Министерство высшего и средне-специального образования республики узбекистан



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə21/39
tarix06.04.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#93881
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
РБТ..маърузалар матни

3. Volfram rudalari odatda ikki bosqichda boyitiladi: gravitatsiya usulida birlamchi boyitish va olingan xomaki boyitmani har xil usullar yordamida mehyoriga yetkazish. Bungan sabab, qayta ishlanayotgan ruda tarkibida volframning miqdori kamligi (0,2–0,8% WO3) va boyitmaning sifatiga qo’yilgan talabning yuqoriligidir (55 – 65% WO3). Umumiy boyitilish darajasi taxminan 300 – 600 ni tashkil qiladi.
Tomirli va sochma volframit (gyubnerit va ferberit) rudalari odatda bir qator og’ir metallapHi uzida jamlaydi. SHuning uchun birlamchi gravitatsiya usulida boyitishda tarkibida 5 dan 20% gacha WO3, bundan tashqari kassiterit, tantalkolumbit, magnetit, sulfidlar bo’lgan kollektiv boyitma olishga ehtibor qaratish lozim bo’ladi. Xomaki boyitma tarkibidagi qimmatbaho komponentlapHi mehyoriga yetkazishda talablarga javob beradigan monomineralli boyitma olishda flotatsiya yoki sulfidlapHi ajratishda flotogravitatsiya, magnetitni ajratishda kuchsiz magnit maydonida yoki volframitni ajratishda kuchli magnit maydonida magnit usulidan foydalaniladi. Bundan tashqari elektr usulida saralash, boyitish stolida boyitish, bo’sh tog’ jinslarini flotatsiyalash va boshqa jarayonlar qo’llanilishi mumkin. Maqsad, tayyor boyitma Davlat standarti talablari va texnik talablapHi nafaqat asosiy metalning miqdori bo’yicha, balki, zararli qo’shimchalapHing miqdori bo’yicha ham qondirishi kerak.
Volfram minerallarining katta zichlikka (6 – 7,5 g/sm3) egaligi boyitishda gravitatsiya usullari: cho’ktirish mashinasi, boyitish stoli, shlyuz, vintli saralagich va boshqalardan keng foydalanish mumkinligini bildiradi. Qimmatbaho mineral zarrachalari yupqa donador bo’lganda flotatsiya yoki gravitatsiya va flotatsiya jarayonlari birgalikda qo’llanadi. Gravitatsiya usulida boyitishda volframitning shlamlanishini hisobga olinsa, flotatsiya yordamchi jarayon sifatida qo’llanadi.
SHeelit rudalarini boyitishda ham boyitishning gravitatsiya usuli, ko’proq gravitatsiya va flotatsiya jarayonlari birgalikda yoki faqat flotatsiya qo’llanadi.
SHeelit rudalarini saralashda lyuminestsent qurilmalari qo’llanadi. SHeeli tultrabinafsha nurlar bilan nurlanganda och havorang tusda tovlanadi, bu esa sheelit bo’lakchalarini bo’sh tog’ jinsidan ajratishga imkon beradi.
SHeelit – yuqori shlamlanuvchanlikka ega bo’lgan, yengil flotatsiyalanuvchi mineraldir. SHeelitning ajralishi gravitatsiya usuliga qaraganda flotatsiya usulida boyitishda aytarli darajada oshadi. SHuning uchun MDH davlatlarida barcha boyitish fabrikalarida sheelitni boyitishda flotatsiya qo’llanilmoqda.
Volfram rudalarini boyitishda minerallapHing moddiy tarkibi va alohida minerallapHing birikishiga bog’liq bo’lgan bir qator texnologik muommolar kelib chiqadi. Volframit, ferberit va gyubneritni flotatsiyalash jarayonida ulardan temir oksidi va gidrooksidi, turmalin va boshqa minerallapHi ajratish muommo tug’diradi.
Tarkibida kaltsiy (kaltsit, flyuorit, apatit va b.) bo’lgan minerallar rudalaridan sheelitni flotatsiyalash anionli yog kislotali yig’uvchi reagentlar yordamida amalga oshiriladi. Tarkibida kaltsiy bo’lgan minerallardan sheelitni ajratish suyuq shisha, kremniyftorli natriy, soda va b. kabi sozlovchi reagentlar yordamida amalga oshiriladi.
SHeelit boyitmalarida apatit tarkibiga kiruvchi fosfopHing miqdori foizning yuzdan bir qismidan oshib ketmasligi kerak. SHuning uchun apatit hamda barit sheelit boyitmasidan yo’qotilishi shart.
Flotatsiya jarayonida butanani suyuq shisha bilan bug’lash orqali bir qator kaltsiytarkibli minerallar (flyuorit, kaltsit, qisman apatit) samarali tazyiqlanadi. Bu uchulda apatit qiyin tazyiqlangani uchun uni sheelit boyitmasidan kontsentratsiyasi 35 – 45 g/l bo’lgan xlorit kislotasi eritmasida tanlab eritish orqali yo’qotiladi.
MDH davlatlarida sheelitli va sheelit-molibdenli rudalar TipHiauz, CHorux-Dayron, Koytash, Ingichka, Djilaus va boshqa boyitish fabrikalarida qayta ishlanadi. Ko’pchilik boyitish fabrikalarida volframdan tashqari molibden, mis va barit ajratib olinadi.
SHeelit rudalari tarkibidagi molibdenning miqdori ko’p hollarda sanoat ahamiyatiga ega. Agar molibden molibdenit ko’rinishida bo’lsa, sheelitni ajratishdan avval molibdenni kerosin yordamida flotatsiyalanadi. Agar ruda tarkibida molibdenning miqdori juda past bo’lsa, olein kislotasi va kerosin yordamida kollektiv sheelit-molibdenli boyitma olish samarali hisoblanadi.
Kollektiv boyitmadan molibdenni bo’tanaga pH 1,5—2 ga qadar xlorit kislotasi qo’shish yo’li bilan flotatsiyalash mumkin. Molibdenit olein kislotasi yordamida kaltsitning parchalanishidan hosil bo’lgan SO2 pufakchalari bilan bo’tana yuzasiga suzib chiqadi. SHeelit va boshqa minerallar pH 1,5—2 muhitda flotatsiyalanmaydi, chunki ularning yuzasidan yig’uvchi reagent desorbtsiyalangan, hosil bo’lgan kaltsiy oleati parchalangan bo’ladi, olein kislotasi esa dissotsiatsiyalanmagandir.

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin