3. Mn2+ kationini topish. Tekshirilayotgan eritmadan 1-2 tomchi probirkaga solib, ustiga kumush nitrat eritmasidan 1 tomchi qoshiladi. Oq cho’kma xosil bo’lsa, eritmada Cl- ionlari bor bo’ladi. Eritmadan Cl- ionlarini yoqotish kerak, chunki Cl- ionlari Mn2+ kationlarini aniqlashga xalaqit beradi. Aralashmaga yana 2-3 tomchi AgNO3 eritmasidan tomiziladi va xosil bo’lgan cho’kma sentrifugalab ajratiladi. Boshqa probirkaga PbO2 yoki (NH4)2S2O8 kristallaridan 2-3 bo’lakcha solinadi va ustiga 2-3 tomchi HNO3 ning 2 N eritmasidan qoshib, aralashma qizdiriladi. Bu oksidlovchi aralashmaga 1-2 tomchi yuqoridagi sentrifugatdan (Cl- ioni yoqotilgan) qoshilganda, binafsha-pushti rang xosil bo’lishi Mn2+ kationlari borligidan dalolat beradi.
4. Al3+, Fe2+ kationlarini Mn2+, Zn2+ kationlaridan ajratish. Tekshiriladigan kationlar aralashmasi bor eritmadan olib ustiga ammoniy xloridning toyingan eritmasidan qoshiladi, probirka ichidagi eritmasi bilan suv hammomida isitiladi. So’ngra ishqoriy muxit xosil bo’lguncha ammoniy gidroksidning kontsentrlangan eritmasidan qoshiladi, song yana shu eritmadan 5 tomchi qoshiladi. Bunda alyuminiy va temir gidroksidlari Al(OH)3, Fe(OH)3 (eritmada Cr3+ bo’lsa Cr(OH)3) cho’kmaga tushadi, Mn2+ va Zn2+ kationi [Zn(NH3)6] 2+ xolida eritmada qoladi. xosil bo’lgan cho’kmani sentrifugalab ajratib olinadi, uni bir marta ammoniy xlorid qoshilgan suv bilan yuviladi. Cho’kma tarkibidagi Fe3+ kationi Al3+ ionidan ajratish uchun foydalaniladi. Sentrifugat esa tarkibidagi Zn2+ kationini topish uchun ishlatiladi.