Milliy tadqiqot


Gidrologik hisoblashlar va gidrologik bashoratlar



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə2/5
tarix21.05.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#118664
növüReferat
1   2   3   4   5
gidrologiya

Gidrologik hisoblashlar va gidrologik bashoratlar (muhandislik gidrologiyasi)-suv ob’ektlarining turli gidrologik ko’rsatkichlarini hisoblash va bashorat qilish usullarini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Bu usullar suv havzalari tabiiy holatini o’zgartirish yoki aniqrog’i, ulardan foydalanish, shuningdek gidrotexnik inshootlarni loyihalash, qurish ishlari bilan bog’liq bo’lgan muam­molarni hal etishda qo’llaniladi.
Bizga ma’lumki, tabiiy suvlar (buloqlar, soylar, daryolar, ko’llar, muzliklar, yer osti suvlari) geografik mu­hitning asosiy komponentlaridan biridir. Ma’lum bir hududda mavjud bo’lgan barcha turdagi suvlar shu hududning asosiy tabiiy boyliklaridan biri-suv resurslarini tashkil etadi. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib sayyora­mizning ancha qismida shu resurslardan qishloq xo’jaligi, sanoat, iste’mol uchun olinadigan va suv ob’ektlariga qayta tashlanadigan oqava hamda chiqindi suvlarning ko’lami shu darajaga yetdiki, ular hajmi va sifati bo’yicha tabiiy holda tiklana olmayapti. Mazkur muammo tufayli gidrologiya fani oldida suv resurslari va atrof­muhit muhofazasiga taalluqli quyidagi yangi vazifalar paydo bo’ldi:
1) suv resurslarini miqdoran tejash va sifat ji­hatdan muhofaza qilish;
2) tabiiy va antropogen omillar ta’sirida ularning o’zgarish qonuniyatlarini o’rganish;
3) amalga oshirilayotgan suv xo’jaligi tadbirlari (me­lioratsiya, irrigatsiya, gidroenergetika, suv resurslarini hududlar bo’yicha qayta taqsimlash va hokazolar)ni iqti­sodiy va ekologik nuqtai nazardan asoslash uchun kerakli gidrologik ma’lumotlar bilan ta’minlash.
Gidrologiya daryolar va boshqa turdagi suv havzalarida kechadigan ximiyaviy va biologik jarayonlarni hamda ular­dagi suv massalarining tabiiy xususiyatlarini, sifatini va biologik resurslarini gidrofizika, gidroximiya (suv kimyosi), gidrobiologiya fanlari bilan hamkorlikda o’r-ganadi. Suv havzalarida kuzatiladigan harakatlar (suv oqimlari) qonuniyatlarini o’rganishda gidrodinamika va gidravlika qonunlari va usullaridan, gidrologik hisoblashlar va bashoratlarda esa maxsus matematik usullardan va zamonaviy hisoblash texnikasi va kompyuter texnologiya-sidan keng foydalaniladi.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin