Oвid haydarov


rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‗nalishi  bo‗yicha  Harakatlar



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/103
tarix02.01.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#42733
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   103
O.Haydarov Fuqarolik jamiyati

rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‗nalishi  bo‗yicha  Harakatlar 
strategiyasi tasdiqlandi.  
2017  —  2021  yillarda  O‗zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning 
beshta  ustuvor  yo‗nalishi  bo‗yicha  Harakatlar  strategiyasi  quyidagilarni 
nazarda tutadi: 
I.  Davlat  va  jamiyat  qurilishi  tizimini  takomillashtirishning 
ustuvor yo‗nalishlari: 
1.1.  Demokratik  islohotlarni  chuqurlashtirish  va  mamlakatni 
modernizatsiya  qilishda  Oliy  Majlis,  siyosiy  partiyalarning  rolini  yanada 
kuchaytirish: 
davlat  hokimiyati  tizimida  Oliy  Majlisning  rolini  oshirish,  uning 
mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda 
ijro  hokimiyati  faoliyati  ustidan  parlament  nazoratini  amalga  oshirish 
bo‗yicha vakolatlarini yanada kengaytirish; 
qabul  qilinayotgan  qonunlarning  amalga  oshirilayotgan  ijtimoiy-
siyosiy,  ijtimoiy-iqtisodiy  va  sud-huquq  islohotlari  jarayoniga  ta‘sirini 
kuchaytirishga  yo‗naltirgan  holda  qonun  ijodkorligi  faoliyati  sifatini 
tubdan oshirish; 
siyosiy  tizimni  rivojlantirish,  davlat  va  jamiyat  hayotida  siyosiy 
partiyalarning  rolini  kuchaytirish,  ular  o‗rtasida  sog‗lom  raqobat  muhitini 
shakllantirish. 
1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish: 
davlat 
boshqaruvini 
markazlashtirishdan 
chiqarish, 
davlat 
xizmatchilarining  kasbiy  tayyorgarlik,  moddiy  va  ijtimoiy  ta‘minot 
darajasini  oshirish  hamda  iqtisodiyotni  tartibga  solishda  davlat  ishtirokini 
bosqichma-bosqich qisqartirish orqali davlat boshqaruvi va davlat xizmati 
tizimini isloh qilish; 
mamlakatni  ijtimoiy-siyosiy  va  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish 
bo‗yicha  vazifalarni  amalga  oshirishda  o‗zaro  manfaatli  hamkorlikning 
samarasini  oshirishga  qaratilgan  davlat-xususiy  sheriklikning  zamonaviy 
mexanizmlarini joriy etish; 
davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlari  faoliyatining  ochiqligini 
ta‘minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda 
qonuniy  manfaatlariga  oid  axborotni  taqdim  qilishning  zamonaviy 
shakllarini joriy etish; 
«Elektron  hukumat»  tizimini  takomillashtirish,  davlat  xizmatlari 
ko‗rsatishning samarasi, sifatini yuksaltirish va bu xizmatdan aholi hamda 
tadbirkorlik sub‘ektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish. 
1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish: 


97 
 
xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini joriy etish; 
jamoatchilik  nazoratini  amalga  oshirishning  zamonaviy  shakllarini 
rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish; 
fuqarolik  jamiyati  institutlarini  rivojlantirish,  ularning  ijtimoiy  va 
siyosiy faolligini oshirish; 
mahalla  institutining  jamiyat  boshqaruvidagi  o‗rni  va  faoliyati 
samaradorligini oshirish; 
ommaviy  axborot  vositalarining  rolini  kuchaytirish,  jurnalistlarning 
kasbiy faoliyatini himoya qilish.  

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin