Oвid haydarov


III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/103
tarix02.01.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#42733
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   103
O.Haydarov Fuqarolik jamiyati

III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor 
yo‗nalishlari 


99 
 
3.1.  Makroiqtisodiy  barqarorlikni  yanada  mustahkamlash  va  yuqori 
iqtisodiy o„sish sur‟atlarini saqlab qolish: 
makroiqtisodiy  mutanosiblikni  saqlash,  qabul  qilingan  o‗rta  muddatli 
dasturlar  asosida  tarkibiy  va  institutsional  o‗zgarishlarni  chuqurlashtirish 
hisobiga  yalpi  ichki  mahsulotning  barqaror  yuqori  o‗sish  sur‘atlarini 
ta‘minlash; 
soliq  yukini  kamaytirish  va  soliqqa  tortish  tizimini  soddalashtirish 
siyosatini  davom  ettirish,  soliq  ma‘muriyatchiligini  takomillashtirish  va 
tegishli rag‗batlantiruvchi choralarni kengaytirish
bank  tizimini  isloh  qilishni  chuqurlashtirish  va  barqarorligini 
ta‘minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, 
ularning  moliyaviy  barqarorligi  va  ishonchliligini  mustahkamlash, 
istiqbolli  investitsiya  loyihalari  hamda  kichik  biznes  va  xususiy 
tadbirkorlik sub‘ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish
xalqaro  iqtisodiy  hamkorlikni  yanada  rivojlantirish,  jumladan, 
yetakchi  xalqaro  va  xorijiy  moliyaviy  institutlar  bilan  aloqalarni 
kengaytirish,  puxta  o‗ylangan  tashqi  qarzlar  siyosatini  amalga  oshirishni 
davom  ettirish,  jalb  qilingan  xorijiy  investitsiya  va  kreditlardan  samarali 
foydalanish. 
3.2. Tarkibiy o„zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning 
etakchi  tarmoqlarini  modernizatsiya  va  diversifikatsiya  qilish  hisobiga 
uning raqobatbardoshligini oshirish: 
yuqori  texnologiyali  qayta  ishlash  tarmoqlarini,  eng  avvalo,  mahalliy 
xomashyo  resurslarini  chuqur  qayta  ishlash  asosida  yuqori  qo‗shimcha 
qiymatli  tayyor  mahsulot  ishlab  chiqarishni  jadal  rivojlantirishga 
qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‗tkazish orqali sanoatni yanada 
modernizatsiya va diversifikatsiya qilish
turizm  industriyasini  jadal  rivojlantirish,  iqtisodiyotda  uning  roli  va 
ulushini  oshirish,  turistik  xizmatlarni  diversifikatsiya  qilish  va  sifatini 
yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish;  
eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini 
va  geografiyasini  diversifikatsiya  qilish,  iqtisodiyot  tarmoqlari  va 
hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish
3.3. Qishloq xo„jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish: 
tarkibiy  o‗zgartirishlarni  chuqurlashtirish  va  qishloq  xo‗jaligi  ishlab 
chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada 
mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, 
agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish


100 
 
paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo‗shagan 
yerlarga  kartoshka,  sabzavot,  ozuqa  va  yog‗  olinadigan  ekinlarni  ekish, 
shuningdek,  yangi  intensiv  bog‗  va  uzumzorlarni  joylashtirish  hisobiga 
ekin maydonlarini yanada optimallashtirish
fermer xo‗jaliklari, eng avvalo, qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab 
chiqarish  bilan  bir  qatorda,  qayta  ishlash,  tayyorlash,  saqlash,  sotish, 
qurilish  ishlari  va  xizmatlar  ko‗rsatish  bilan  shug‗ullanayotgan  ko‗p 
tarmoqli fermer xo‗jaliklarini rag‗batlantirish va rivojlantirish uchun qulay 
shart-sharoitlar yaratish; 
sug‗oriladigan  yerlarning  meliorativ  holatini  yanada  yaxshilash, 
melioratsiya  va  irrigatsiya  ob‘ektlari  tarmoqlarini  rivojlantirish,  qishloq 
xo‗jaligi  ishlab  chiqarish  sohasiga  intensiv  usullarni,  eng  avvalo,  suv  va 
resurslarni  tejaydigan  zamonaviy  agrotexnologiyalarni  joriy  etish, 
unumdorligi yuqori bo‗lgan qishloq xo‗jaligi texnikasidan foydalanish
kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy er-iqlim va ekologik 
sharoitlarga  moslashgan  qishloq  xo‗jaligi  ekinlarining  yangi  seleksiya 
navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvonot zotlarini yaratish va 
ishlab  chiqarishga  joriy  etish  bo‗yicha  ilmiy-tadqiqot  ishlarini 
kengaytirish; 
3.4.  Iqtisodiyotda  davlat  ishtirokini  kamaytirish,  xususiy  mulk 
huquqini  himoya  qilish  va  uning  ustuvor  mavqeini  yanada  kuchaytirish, 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag„batlantirishga qaratilgan 
institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish: 
xususiy  mulk  huquqi  va  kafolatlarini  ishonchli  himoya  qilishni 
ta‘minlash,  xususiy  tadbirkorlik  va  kichik  biznes  rivoji  yo‗lidagi  barcha 
to‗siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to‗liq erkinlik berish, «Agar xalq 
boy  bo‗lsa,  davlat  ham  boy  va  kuchli  bo‗ladi»  degan  tamoyilni  amalga 
oshirish va boshqalar.  
3.5.  Viloyat,  tuman  va  shaharlarni  kompleks  va  mutanosib  ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal 
foydalanish: 
ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishni  jadallashtirish,  xalqning  turmush 
darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-
xomashyo,  sanoat,  qishloq  xo‗jaligi,  turistik  va  mehnat  salohiyatidan 
kompleks va samarali foydalanishni ta‘minlash va boshqalar. 

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin