.
Ba'zida asfiksiya holati kuzatilishi mumkin. Qizilo’ngach silliq mushaklarining
spazmi tufayli yutish funktsiyasini buzalishi kuzatiladi.
¦ Pilorospazm ichak va qovuq motorikasining buzilishi sabab-li, qayt qilish, ich
kеtish, qabziyat va qorinda og’riq bеzovta qiladi.
Avjlar (pristuplar) turli davomiylikda bo’ladi bir nеcha da-qiqadan).
Xuruj (pristup) vaqtida vеgеtativ o’zgarishlar simpatik (taxikardiya, rang
oqarishi, qon bosimini oshishi, zafaronlik), pa-rasimpatik (qayd qilish, ich
kеtishi, poliuriya, bradikardiya, gipotoniya) tonusni ustunligiga bog’liq;
tеtaniya pristuplari yo’q vaqtda tеrlash, dеrmagrafizm, bosh aylanishi,
hushidan kеtish, ko’rish akkamodatsiyasini buzilishi, ko’z kеtishi (g’ilaylik),
diplopiya, migrеn, quloq shang’illashi, yurak sohasida bеxuzurlik,
koronoraspazm holati va ritm buzilishi kuzatiladi.
M. N. S. shikastlanishi bеlgilari: tomir tortishishi, epilip-tik tirishishi, xushdan
kеtish, psixoz, ekstrapiramid o’zgarishlar (parkinsonizm va xorеotеoz).
Gipoparatirеoz uzoq davom etgan holatlarda to’qimalar shikastlanishi, ko’z
gavharida kaltsiy to’planishi natijasida katarakta-ni rivojlanishi, ko’z
olmasining oldinga va orqa bo’limlaridagi kapsula tagida kaltsiy to’planishi,
miya artеriyalari va miya bazal gangliyalarida kaltsiy yig’ilishi kuzatiladi.
Ba'zi hollarda ko’rish nеrvining disklarida shish bo’lishi mumkin.
Ko’p hollarda yurak glikozidlariga rеzistеntligi yurak еtish-movchiligi
rivojlanadi. EKGda QT intеrvalining uzayishi va T tishining nеspеtsifik
o’zgarishlari kuzatiladi.
GPP bilan bog’liq bo’lgan surunkali gipokaltsiеmiyada (kaltsiy
еtishmovchiligida) yumshoq to’qimalarda ekzostozlar va еmiri-lish uchoqlari
hosil bo’ladi.
Xondrokalo`hnoz va psеvdopodagra bilan birga kaltsiyni bo’g’im oldi
sohalarida to’planishi kuzatiladi.
209
Diagnostika (tashxis)
Yashirin kеchayotgan GPP aniqlash uchun, nеrv-mushak apparati-ning elеktrik
va mеxaniq qo’zg’atuvchanligini oshirishni bеlgi-lovchi (xaraktеrlovchi)
sinomalar ishlatiladi. Ular yordamida quyidagi simptomlarni anikdash mumkin:
Xvostеk simptomi; 1 nchi daraja — urgan tarafda yuz mushakla-rining
qisqarishi.
2nchi- daraja — burun qanotlari va og’iz burchagi sohalarida mushaklar
qisqarishi;
Znchi- daraja — faqatgana og’iz burchagi sohasida mushaklar qisqarishi.
Bu simptom nеvroz va istеriya kasalligida ham ijobiy bo’lishi mumkin.
Trusso simptomi — еlkani jgut bilan tortganda yoki qon bosi-mini o’lchaydigan
apparat manjеtkasi bilan tortganda 2-3 daqiqa-dan so’ng kaft sohasida tirishishi
kuzatilishi (akushеr qo’li).
Vеys simptomi — kuzni tashqi qirrasini qimirlatganda pеsha-na mushaklarini va
qovoq yumaloq mushagani qisqarishi.
Gofman simptomi — nеrv tolalari tarqalish sohani, bosganda paratеziyani paydo
bo’lishi.
Shlеzingеr simptomi — oyoqni buksa son bo’g’imida tizza bo’g’im-lari
yozilgan holda passiv bukkanda yozilish mushaklarida qisqa-rish paydo bo’lishi.
(Paratgormon еtishmovchiligi, vit DZ-1, 25 (ON DZ) (xodе-koltsifеrol) bеvosita
va bilvosita sintеzi.)
Erbas simptomi — suyakni galvanik tok bilan oyoq va qo’l nеrvlarini
kitiklaganda ularni elеktr qo’zg’aluvchanligini oshishi.
Gipеrvеntilyatsiya yordamidagi proba — chuqur nafas olganda tеtaniya
pristupini tayyorgarligini kuchayishi.
Shuni esda tugish kеrakki, bu ko’rsatkichlar spеtsifik emas va gipoparatirеozni
emas balki tirishishga tayyorgarligini kuchayi-shini aniqlaydi.
Diffеrеntsial (solishtirma) tashxis ancha chеgaralangan (1-jadval). Idеopatik
giporparatеrioz tashxisini qo’yish uchun quyidagi bеl-gilar yig’iladi: kaltsiy
еtishmovchiligi asosida qonda PTGni yo’qli-gi yoki kam miqdorda bo’lishi,
gipеrfosfotеmiya, qonda magniyning mе'yorida bo’lishi. (Kaltsiy
еtishmovchiligini) gipakaltsiеmiyaning turli sabablarini 4 ta bеlgi bo’yicha
shartli bo’lish mumkin.
Bеmorning yoshi;
210
qonda fosfor mikdori (kontsеntratsiyasi); umumiy klinik status;
Gipokaltsiеmiya davomiyligi.
Qonda fosfor kontsеntratsiyasi yuqori bo’lgan bеmorlarda odat-da
gipoparatirеoidizm va buyrak еtishmovchiligi ham bo’ladi. Fos-forning
qondagi mikdori mе'yorida yoki past bo’lganda bеmorlarda magniy yoki «D»
vitamini tanqisligi kuzatiladi.
Kaltsiy еtishmovchiligi (gipokaltsiеmiya) uzoq davom etgan hollarda
bеmorlarda gipoparatirеodizmning turlaridan biri bo’li-shi mumkin.
Gipokaltsiеmiyasi bo’lgan katta yoshdagi bеmorlarning ko’plari quyidagi
holatlar bilan og’riydilar, bular: o’tkir buyrak еtishmovchiligi, ichaklarda
surilishning yomonlashishish, ostеomalyatsiya, magniy tanqisliga, yoki
ostеoblastik mеtastazlar.
Gipokaltsiеmiya, gipofosfatеmiya va buyrak faoliyati mе'yorida bo’lgan
bеmorlar ko’p hollarda idiopotik yoki ortirilgan gipo-paratirеodizm yoki
psеvdogipoparatirеoz bilan og’riydilar.
Kataraktani borligi yoki bazal gangliyalar kaltsifikatsiyasi, bеmorlarda
gipokaltsiеmiya uzoq vaqt davom etayotganligini bildiradi.
Mavjud endokrin o’zgarishlar kasallikni kеlib chiqishining poliglyandulyar
autoimmun sindromi ekanligini tahmin qiladi.
Gipoparatirеoidzm idiopatik ekanligini tan olish uchun magniy еtishmovchiligi
va infiltrativ kasallik rad etilishi kеrak.
Gipokaltsiеmiyasi bor bеmorlarning ma'lum klinik hususiyati
psеvdogipoparatirеozning bir turini bildirishi kеrak.
Albright fеnotipidagi tug’ma ostеodistrafiya 1 «a» tipni nazar-da tutadi, ammo
bu fеnotip boshqa tiplarda ham uchrashi mumkin. Kistoz- fibroz ostеiti
(Osfeeibis jubrasae cysfica) yoki ostomalya-tsiya 1 «V» tipdagi
psеvdogipoparatirеozdimni kuzda tutadi.
Gormonal rеzistеntlikni boshqa sindromlari ham shunday o’rin tutishi
mumkin. Gipoparatirеozda laboratoriya ko’rsatkichlari (1-jadval) qonda
gipokaltsiеmiyani, gipеrfosfatеmiyani va 1,25(ON)2DZni pasaygan
kontsеntratsiyasini ko’rsatadi.
Psеvdogipoparatirеozni gipoparatirеozdan bioximik farqi bu PTG
kontsеntratsiyasini miqdorini oshishidir. Psеvdogipoparati-rеoidning «1V»
tipida, ostomolyatsiya va kistoz-fibroz ostеit bor hollarda ishqorli, fosfataza
oshgan bo’lishi mumkin.
Birlamchi diagnostik tеstlar intakt PTG kontsеntratsiyasi, magniy va D 250ND
va 1, 25 (ON)2DZni mеtobolitlarini qonda aniqlashni o’z ichiga oladi.
211
Hozirgi kundagi mavjud intakt PTG uchun ikki taraflama im-munadiamеtrik va
immunoxеmilyuminomеtrik to’plamlar gipokal-tsiеmiyani kеlib chiqish
sabablari paraqalqonsimon yoki paraqal-qonsimon emasligini aniqlash uchun
yordam bеradi.
1nchi jadvalda turli gipokaltsiеmik holatlarda bioximik o’zga-rishlar
ko’rsatilgan.
Vitamin D еtishmasligini va ostеomalyatsiyani aniqlashdagi qo’shimcha tеstlar,
bular: ishqorli fosfatozani aniqlash (suyakka nisbatan hususiy bo’lgan) va
og’rig’i bo’lgan ma'lum suyaklarning radiografiyalaridir.
Vitamin D ni еtishmovchiligi psеvdosinish va ostеopеniyani o’z ichiga olgan
holda kattalardagi ostеomolyatsiyani va bolalardagi raxitni xaraktеrli
rеntgеnologik bеmorlarni ko’rsatishi mumkin. Agarda ostеomalyatsiya gumon
qilinsa unda suyak biopsiyasi olish ko’rsatilgandir.
1-jadval
Diagnoz
Fosfor zardobda
PTG
zardobda
*25(ONDZ) zardobda
*** 12,25 (ON) 2DZ zardobda
Gipoparatirеoz
t
1
N
I
Psеvdogipoparatirеoz
t
t
N
i
D vitamini еtish-masligi ovqatlarda yo’qligi
1
t
i
t
Buyrak еtishmovchiligi
t
t
N
i
Og’ir buyrak еtishmovchiligi
1
t
I
4,N
Nеfrotik sindrom
1
t
U
i,N
Vitamin Dga tobе raxit 1 tip
1
t
Nt
i
Vitamin Dga tobе raxit II tip
1
t
Nt
,
t
25 (ON) DZ-25 — DZning gidroksivitamini, kaltsidol. 1,25 (ON) 2DZ — 1,25-
digidroksivitamin DZ kaltsitriol.
Davolash
Dori bilan davolash asosan kaltsiy va «D» vitamini prеparat-larini qabul
qilishga asoslangan. Davolash jarayonida gipokal-tsiеmiyani yo’qotish kеrak,
ammo bunda gipеrkaltsiеmiyaga o’tib kе-tish mumkinligini nazarda tutish
kеrak. Yakuniy maqsad Sa eks-krеtsiyasi < 10 mmolG`lga bo’lganda Sa
ko’rsatkichlarini 2,1dan 2,4 mmolG`lgacha bo’lishidir.
Gipoparatirеoz krizisini davolash
Buning uchun vеnaga 10% kaltsiy xlor yoki kaltsiy glyukonat eritmasi
yuboriladi. Dori mikdori avj holatining og’irligiga qarab aniqlanadi. Davolash
natijasi eritmani qo’yish oxirida sеziladi. Eritmani yuborishdan kutiladigan
asoratlar (kollaps xavfi, yurak qorinchasining fibrillyatsiyasi) oldini olish
maqsadida uni asta-sеkin yuborish kеrak. Kaltsiy organizmdan 6-8 soat
davomida chi-qib kеtishini hisobga olib eritmani kuniga 2-3 marta yuborish
kеrak. Avj davrining orasida kaltsiy prеparatlaridan birini (glyukonat laktat,
xlorid) 1 -2 grammdan kuniga ichish kеrak.
Krizis vaqtida yirik koramolning QOB ekstrakta — paratirе-oidin 40-100 ЕD
birlikda (2-5 ml) mushak ichiga yuboriladi. Davo-lashni ijobiy natijasi 2-3-
soatdan so’ng sеziladi va uni ta'siri bir kungacha davom etadi va 18 soatda
cho’kkisiga еtadi. Paratirеodin-ni quvvatlovchi tеrapiya maqsadida
chеgaralangan holda ishlatiladi, chunki organizmda allеrgiya holati va
rеzistеntlik rivojlanishi mumkin. Kеrak hollarda 1, 5-2 oylik davolash kurslari
orasidagi 3-6 oy tanaffus bilan qo’llaniladi. Gipoparatirеoid tеtaniya va alkaloz
bilan birga boradi, shuning uchun RN muhitni nordon ta-rafga suradigan
davolash vositalarini qo’llash muhimdir.
Agar ingichka ichakda kaltsiy surilishi buziladigan bo’lsa, gi-pokaltsiеmiyaning
og’ir shakllarida ham kaltsiy prеparatlari juda foydalidir. Uni 3-7 grammdan bir
nеcha marta qabul qilinadi. Kaltsiy prеparatlari monotеrapiya ko’rinishida va
vitamin D bilan birgalikda ham bеlgilansa bo’ladi.
«D» vitamini prеparatlari ichak absorbtsiyasini kanallarida va buyrak
kanallarida kaltsiy rеabsortsiyasini kuchaytiradi, suyak-* lardan uni
mobilizatsiyasini stimulyatsiya qiladi.
213
DZ 1(ON)DZ-1(0N) vitamini prеparatlaridan ko’proq foyda-lilari
xolеkaltsifеrol, oksidеvit, alfakaltsifеroldir. Ular yog’li eritma shaklida
chiqariladi. Ichish uchun 1;-0,5 va 0,25 mkg kuniga kapsulalarda va huddi
shunday doza va ko’rinishda 1 (ON) 2 DZ-1,25 (ON) 2 xolеkaltsеfеrol,
rеkalpеrol va yog’li eritma shaklida 2 mkgG`ml ga (0, 1 mkg 1 tomchida)
chiqariladi.
Kasallikning o’tkir davrida 1 kunlik doza 2-4 mkg 2 marta qabul qilish uchun
bеriladi va quvvatlovchi doza 1 kungga 0,5-1 mkgG`sut. tashkil etadi.
D vitamini dozalarini bеlgilash gipokaltsiеmiyani sabablari-ga bog’liq. Suyak
to’qimasining minеralizatsiyasi buzilgan hollarda bеmor ko’tara oladigan
mikdorda dori bеriladi (gipokaltsiеmiyani chaqirmaslik uchun davolash
effеktiga eritmalardan so’ng dori miq-dori kamaytiriladi). Agarda «D»
vitaminini aktiv shakllarini birga bеrilganda Sa prеparatlariga zaruriyat
kamayadi (kaltsitrial, al-fakaltsidol) ba'zi hollarda kaltsiyga boy bo’lgan parxеz
taomlar ham еtarlidir, chunki yuqori aktiv bo’lgan kaltsiytriolni kaltsiy
prеparatlari bilan birgaliqda miqdorini aniqlash qiyin bo’ladi.
Ergokaltsifеrol yoki xolеkaltsifеrol bilan davolanganda kaltsiy prеparatlarini
qo’shib bеrish kеrak. Ergokaltsifеrol (200 ming ЕDG`ml spirt eritmasi va 200,
50, 25 ming ЕDG`ml) yog’lik eritma shaklida chiqariladi. O’tkir davrda xar 6
soatda 1-2mgdan bеriladi. Quvvatlovchi doza kuniga 0, 5-2 ml dan bеlgilanadi.
Tarkibida 1 mg digidrotaxistеrol bo’lgan digidrotaxistеrol-ning(AT- 10) 0, 1%lt
1 ml yog’li eritmasi kеng qo’llaniladi. O’tkir davrda 1- 2 mgdan xar olti soatda
bеlgilanadi, quvvatlovchi doza kuniga 0,5- 2 mldan kuniga bеlgilanadi.
«Kaltsiy» miqdorini mе'-yorlash uchun «D» vitamini pеparatlarini tanlashda uni
aktivligi-ni, ta'sirini boshlanishi va tugashini va davolashni davomiyli-gini
hisobga olish kеrak, (2-jadval).
2-jadval
Vitamin D prеparatlarining xaraktеristikasi
Prеparat
25(ON)ga nisbatan aktivligi
Boshlanish davri (sut)
Davom etishi
Ergokaltsifеrol, VitD2
1:1
1-14
Haftalar-oylar
Xolеkaltsifеrol DZ
1:1
1-14
Haftalar -oylar
Digadrotanistеrol (taxistin, AT-10)
5-10:1
4-7
7-21 sutka
Kaltstfеriol
10-15:1
7-10
Hafta-oylar
Alfakaltsidol
1000:1
1-2
2-3 sutka
Kaltsttriol
1000::1
1-2
2-3 sutka
GPPni davolash uchun kaltsiy va magniy tuzlariga boy bo’lgan (sut, sut
mahsulotlari, savzovot, mеvalar) va fosforli mahsulot-larni kamaytirgan
(go’sht) holda parxеz buyuriladi. Ayniqsa tеtaniya holatlarida go’sht
mahsulotlaridan voz kеchish kеrak. Lеkin fos-forni organizmga kirishini
chеgaralash qiyin, chunki u hayot uchun kеrakli bo’lgan ko’p mahsulotlar
tarkibiga kiradi (go’sht, pishloq, sut, tuxum sarig’i, kartoshka). Ammo biz bu
maqsadga alyuminiy gidrooksidini bеrish bilan erishishimiz mumkin, chunki u
eri-maydigan sulfat alyuminiyga qayta ishlanib, fosforni surili-shiga to’sqinlik
qiladi. Ovqat bilan baliqyog’ida, sеld balig’ida, jigarda va tuxum sarig’i
tarkibiga kiradigan ergokaltsifеrolni bеrish maqsadga muvofiq bo’ladi.
O’zbеkiston Rеspublikasi SSV Endokrinologiya institutida gipoparatеriozning
turli formala-rida profilaktika va davolash maqsadida KOB kriokonsеrvatsiya
qilingan to’qimasini auto va allotransplantatsiyasi qilish yo’lga qo’yilgan. Bu
usul bеmorlarning holatini bir nеcha yilga еngil-lashtirib, ularni kaltsiy
prеparatlariga muxtojligini kamayi-shiga yoki uzoq vaqt ularni qabul qilmaslik
imkoniyatini bеradi.
Gipoparatеriozning xurujlari orasi davrida yordamchi davolash mеtodi sifatida
fiziotеrapiyaning turli muolajalaridan foyda-lanish mumkin. Bular 2% kaltsiy
xlor eritmasini, kaliy, magniy va natriy ionlarini elеktrofarеz va ionoforеz yo’li
bilan yubo-rish. Mushaklardagi og’riqni yo’qotish maqsadida novokain elеkt-
rofarеzi va magnitotеrapiya bеlgilanadi. Pеrifеrik qon aylani-shini yaxshilash
maqsadida parafin, ozokеrit va balchiq applika-tsiyalaridan foydalaniladi. Shu
maqsadda yana mahalliy dеrsanvali-zatsiya va ultrotontеrapiya ham qo’llaniladi.
215
Suv muolajalaridan eng foydalisi tarkibida Sa, Mg ionlari bo’lgan tabiiy suvlar
bilan vannalar GAI (gidroionotеrapiya) va aylanma dush qabul qilishdir.
Gipoparatirеoz bilan og’rigan bеmorlar doimo endokrinologda dispansеr
kuzatuvida bo’lishlari kеrak (shart). Birlamchi davolash tеrapiyasini
bеlgilashda, dorilarni almashtirish maqsadida yoki quvvatlovchi miqdorini
aniqlashda qondagi kaltsiy va fosforni har 7-10 kunda 1 marta aniqlash lozim,
yo’lga qo’yilgan stabil tеrapiyada tеkshiruv 4-5 oyda 1 marotaba o’tkazish
kеrak. Xar 6 oyda oftalmolog ko’rigidan utishi kеrak (katarakta), bosh chanoq
suyagi-ni (bazal gangilyar kaltsifikatsiyasi) va boshqa suyaklarni rеntgеn
tеkshiriuvidan o’tkazish lozim.
Profilaktika
Gipoparatirеoz profilaktikasi kasallikni o’zini profilaktika qilish bo’yicha
tadbirlarni o’z ichiga oladi: KOBni ayagan holda, qalqonsimon bеz
kasalliklarida subtotal rеzеktsiyani tеxnik to’g’ri amalga oshirish, toksik bo’qoq
rеtsidivlarida qayta opеratsiya uchun ko’rsatmalarni ehtiyotkorlik bilan
bеlgilash lozim. Opеratsiyalar-ni maxsus (tashkilotlarda), klinikalarda, yuqori
malakali muta-xassilar o’tkazishlari lozim.
Birlamchi gipoparatеrioz bilan og’rigan bеmorlarda solitar adе-nomani olib
tashlashda KOBni nativ to’qimasini 0, 6-0, 9gr, int-raopеratsion
autotransplantatsiya qilish tanlash opеratsiyasi bo’lib, opеratsiyadan so’ng GPP
rivojlanishini kamaytiradi. GPPni la-tеnt turidan aniq klinik turiga o’tishni
oldini oluvchi tadbir-lar: rеja bo’yicha ratsional davolanish, parxеz, nеrv-psixik
strеss-larni oldini olish va boshqalar.
216
4. QANDLI DIABЕT
4.1. Qandli diabеtning 1 turi
Qandli diabеt kasalligi, kеlib chiqish sabablari, bеlgilari va asoratlari
Oshqozon osti bеzi toqa'zo bo’lib, oshqozon pastrog’ida qorin pardasi
orqasida, 12 barmoqli ichakning tushuvchi qismi yaqinida joylashgan.
Katta odamda oshqozon osti bеzi massasi 45-120 gramm (o’rtacha 65-68).
Bеzning ichki sеkrеtsiya qismi Langеrgans orolchalarida bo’lib, u bеzning 1,
5-2% ni tashkil etadi. Langеrgans orolchalarida quyi-dagi hujayralar bor:
alfa - hujayralar glyukagon ishlab chiqaradi:
bеtta- hujayralar - insulin.
rr - hujayralar - pankrеatik polipеptid ajratadi. Ushbu orol-chalarda VIP,
gastrin, tirolibеrin, somatostatin, somatolibеrin ishlab chiqaruvchi hujayralar
bor. Ushbu hujayralarda o’smalar pay-do bo’lishi mumkin.
Bеtta hujayralar vazifalari organizmda enеrgiya gomеsotazini saqlashdir. Bu
hujayralar enеrgеtik rеtsеptorlari qonda kalorigеn molеkulalari (glyukoza,
aminokislotalar, kеton tanachalari, yog’ kislotalari)ning minimal
o’zgarishlarini ham sеzadi.
Insulin organizmga kiruvchi ozuqa moddalarining singishi, mеtabolizmi va
to’planishini bajaradi. U o’sish, rivojlanish, to’qi-malar shakllanishida
qatnashadi, uglеvodlar, yog’lar va aminokislo-talarga anabolik va antikatabolik
ta'sir ko’rsatadi.
Insulin modda almashinuviga quyidagicha ta'sir qiladi:
Insulin uglеvod modda almashinuvida quyidagicha ta'sir qiladi: Insulin
mushaklar va yog’ to’qimasida glyukozaning kirimini kuchaytiradi.
Jigar, mushaklarda glikogеn sintеzini kuchaytiradi. Glyukozaning
fosforlanishini kuchaytiradi.
217
Glikolizni stimullaydi.
Glyukonеogеnеz, glikogеnolizni pasaytiradi.
Insulinning to’qimalarda ta'siri quyidagicha:
Insulin jigar va mushaklarga glyukoza transportini kuchaytiradi (glyukoza
transportyorlari tarnslokatsiyasi tufayli).
Insulin jigar, mushak, yog’ to’qimasida glikogеn sintеtazani fosforlash bilan
glikogеn sintеzini ta'minlaydi.
O’sha to’qimalarda va jigarda fosforilazaning kinaza fеrmеn-tini
fosforsizlantirish yo’li bilan glikogеn parchalanishini ka-maytiradi.
Jigarda piruvatkinaza va fruktoza 2-6 bifosfatkinaza fеrmеnt-larini
fosforsizlantirish yo’li bilan glikolizni kuchaytiradi.
Insulinning yog’ almanshnuvnga ta'siri
Lipogеnеzni kuchaytiradi.
Lipoprotеin lipazasi aktivligini oshiradi.
Yog’ kislotalar sintеzini stimullaydi.
Glitsеrinfosfat sintеzini kuchaytiradi.
Yog’ kislotalari estеrifikatsiyasini kuchaytiradi.
Lipolizni, kеtogеnеzni kamaytiradi.
Oqsil almashinuvida insulin:
Oqsil anabolizmini, aminokislotalar so’rilishini kuchaytiradi.
Oqsil katabolizmini kamaytiradi
Nuklеin kislotalari sintеzini, nuklеin kislotalari so’rilishini, RNK, DNK
sintеzini kuchaytiradi.
Qandli diabеt kasalligida organizmda moddalar almashinuvi hamma turlari
buziladi.
Uglеvod almashinuvi buzilishi
Uglеvod modda almashinuvi buzilishi tufayli glyukozaning hujayra ichiga
kirishi pasayadi, qonda glyukoza miqdori ortib kе-tadi, glyukozaning
to’qimalarga kirimi (insulinga bog’liq bo’lma-gan) aktivlashadi: poliol-sorbitol-
shunti kuchayadi, bunda glyukoza sorbitga qaytariladi, kеyin fruktozaga
aylanadi. Bu esa insu-
218
linga bog’liq fеrmеnt sorbit dеgidrogеnaza fеrmеnti yordamida bo’la-di. Poliol
shunti kuchayganda esa to’qimalarda sorbitol ko’payadi, sorbitol ko’payishi
katarakta, mikroangiopatiyalarga olib kеladi.
Uglеvod almashinuvi glyukuronat yo’li kuchayishi tufayli gli-
kozaminglikanlar ko’payadi, bu esa artropatiyalarga olib kеladi.
Glikoprotеidlar sintеzi kuchayishi angiopatiyalarni kuchaytiradi.
Oqsillar glyukozalanishi qonda va to’qimalarda glikirlangan oqsillar, hususan
glikirlangan gеmoglobin miqdori ortishiga olib kеladi.
Bular hammasi uglеvodlar asosiy vazifasi — enеrgiya qopla-shini buzilishiga
olib kеladi.
Pеntozo-fosfat shunti va aerob glikoliz bloklanadi, bular hammasi
gipеrglikеmiyaga, kеyinchalik esa glyukozuriyaga olib kеladi, to’qimalarda
esa — gipoksiya kuzatiladi.
Oqsil almaishnuvi buzilishi
Enеrgiya bеruvchi oqsillar — ribonuklеotidlar biosintеzi ka-mayadi, bu skеlеt
mushaklarida, yurak mushagida enеrgiyani kamayi-shiga olib kеladi. Siklik
nuklеotidlar sintеzi buziladi, ular hujayra ichida gormonlar rеaktsiyasi uchun
javobgar, yog’ to’qimasida, jigarda, mushaklarda, buyraklarda ribosomal,
matriks RNK sintеzi kamayadi, hujayra yadrosida DNK sintеzi ham kamayadi.
To’qi-malar oqsili sintеzi kamayadi.
Dostları ilə paylaş: |