Oвid haydarov


IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlari



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/103
tarix02.01.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#42733
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   103
O.Haydarov Fuqarolik jamiyati

IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlari 
4.1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish: 


101 
 
aholining  real  pul  daromadlarini  va  xarid  qobiliyatini  oshirish,  kam 
ta‘minlangan  oilalar  sonini  va  aholining  daromadlari  bo‗yicha  farqlanish 
darajasini yanada kamaytirish;  
byudjet  muassasalari  xodimlarining  ish  haqi,  pensiya,  stipendiya  va 
ijtimoiy nafaqalar  hajmini inflyasiya sur‘atlaridan yuqori  miqdorda  izchil 
oshirish; 
yangi  ish  o‗rinlarini  yaratish  hamda  aholining,  eng  avvalo,  o‗rta 
maxsus  va  oliy  o‗quv  muassasalari  bitiruvchilari  bandligini  ta‘minlash, 
mehnat bozori mutanosibligini va infratuzilmasi rivojlanishini ta‘minlash, 
ishsizlik darajasini kamaytirish va boshqalar. 
4.2.  Aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  va  sog„liqni  saqlash  tizimini 
takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish: 
aholiga  tibbiy  va  ijtimoiy-tibbiy  xizmat  ko‗rsatish  qulayligi  hamda 
sifatini oshirishga, aholi o‗rtasida sog‗lom turmush tarzini shakllantirishga, 
tibbiyot  muassasalarining  moddiy-texnika  bazasini  mustahkamlashga 
yo‗naltirgan  holda  sog‗liqni  saqlash sohasini,  eng  avvalo,  uning  dastlabki 
bo‗g‗inini, tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish; 
xotin-qizlarning  ijtimoiy-siyosiy  faolligini  oshirish,  ularni  davlat  va 
jamiyat  boshqaruvidagi  o‗rnini  kuchaytirish,  xotin-qizlar,  kasb-hunar 
kolleji  bitiruvchi  qizlarining  bandligini  ta‘minlash,  ularni  tadbirkorlik 
faoliyatiga keng jalb etish, oila asoslarini yanada mustahkamlash; 
pensionerlar, nogiron, yolg‗iz keksalar, aholining boshqa ehtiyojmand 
toifalarining  to‗laqonli  hayot  kechirishlarini  ta‘minlash  uchun  ularga 
tibbiy-ijtimoiy  yordam  ko‗rsatish  tizimini  yanada  rivojlantirish  va 
takomillashtirish;  
4.3.  Arzon  uy-joylar  barpo  etish  bo„yicha  maqsadli  dasturlarni 
amalga  oshirish, aholining  hayot  sharoitlari  yaxshilanishini  ta‟minlovchi 
yo„l-transport,  muhandislik-kommunikatsiya  va  ijtimoiy  infratuzilmani 
rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish: 
aholi,  eng  avvalo,  yosh  oilalar,  eskirgan  uylarda  yashab  kelayotgan 
fuqarolar  va  uy-joy  sharoitini  yaxshilashga  muhtoj  boshqa  fuqarolarning 
yashash  sharoitini  imtiyozli  shartlarda  ipoteka  kreditlari  ajratish  hamda 
shahar va qishloq joylarda arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash; 
teatr  va  tomosha  maskanlarini,  madaniy-ma‘rifiy  tashkilotlar  va 
muzeylar  faoliyatini  rivojlantirish  hamda  takomillashtirish,  ularning 
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. 
4.4. Ta‟lim va fan sohasini rivojlantirish: 
uzluksiz  ta‘lim  tizimini  yanada  takomillashtirish,  sifatli  ta‘lim 
xizmatlari  imkoniyatlarini  oshirish,  mehnat  bozorining  zamonaviy 


102 
 
ehtiyojlariga  mos  yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlash  siyosatini  davom 
ettirish; 
maktabgacha  ta‘lim  muassasalari  tarmog‗ini  kengaytirish  va  ushbu 
muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy 
rivojlanishi  uchun  shart-sharoitlarni  tubdan  yaxshilash,  bolalarning 
maktabgacha ta‘lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish 
imkoniyatlarini  ta‘minlash,  pedagog  va  mutaxassislarning  malaka 
darajasini yuksaltirish; 
umumiy  o‗rta  ta‘lim  sifatini  tubdan  oshirish,  chet  tillar,  informatika 
hamda  matematika,  fizika,  kimyo,  biologiya  kabi  boshqa  muhim  va  talab 
yuqori bo‗lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‗rganish va boshqalar. 
4.5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish: 
jismonan sog‗lom, ruhan va aqlan rivojlangan,  mustaqil fikrlaydigan, 
Vatanga  sodiq,  qat‘iy  hayotiy  nuqtai  nazarga  ega  yoshlarni  tarbiyalash, 
demokratik 
islohotlarni 
chuqurlashtirish 
va 
fuqarolik 
jamiyatini 
rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish; 
yoshlarni  ijtimoiy  himoya  qilish,  yosh  oilalar  uchun  munosib  uy-joy 
va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish; 
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va 
boshqaruvi  organlari,  ta‘lim  muassasalari,  yoshlar  va  boshqa 
tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish. 

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin