Mаshg`ulоt vаqti-2 sоаt



Yüklə 2,92 Mb.
səhifə123/172
tarix24.12.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#192852
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   172
20633 Biol90 soatli tex.xarita1

1-ilova


Mavzu: : Quruq moddani analiz qilish.
REJA:
1. Kationlarni guruhlarga ajratish
2. III,II va I guruh kationlarni aniqlash
3.Anionlarni aniqlaydilar
O`quv mashg`ulotining maqsadi: Quruq moddalarni analiz qilish tartibini o’rgatish va bilimlarni kengaytirish

O`quv faoliyatining natijasi: Talabalarga kationlarni guruhlarga ajratish III,II va I guruh kationlarni aniqlashni o`rganadilar
2-Ilova
Baholash mezoni va ko`rsatkichlari



Guruhlar

Savolning to`liq va aniq Yoritilishi
0,33 ball

Misollar bilan muammoga yechim topishi 0-0,33ball

Qo’shimcha savollarga javob berish
0-0,34 ball

Jami ball
1
















0,86 – 1 ball – «a’lo». 0,71 – 0,85 ball – «yaxshi». 0,55 – 0,70ball – «qoniqarli».



I, II va III guruh kationlari aralashmasini analiz qilish tartibi
Tekshiriladigan eritmada Na+, K+, NH4+, Mg2+ Ca+2, Ba+2, Sr+2, Al3+, Cr3+, Fe3+, Fe2+, Mn2+, Zn2+, Ni2+, Co2+kationlari bo’lishi mumkin

I, II va III-guruh kationlari aralashmasini analiz qilishda ammiakli metodda sistemali tartibda analiz qilishni dastlabki sinovlardan boshlanadi (11-jadval).


1. Dastlabki sinovlar
a) NH4+ kationini topish. Tekshirilayotgan aralashma eritmasidan probirkaga 2-3 tomchi olib, ishqor qo’shib qizdirish yo’li bilan yoki Nessler reaktivi yordamida ammoniy kationining bor-yo’qligi aniqlanadi.
b) Fe2+ va Fe3+ kationlarini aniqlash. Ikkita probirkaning har biriga 2-3 tomchidan tekshirilayotgan eritmadan solinadi, ikkalasida kuchsiz kislotali muxit (HCl yordamida) hosil qilinadi. Birinchi probirkaga K3[Fe(CN)6] eritmasidan 1 tomchi qo’shiladi. Ko’k rangli cho’kmaning hosil bo’lishi Fe2+ kationi borligini ko’rsatadi. Ikkinchi probirkaga 1 tomchi K4[Fe(CN)6] eritmasidan tomiziladi. Ko’k cho’kma-berlin zangorisining hosil bo’lishi Fe3+ ionining borligini tasdiqlaydi. Fe3+ kationi bor-yo’qligini NH4SCN yoki KSCN eritmalari yordamida qizil-qon rangli eritma hosil bo’lishidan ham topish mumkin.
v) Zn2+ kationini topish. Rux kationini eritmaning bir qismidan topish maqsadga muvofiq bo’ladi, chunki sistemali analizda Zn2+ ioni boshqa ionlar bilan birgalikda cho’kishi xisobiga uni ko’p qismi yo’qoladi, binobarin Zn2+ ni topish mumkin bo’lmay qoladi. Rux kationini topishda tekshirilayotgan eritmadan 2-3 tomchi olib, unga H2S yoki ditizon ta’sir ettirish reaktsiyalaridan (11.7 – ga qarang) foydalaniladi.
2. III-guruh kationlarini I va II-guruh kationlaridan ajratish. Birinchi va ikkinchi guruh kationlarini topishda qo’llaniladigan Na2HPO4, (NH4)2CO3, (NH4)2C2O4 kabi reagentlar bilan III-guruh kationlari ham cho’kma hosil qila oladi, Shu sababli I va II guruh kationlarini topishga xalaqit beradi. Binobarin, III-guruh kationlarini qolgan ikkala guruh kationlaridan ajratish kerak.








Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin