Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni



Yüklə 75,64 Kb.
səhifə11/16
tarix08.04.2023
ölçüsü75,64 Kb.
#94836
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Mirzacho\'l iqtisodiy rayoni uz-assistant.uz

Qishloq xo‘jaligi. Sirdaryo viloyati respublikamizning asosan qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan va shu maqsadda tashkil etilgan maʼmuriy hududi hisoblanadi. Biroq hozirgi vaqtda, xususan sobiq Ittifoq parchalanishi va “Umumittifoq mehnat taqsimoti”ning barham topishi bilan viloyat iqtisodiyotida jiddiy muammolar yuzaga keldi. Bunday sharoitda, eng avvalo, mintaqa iqtisodiyotini diversifikatsiyalash, paxta yakka hokimligini yo‘qotish, ishlab chiqarishning yuqori texnologik pog‘onalarini tashkil qilishdek jiddiy vazifalar paydo bo‘ldi. Mustaqillik yillarida bu va shunga o‘xshash masalalari bosqichma-bosqich hal etib borilmoqda.
Viloyat katta yer maydoniga ega emas; uning jami maydoni 427,6 ming gektar bo‘lib, shundan 290,4 ming gektari yoki 67,9 foizi qishloq xo‘jaligida foydalaniladi. Bu respublikamizning qator hududlariga qaraganda ancha yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi (28-jadval). Qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlarning 92,4 foizini sug‘oriladigan yerlar tashkil qiladi. Bu ham Xorazm, Andijon viloyatlariga o‘xshash nihoyatda yuqori ko‘rsatkichdir. Demak, Sirdaryoda yer-resurs salohiyatidan intensiv foydalanish koeffitsiyenti ancha katta.
Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar hissasi Oqoltin, Guliston, Sardoba tumanlarida nisbatan yuqori, sug‘oriladigan maydonlar esa Oqoltin, Xovos, Sayxunobod kabi tumanlarda 95-100 foizni tashkil qiladi. Yerlarni sug‘orish maqsadida viloyatda qator irrigatsiya infratuzilma shaxobchalari, jumladan, magistral kanal va ariqlar qazilgan (Sarkisov nomli Janubiy Mirzacho‘l, Do‘stlik kanali va uning markaziy hamda chap, o‘ng irmoqlari, Jizzax mashina kanali, 1 va 2 mashina kanalari). Shuningdek, boshqa yangi yerlar o‘zlashtirilgan mintaqalarga xos bo‘lgan qator kollektor va drenajlar, tashlamalar ham qurilgan. Masalan, Markaziy, 1 va 2 Sardoba, Boyovut, Sho‘ro‘zak va boshqa kollektorlar, Sharqiy tashlamasi va h.k. Kanal, kollektor va tashlamalar viloyat irrigatsiya va melioratsiya infratuzilmasining o‘zagini tashkil etadi. Kanallar viloyatning janubida ko‘proq bo‘lsa, kollektorlar uning quyi va markaziy qismlarida zichroq joylashgan.
28-jadval

Yüklə 75,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin