Mаshg`ulоt vаqti-2 sоаt



Yüklə 2,92 Mb.
səhifə91/172
tarix24.12.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#192852
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   172
20633 Biol90 soatli tex.xarita1

4-Ilova

Temir Fe2+ kationining xususiy reaktsiyalari

Reaktsiyalar temir (II)-culfat FeSO4 ning suvdagi eritmalaridan foydalanib, o’tkaziladi.


1.Ishqorlar NaOH yoki KOH va ammoniy gidroksid NH4OH Fe2+ kationlari bilan odatdagi sharoitda oq rangli emas, balki xira yashil rangli temir (II) - gidroksid Fe(OH)2 cho’kmasini xosil qiladi:
FeSO4+2NaOH = Fe(OH)2¯+Na2SO4
Fe2++2OH- = Fe(OH)2¯

Probirkaga 2-3 tomchi temir (II)-sulfat eritmasidan solib, ustiga 5 tomchi distillangan suv va 2 tomchi natriy gidroksid eritmasidan qoshiladi.qoramtir - yashil rangli cho’kma xosil bo’lishi kuzatiladi.


Ammiak eritmasi Fe2+ ionlarini toliq choktirmaydi. NH4OH ning dissotsilanishini kamaytiruvchi ammoniy tuzlari ishtirokida cho’kma umuman xosil bo’lmaydi.
Tajribani o’tkazish sharoiti.
- Reaktsiya eritma muxitining pH=12-13 bo’lganda yaxshi natija beradi.
- Ammoniy tuzlarining ishtiroki cho’kma xosil bo’lishiga yol qoymaydi.
- xavo kislorodi ta'sirida Fe2+ kationlarining qisman oksidlanishi
cho’kma rangining ozgarishiga olib keladi.
2.Kaliy geksatsianoferrat (III) K3[Fe(CN)6] Fe2+ kationlari bilan ozaro ta'sirlashib «turnbul koki» deb ataluvchi kok cho’kma Fe3[Fe(CN)6]2 ni xosil qiladi:

3FeSO4+2K3[Fe(CN)6] = Fe3[Fe(CN)6]2¯+3K2SO4


3Fe2++2[Fe(CN)6]3- = Fe3[Fe(CN)6]2¯
Probirkaga temir (II)-sulfat eritmasidan 2-3 tomchi solib, 4-5 tomchi distillangan suv va 2 tomchi kaliy geksatsianoferrat (III) eritmasidan qoshiladi. Kok cho’kma xosil bo’lishi kuzatiladi. Reaktsiya sezgir bo’lib, Fe2+ kationlariga xos reaktsiya xisoblanadi.
Tajribani bajarish sharoiti:
- Reaktsiya eritma muxitining pH = 3 bo’lganda yaxshi amalga oshadi;
- Erkin ishqorlarning eritmada ishtiroki turnbul kokini parchalashga
olib keladi;
- Fe2+kationi va III -guruxning kationlari reaktsiyani bajarishga
xalaqit bermaydi.
3.Dimetilglioksim Fe2+ kationlari bilan pushti- qizil rangli ichki kompleks tuz xosil qiladi:
FeSO4+2NH4OH+2C4H8N2O2 = [Fe(C4H7N2O2)2]+(NH4)2SO4+2H2O
Fe2++2OH-+2C4H8N2O2 = [Fe(C4H7N2O2)2]+2H2O

Konussimon probirkaga 1-2 tomchi temir (II) tuzi eirtmasidan o’tkaziladi, 1 tomchi vino kislotasi eritmasi va 2-3 tomchi NH4OH qoshiladi, so’ngra dimetilglioksimning spirtdagi eritmasidan 2-3 tomchi qoshiladi. Eruvchan kompleks birikma temir (II) -dimetilglioksimatning pushti-qizqish eritmasi xosil bo’ladi.


Reaktsiyani o’tkazish sharoiti:
- Tajribani rN»9 bo’lgan ammiakli eritmada olib boriladi.
- Eritmada Fe3+ va Fe3+ kationlari birgalikda bo’lsa, reaktsiyani vino kislotasi ishtirokida olib boriladi, chunki vino kislotasi ammoniy gidroksid bilan Fe(OH)3 cho’kmasini xosil qilishi mumkin bo’lgan Fe3+ kationlarini kompleks xolida boqlashga xizmat qiladi.




Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin