Mаshg`ulоt vаqti-2 sоаt


II Ayrim anionlarni topish



Yüklə 2,92 Mb.
səhifə127/172
tarix24.12.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#192852
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   172
20633 Biol90 soatli tex.xarita1

II Ayrim anionlarni topish.
1. Sulfat -SO42- ni topish. Tekshirilayotgan eritmaning ayrim ulushidan olib 2-3 tomchi olib, kislotali muxit hosil qilish uchun xlorid kislota qo’shiladi va 2-3 tomchi bariy xlorid eritmasidan qo’shiladi. Suvda va suyultirilgan kislotalarda erimaydigan oq cho’kma hosil bo’lishi SO42- anioni borligidan dalolat beradi.
2. Sulfid – ion CO32- ni topish. Eritmaning ayrim ulushidan topiladi. Eritmaning 2-3 tomchisiga H2SO4 qo’shiladi va isitiladi. Ajralib chiqayotgan CO2 gazi kaliy permanganat eritmasi orqali o’tkaziladi va bu eritmaning rangsizlanishi CO32- anioni borligini ko’rsatadi.
Agar eritmada NO2- va S2- anionlari bo’lsa, ularni yo’qotish zarur, chunki ular CO32- ionini aniqlashga xalaqit beradi. Yoki tekshirilayotgan eritmadan 4 tomchi olib, Shuncha tomchi BaCl2 eritmasi qo’shiladi. hosil bo’lgan cho’kma sentrifugada ajratib olinadi, suv bilan yuviladi va cho’kmaga 2-3 tomchi HCl ning 2 N eritmasidan qo’shiladi. Ajralib chiqayotgan gazni KMnO4 eritmasidan o’tkazish orqali CO2 gazi ekanligini aniqlanadi.
3. Karbonat-ion CO32- ni topish. Tekshirilayotgan eritmaning ayrim ulushidan CO32- anioni topiladi. Agar eritmada CO32- anioni borligi aniqlangan bo’lsa, uni dastavval SO42- anionigacha oksidlash kerak. Buning uchun tekshirilayotgan eritmaning 2-3 tomchisiga 8% li vodorod peroksid eritmasi qo’shilib, suv hammomida isitiladi. Shundan So’ng CO32- ni xususiy reaktsiyalari asosida topiladi (14.4 - bo’yicha).
4. Silikat ion SiO32- ni topish. Tekshiriladigan eritmaning ayrim ulushidan SiO32- anionini topish uchun 3-4 tomchi eritmaga 3-tomchi ammoniy xlorid yoki xlorid kislota tahsir ettiriladi. Suv hammomida 2-3 minut isitiladi. SiO32- anioni ishtirokida oq iviq cho’kma hosil bo’ladi.
5. Fosfat ion PO43- ni topish. Tekshirilayotgan eritmada ikkinchi guruh anionlari bo’lsa PO43- anionini topish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Tekshirilayotgan eritmadan 3-4 tomchi olib, Shuncha miqdorda BaCl2 eritmasi qo’shiladi. CHo’kmani ajratib olib, suv bilan yuviladi va HCl ning 2N eritmasi qo’shilib, eritiladi. Olingan eritmani ammiak bilan pH = 7-8 bo’lguncha neytrallanadi, So’ng bir necha NH4Cl kristallaridan qo’shiladi, ozgina isitiladi. Agar silikat kislota cho’kmasi hosil bo’lsa, eritma filg’trlab, ajratib olinadi. Eritmadan PO43- anionlarini topish uchun molibden suyuqligidan ortiqcha qo’shiladi, suv hammomida isitiladi. Eritma tarkibida PO43- anionlari bo’lsa sariq cho’kma tushadi. (14.5 ga qarang).
6. Sulfid ioni S2- ni topish. Tekshirilayotgan eritmani ishqoriy muxitga keltirib, uning 1 tomchisiga natriy nitroprussid eritmasidan 1 tomchi qo’shiladi. S2- ioni ishtirokida binafsha-qizil rang paydo bo’ladi.
Sulfid S2- ionlari xlor, brom va iod ionlarini topishga xalaqit beradi. Shu sababli S2- ionlarini yo’qotish uchun neytral yoki kuchsiz ishqoriy tekshirilayotgan eritmadan 5-6 tomchi olib, ZnSO4 eritmasi qo’shiladi va isitiladi. Hosil bo’lgan rux Sulfid ZnS cho’kmasi sentrifugalanib ajratib tashlanadi va sentrifugatdan Cl-, Br-, va J- ionlari topiladi.
7. Xlorid ioni Cl- ni, Br- ioni va I- ionini topish. Qaytaruvchi anionlar: CO32-, S2O32- va S2- - ionlari Cl-, Br-, va J- ionlarini topishga xalaqit bermaydi, chunki ularni kumush nitrat tahsirida cho’ktirilgan cho’kmadagi kumush galogenidlardan 16.5 da ko’rsatilgan tartibda topiladi.
8. III - guruh anionlari NO2-, NO3-, CH3COO- larni topish ham 16.5 da ko’rsatilgan tartibda topilishi mumkin.









Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin