Referativ to‘plam- aniq bir sohadagi ilmiy-texnik yutuqlarni aks ettiruvchi materiallarni yig‘uvchi vaqtli yoki davomli referativ nashr.Unda nashr etilmagan asarlar haqidagi axborotlar ham beriladi. Saltikov Shchedrin nomli S. Peterburg Davlat ommaviy kutubxonasi, RPIB (Rossiya Davlat ommaviy tarixiy kutubxonasi), Rossiya bolalar va o‘smirlar kutubxonasi, RNPB (Ushinskiy nomli Rossiya Davlat ilmiy-pedagogik kutubxonasi.) RMK qator seriyalarda tavsiya bibliografik qo‘llanmalarni muntazam ravishda nashr etib boradi. Bu ko‘rsatkichlarning ko‘pchiligi hozirgi zamon dolzarb masalalariga bag‘ishlangan RMK «mustaqil bilim olish» seriyasida yoshlarga mo‘ljallangan qator ko‘rsatkichlar chiqargan. Masalan: «Yoshlarga falsafa fani xususida» va boshqalar. M.YE.Saltikov-Shchedrin nomli rossiyaning Miliy kutubxonasi ko‘proq kichik formadagi tavsiya bibliografik ko‘rsatkichlar chiqarib boradi. RPIB-asosan tarixiy fanlar bo‘yicha tavsiya bibliografik ko‘rsatkichlar chiqarib boradi. Bunday ko‘rsatkichlar ko‘prok o‘rta maktab o‘qituvchilariga yordam sifatida tavsiya qilinadi. Masalan: «Vatan tarixi» 4 va 5 juzlari o‘rta maktab o‘quvchilari uchun tavsiya bibliografik qo‘llanmalaridir. Ushinskiy nomli RDPK ta’lim-tarbiyaga oid tavsiya bibliografik ko‘rsatkichlar chiqardilar. Ishlab chiqarish malakasini oshirishga mo‘ljallangan tavsiya bibliografik ko‘rsatkichlarni yaratishda SOONTI faol ishtirok etadi. Tavsiya bibliografik qo‘llanmalarni respublika, o‘lka, viloyat, markaziy shahar kutubxonalari ham yaratib borishadi. Partiya, kasaba uyushma, ilmiy-texnika axboroti organlari, oliy o‘quv yurtlari, ham ijtimoiy-siyosiy mavzudagi tavsiya bibliografik qo‘llanmalar chiqaradilar. Ba’zi paytlarda tavsiya bibliografik qo‘llanmalar markaziy va Tabiatshunoslik va qishloq xo‘jaligi vaqtli matbuot organlarida ham aks ettirilib boriladi. Respublikalar miqyosida uslubiy markaz Respublika Davlat kutubxonasi hisoblanadi. Chunonchi O‘zbekistonda A.Navoiy nomli O‘zbekiston Davlat milliy kutubxonasi uslubiy markaz hisoblanadi. U respublikadagi barcha viloyat, shahar kutubxonalariga uslubiy rahbarlik qiladi. Ijtimoiy fanlar bo‘yicha kutubxonalar va axborot markazlarining xalqaro aloqalari 1972 yildan boshlab xalqaro ilmiy-texnika tizimining tarmoq va ihtisoslashtirilgan bo‘linmasi tashkil etiladi. 1976 yil Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Polsha, Rossiya, Chexoslavakiya Fanlar Akademiyalarining vakillari MISON (ijtimoiy-fanlar bo‘yicha xalqaro axborot tizimi)ni tashkil qilish haqidagi bitimga qo‘l qo‘yishdi. Keyinchalik (1972 y.) bu bitimga Kuba 55 va Vetnam Fanlar Akademiyalari ham qo‘shilishdi. MISONning bosh organi qilib Rossiya FA INIONni tayinlandi. MISONning tashkil etilishi qator mamlakatlar ilmiy-axborot markazlarining o‘zaro aloqalaridagi yangi davr bo‘ldi. MISON doirasida birgalikda keng nashr ishlari rejalashtirildi. INION FID (xalqaro hujjatlar federatsiyasi) faoliyatida ham faol ishtirok etadi. 1950 yil YUNESKO tomonidan tashkil etilgan (ijtimoiy fanlarga doir hujjatlar xalqaro qo‘mitasi) faoliyatida ham faol ishtirok etadi. INION muntazam ravishda MDH olimlari ishlari haqidagi bibliografik ma’lumotlarni YGSSDga yuborib turadi. VGBIL – turli mamlakatlar bilan kitob, axborot almashadi, uslubiy materiallar bilan ta’minlaydi, kitob ko‘rgazmalari tashkil etadi, bibliografik ko‘rsatkichlar tuzadi, ilmiy seminarlar va kengashlar o‘tkazadi va x.k.