Nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020 (2- qism) „O‘qituvchi


mundoq nasihat qilsam, bezrayib turaveradi. Miq  etmay uyiga kirib yana kitobga termiladi. Ana, innakeyin  menikiyam



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/84
tarix03.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#141371
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   84
bellashuv.uz - ona tili 2qism 11 uzb

mundoq
nasihat qilsam, bezrayib turaveradi. Miq 
etmay uyiga kirib yana kitobga termiladi. Ana, innakeyin 
menikiyam
alanga 
oladi-da, quda! 
(A.Ibodinov)
 
2-topshiriq.
Berilgan iboralar va maqollarga mos izohlarni tanlang.
1. Ot tepkisini ot ko‘tarar.
2. Oyog‘i uzangiga yetmagan, qo‘yniga yarimta non ketmagan.
3. Zamonaning ozgani – otdan eshakning o‘zgani.
4. Yaxshi it o‘ligini ko‘rsatmas.
5. Bozor ko‘rgan echkidan qo‘rq.
6. Turkistonda qo‘y bir so‘m, kela-kela o‘n bir so‘m.
Izohlar:
 a) aqlli odam o‘z g‘amini o‘zi yeb, birovga og‘irligini tushirmaydi; 
b) narx-navoning oshishi, qimmatchilik; d) mardga mardlik qilmoq, mard xato
-
ni kechira oladi, nomard bunga qodir emas; e) noshud, nodon, bo‘lmas odam; 
 
f) ayyor, tullak odam hamisha xavfli; j) donolar ustidan nodonlarning g‘olib 
kelishi. 
3- topshiriq.
Nuqtalar o‘rniga gap mazmuniga mos so‘zni tanlang.
1. Aylanayin So‘fi Olloyor hazratim, sadag‘angiz ketayin, hazratim, menga 
shafqat qiling. Ko‘pga bergan tirnoqni mendan-da … (ayamang, darig‘ tut
-
mang, qizg‘anmang). (
T. Murod
) 2. … (Basir, Ko‘zi ojiz, Ko‘r) ham hassasini 
bir marta yo‘qotadi. (
Maqol
) 3. Bu libos yoshingizni … (katta, qari, keksa) 
ko‘rsatyapti. (
So‘zlashuvdan
) 4. Onasi, shu yerdamisan, fotihaga kelganlarga 
http://eduportal.uz


44
… (daraxt, nihol, ko‘chat)ning hammasini ulashinglar, ikkitadan, uchtadan be-
ringlar. Jannatdan chiqqan mevalar bular, denglar. (
X. To‘xtaboyev
) 5. Ma’lum 
bo‘lishicha, Oyqiz Bahodirga bolaligidayoq … (beshikkerti qilingan, atalgan, 
qulog‘i tishlatilgan) ekan. (
Sh.Xolmirzayev
) 6. Malika …. (balog‘atga yetgan, 
voyaga yetgan, bo‘y yetgan)da husni jamolining ovozasi yetti iqlimga yoyilib
-
di. 
(Ertakdan) 
4-topshiriq.
Qatorni davom ettiring:
1) harbiy sir talabiga ko‘ra harbiy qismlar, hududlarning shartli belgilari: 
„A“ punkti, „OMON“chilar…;
2) kasallik nomlarini oshkor etmaslik tabulari: gul, to‘qson to‘qqiz,…;
3) katta yig‘inlarda, obro‘li odamlar ichida etikani saqlash nuqtayi nazari
-
dan qo‘llaniladigan tabular: yuqori, hurmatli boshlig‘imiz,…;
4) murojaat bilan bog‘liq evfemik vositalar: taqsir, menga qarang,…;
5) an’analar bilan bog‘liq evfemik vositalar: „chilla saqlash“, „otako‘rdi“,...

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin