O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi



Yüklə 249,06 Kb.
səhifə44/64
tarix07.01.2024
ölçüsü249,06 Kb.
#201854
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   64
Neft va gaz1-hozir.org

Klapanli tarelkalar. Bu turdagi tarelkalar
gaz fazasining tezligi va tez o‘zgarib turadigan
jarayonlarda ishlatilishi maqsadga muvofiqdir.
Klapanli tarelkalar elaksimon va
qalpoqchali tarelkalarning yaxshi xossalarini
o‘zida mujassam qilgan (26- rasm).
Klapanlar (1) dumaloq plastina shaklida,
diametri esa 40¼50 mm bo‘ladi. Kronshteyn-
cheklagich (2) dagi teshik diametri esa 30¼40
mm va ular orasidagi masofa esa 70¼150 mm
ga teng. Klapanlarning ko‘tarilish balandligi
6¼8 mm. Klapanlardan o‘tadigan gaz
oqimining tezligiga qarab klapan vertikal tepaga siljiydi.
26- rasm. Klapanli tarelka:
1 – klapan; 2 – kronshteyn-cheklagich; 3 – tarelka.
Gaz yoki bug‘ bo‘yicha yuklama keng ko‘lamda o‘zgarganda
ham, klapanli tarelkalar bir me’yorda barqaror ishlaydi. Lekin
ularning gidravlik qarshiligi nisbatan yuqori bo‘ladi.
Oqimli (yoki plastinali) tarelkalar. Bu turdagi tarelkalar qiya,
parallel plastinalar ko‘rinishida tayyorlanadi (27- rasm).
Qalpoqchali, klapanli va oqimli tarelkalarda fazalarning
yo‘nalishi o‘zaro kesishgan bo‘ladi. Gaz yoki bug‘ tarelkadagi
teshiklardan o‘tadi, suyuqlik esa gorizontal harakatlanib,
tarelkadan tarelkaga quyilish moslamasi (5) orqali o‘tadi.
25- rasm. Kapsulali
qalpoqcha:
1 – shayba;
2 – gayka; 3 –bolt;
4 – vtulka;
5 – qalpoqcha;



75
Yuqorida qayd etilgan tarelkalar samaradorligi gidrodinamik


rejimlarga bog‘liq. Gaz (yoki bug‘) tezligi va suyuqlik sarfiga qarab
3 xil rejimlar mavjud: pufakchali, ko‘ðikli va oqimchali. Har bir
rejimda barbotajli qatlam o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lib, u
qatlamning gidravlik qarshiligi va massa almashinish yuzasi
kattaligini xarakterlaydi. Bunday tarelkalarning gidravlik qarshiligi
kam, ularni yasash uchun metall kam sarflanadi va tarkibida
iflosliklar bo‘lgan suyuqliklarni ham ishlatish mumkin. Bundan
tashqari bu tarelkali qurilmalarda jarayonni harakatga keltiruvchi
kuch katta bo‘ladi.
Oqimchali tarelkalar kamchiliklari: tarelkaga issiqlik berish
va ajralib chiqqan issiqlikni ajratib olish murakkab; suyuqlik
sarfi nisbatan kam bo‘lgani uchun uning samaradorligi
pastroq.

Yüklə 249,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin