Mаshg`ulоt vаqti-2 sоаt



Yüklə 2,92 Mb.
səhifə126/172
tarix24.12.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#192852
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   172
20633 Biol90 soatli tex.xarita1

I. Dastlabki sinovlar: Eritmani muxiti universal indikator qoјozi bilan o’lchab ko’riladi.
1. Birinchi guruh anionlari borligini tekshirish.
Eritmaning muxiti kislotali bo’lsa, bu Ba (OH)2 eritmasi bilan neytrallanib, ‘H=7-9 ga yetkaziladi. Neytral yoki kuchsiz ishqoriy eritmadan 4-5 tomchi olib, Shuncha xajmda bariy xlorid eritmasi qo’shiladi. CHo’kma hosil bo’lishi birinchi guruh anionlari borligini ko’rsatadi. Bunday xolda birinchi guruhning har bir anioni uchun xususiy reaktsiyalar qilib ko’riladi.
2. Ikkinchi guruh anionlari borligini tekshirish.
Tekshirilayotgan eritmaning 4-5 tomchisiga bir necha tomchi nitrat kislota va kumush nitratning eritmasidan 4-5 tomchi qo’shiladi. CHo’kma hosil bo’lsa, ikkinchi guruh anionlari topiladi.
3. Anion-oksidlovchilar borligin tekshirish. Tekshirilayotgan eritmaning 5-6 tomchisiga Sulfat kislotaning 2N eritmasidan kislotali muxit hosil qilish uchun qo’shiladi. So’ng KI eritmasidan 2-3 tomchi va kraxmal kleystridan bir necha tomchi qo’shiladi. Anion-oksidlovchi NO3- bo’lsa eritma ko’k rangga kiradi.
4. Anion-qaytaruvchilar borligini sinab ko’rish. Tekshirilayotgan eritmaning 5-6 tomchisiga H2SO4 ning 1N eritmasidan 2 tomchi qo’shiladi. So’ng KMnO4 ning suyultirilgan eritmasidan 2-3 tomchi qo’shiladi. Agar kaliy permanganat eritmasi rangsizlansa, tekshirilayotgan eritmada anion-qaytaruvchilar – CO3-, NO2-, I-, Br- (Cl- ham) bo’lishi mumkin.
5. Gazlar ajralishini sinab ko’rish. Tekshirilayotgan eritmaning 3-4 tomchisiga H2CO4 ning 4 N eritmasidan 3 tomchi qo’shilib, probirka sekin chayqatiladi. Gazlar ajralishi sezilarli bo’lmasa, eritma oxista isitiladi. Gaz pufakchalarini ajralishi eritmada CO32-, CO32-, S2-, NO2- anionlari bo’lishi mumkinligini bildiradi. CO2, CO2, H2S, NO2 gazlarining xossalari (xidi, rangi)ga qarab, ularning mumkin bo’lgan tarkibini aniqlanadi.
Shunday qilib, dastlabki sinovlar asosida, tekshirilayotgan eritma tarkibida qanday anionlar bo’lishi mumkinligi to’јrisida xulosa chiqariladi. Shunday keyingina ayrim anionlarni tekshirilayotgan eritmadan topishga kirishiladi.

Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin