Mavzu 15 Technika sohasidagi tadqiqotlar axborot resurslari


Retrospektiv ilmiy-yordamchi bibliografik qo‘llanmalar



Yüklə 169,55 Kb.
səhifə30/42
tarix19.06.2023
ölçüsü169,55 Kb.
#132428
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42
сохавий

Retrospektiv ilmiy-yordamchi bibliografik qo‘llanmalar.
1983 yilda bo‘lim xodimlari tomonidan tayyorlangan «Toshkent» adabiyotlar ko‘rsatkichi hozirgi kunga qadar kutubxona foydalanuvchilari tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganilmoqda. Ko‘rsatkichda Toshkent shahrining 2200 yillik tarixini aks ettiruvchi adabiyotlarning asosiy ro‘yxati berilgan bo‘lib, tarixchilar, o‘lkashunoslar va keng kitobxonlar uchun bebaho manba hisoblanadi. Yuqoridagi ko‘rsatkichning mantiqiy davomi sifatida 2008 yil 2 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent shahrining 2200 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi Qarori chiqishi munosabati bilan keyingi yillarda nashr qilingan manbalarning mukammal bibliografik ko‘rsatkichi chop etildi. 2008 yilda rus tilida nashr qilingan «Toshkent» bibliografik ko‘rsatkichi hamda 2009 yilda o‘zbek tilida Toshkent tarixi, xo‘jaligi, madaniyati, ilmiy hayoti, ayniqsa, O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi poytaxt hayotida yuz bergan o‘zgarishlar haqidagi «Toshkent 2200 yoshda» mavzuida bibliografik ko‘rsatkich nashr qilindi. 
Mustaqillik yillarida bo‘lim tomonidan bir necha bibliografik qo‘llanmalar tayyorlandi. Jumladan, «Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lida» (o‘zbek va rus tillarida), «Oila – davlat tayanchi» adabiyotlar ro‘yxati, «Turkiston viloyatining gazeti»ga aliasosiy kutubxonasio sohalar bo‘yicha tuzilgan bibliografik ko‘rsatkichi (1870–1916 yy.), «Ro‘yi zamin sayqali» o‘zbek va rus tillarida retrospektiv ko‘rsatkich, «Homiylik – azaliy qadriyat», «Insonparvarlik va bag‘rikenglik millatimiz fazilati» mavzusida o‘zbek va rus tillarida, «Qishloq – obodlik, to‘kinlik va farovonlik manbai», «Maqsud Shayxzoda» kabi bibliografik ko‘rsatkichlar va «Buyuk kelajak bunyodkorlari» mavzuida metodik-bibliografik qo‘llanma nashr qilindi. 2010 yili O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashkil qilinganligining 140 yilligiga «Ma’naviyatning o‘lmas bo‘stoni» mavzuida o‘zbek va rus tillarida bibliografik ko‘rsatkich tayyorlangan.
2012 yildan an’anaviy kartotekani to‘ldirish ishlari to‘xtatildi. Xizmat xodimlari yangi axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda, o‘zbek, rus tillarida vaqtli matbuot sahifalaridan tanlab olingan maqolalar bilan AIBS (avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi) dasturi ma’lumotlar bazasi to‘ldirib boriladi va ushbu ma’lumotlar bazasidan foydalanuvchilar O‘zbekiston Respublikasiga oid ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari xizmat xodimlari aniq mavzular bo‘yicha adabiyotlar yig‘ish; biobibliografiyalar tuzish, bibliografik va axborot manbalaridan kerakli adabiyotlarni yig‘ishda og‘zaki maslahatlar hamda yozma ma’lumotlar berishadi.
Bugungi kunda xizmat tomonidan turli bibliografik qo‘llanmalar tayyorlash ishlari davom ettirilmoqda. Bulardan: «Giyohvandlik – asr vabosi», «Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik», «Mirzo Ulug‘bek Muhammad Tarag‘ay», «Terrorizm – taraqqiyot kushandasi», «O‘zbekistonda investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhiti» mavzularida o‘zbek tilida, rus tilida esa, «Investitsionniy klimat i delovaya sreda v Uzbekistane», «Prioritet alternativnim istochnikam energii» adabiyotlarning bibliografik ro‘yxati tayyorlandi. Bundan tashqari shoir Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligiga, shoir ijodiga bog‘liq metodik-bibliografik ko‘rsatkich tayyorlandi.
1963 yildan muntazam ravishda o‘zbek hamda rus tillarida respublikamiz siyosiy, madaniy va iqtisodiy hayoti, yirik sanalari, voqealar, yubiley sanalarini yoritib beruvchi «Mustaqil O‘zbekistonning muhim va unu-tilmas sanalari» yillik taqvimi tayyorlanib kelingan. Keyingi yillarda taqvimning elektron ko‘rinishi kutubxona veb-sayti (www.natlib.uz)ga joylashtirib boriladi. Uning tuzilishi quyidagicha: avval barcha mu-him sanalar ro‘yxati berilib, ikkinchi qis-mida esa, joriy yilda nishonlanadigan yubi-ley sanalari beriladi. Taqvim axborot-kutubxona muassasalari xodimlariga muayyan sanalarni nishonlashda adabiyotlarni targ‘ib qilishga ko‘mak beradi. Taqvimdan nafaqat axborot-kutubxona muassasalari xodimlari, balki barcha qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.
Har yili Prezidentimiz tomonidan e’lon qilinadigan yil nomlariga bag‘ishlangan bibliografik ro‘yxatlar tuziladi. 2014 yilda «Sog‘lom bola, sog‘lom ona – sog‘lom ke-lajak» mavzuidagi metodik-bibliografik qo‘llanma, «Milliy teatr – ezgulik maskani» va rus tilida «Natsionalniy teatr v epitsentre duxovnosti» mavzusida bibliografik ko‘rsatkichi va «O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligi»ga bag‘ishlangan asarlarning biobibliografiyasi tuzildi. «O‘zbekiston Qurolli kuchlari va armiyasi» va «O‘zbekistonda turizm» mavzularida adabiyotlarning bibliografik ro‘yxati tuzildi. Shuningdek, xizmat tomonidan siyosiy va huquqiy adabiyotlarning tavsiya bibliografiyasini tuzish uchun 2010–2014 yillar adabiyotlari va O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad tavalludining 95 yilligi munosabati bilan bibliografik ko‘rsatkich tuzish uchun adabiyotlar yig‘ish ishlari amalga oshirilmoqda.

Yüklə 169,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin