Nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020 (2- qism) „O‘qituvchi



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/84
tarix03.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#141371
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   84
bellashuv.uz - ona tili 2qism 11 uzb

7.4- mashq.
 
Ijtimoiy tarmoqlardan olingan tilaknomalar bilan tanishing. Bunday 
matnlarning inson ruhiyatiga ta’siri yuzasidan fikringizni bildiring.
 I
. Assalomu alaykum, olisdagi qadrdonlar.
Barchamizga yana bir tong nash’asi va tarovatini ko‘rish, xushbo‘y havosidan 
bahramand bo‘lish nasib etdi. Hayot takrorlanmas, umr qisqa, har bir onimiz 
g‘animat. Shunday ekan, bir-birimizga mehrli, e’tiborli bo‘laylik. Bir-birimizni 
qadrlashga harakat qilaylik. Har bir otayotgan tongimizni shukronalik va tabas
-
sum bilan qarshi olaylik. Kuningiz fayzli, unumli va shodliklarga to‘la bo‘lsin
.
(„Hamroh“ radioeshittirishidan)
II
. Yana bir kun nihoyasiga yetdi. Har kech yotishdan oldin o‘tgan kuningizni 
sarhisob qiling. Yaxshiliklaringizdan quvoning. Dilingizga ozor yetkazganlarni 
http://eduportal.uz


25
kechiring. Tongni toza yurak va go‘zal tilaklar bilan qarshi olish uchun xotirjam 
dam oling. Xayrli tun, azizlar!
(„She’riyat xiyoboni“ radioeshittirishidan)
7.5- mashq.
Xabar matnini o‘qing. Tabrik va hamdardlik mavzusidagi yo‘l-
lanmalarning xalqaro munosabatlar doirasidagi o‘rni yuzasidan o‘z fikringizni
bildiring.
Tojikiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi raisi Rustam Nazar-
zoda Qozog‘iston Respublikasi hududidan o‘tuvchi „Samara-Chimkent“ avto-
yo‘lida yo‘lovchi avtobusdagi yong‘in natijasida O‘zbekiston Respublikasi 
fuqarolarining halok bo‘lganligi munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi. To
-
jikiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi raisining bergan axborotida 
„Ushbu fojia qurbonlarining oilalariga, qarindoshlariga hamdardlik bildiramiz, 
jabrlanganlarga esa tezroq sog‘ayib ketishlarini tilaymiz“ deb bayon qilingan. 
 
(Internet 
ma’lumotlaridan)
7.6- mashq.
Ta’ziya ifodalarini yarating. Ularni marhumning yosh va jins xususi
-
yatlariga ko‘ra turlarga ajrating.
Namuna
: marhuma yosh ketibdi, yaqinlariga sabr bersin, bandachilik ekan-
da, rahmatlidan ikkita farzand qolibdi, oxirati obod bo‘lsin, Allohning irodasi. 

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin