O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi



Yüklə 249,06 Kb.
səhifə45/64
tarix07.01.2024
ölçüsü249,06 Kb.
#201854
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   64
Neft va gaz1-hozir.org

Purkovchi absorberlar. Bunday qurilmalarda fazalarning
to‘qnashishi suyuq fazani gaz oqimiga purkab berish usuli
yordamida amalga oshiriladi.
27-rasm. Oqimli tarelkalar:
1 – gidravlik tamba; 2 – quyiluvchi to‘siq; 3 – tarelka;
4 – plastina; 5 – quyilish moslamasi.



76
7.2. Adsorbsiya


7.2.1. Umumiy tushunchalar
Gaz aralashmalari gaz yoki bug‘larni yoki eritmalarda erigan
moddalarni qattiq, g‘ovaksimon jism yordamida yutish jarayoni
adsorbsiya deb nomlanadi. Yutilayotgan modda adsorbtiv, yutuvchi
modda esa adsorbent deb ataladi.
Adsorbsiya jarayonining o‘ziga xosligi shundaki, u selektiv va
qaytar jarayondir. Jarayonning qaytar bo‘shligi tufayli adsorbent
yordamida bug‘-gaz aralashmalaridan bir yoki bir necha
komponentlarni yutish, so‘ng esa maxsus sharoitda ularni
adsorbentdan ajratib olish mumkin.
Adsorbsiyaga teskari jarayon desorbsiya deb nomlanadi.
Adsorbsiya jarayoni xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng
tarqalgan bo‘lib, gazlarni tozalash va qisman quritish, eritmalarni
tozalash hamda tindirish, bug‘-gaz aralashmalarini ajratish uchun
ishlatiladi.
Kimyo sanoatida adsorbsiya quyidagi hollarda: gazlar va
eritmalarni tozalash hamda quritishda, eritmalardan qimmatbaho
moddalarni ajratib olishda, neft va neft mahsulotlarini tozalashda,
neftni qayta ishlashda hosil bo‘ladigan gaz aralashmalaridan aromatik
uglevodorodlarni (etilen, vodorod, benzin fraksiyalaridan aromatik
uglevodorodlarni) ajratib olishda ishlatiladi.
Adsorbsiya jarayoni 2 xil bo‘ladi, ya’ni fizik va kimyoviy
adsorbsiya. Agar adsorbent va adsorbtiv molekulalarining o‘zaro
tortishishi Van-der-Vaals kuchlari ta’siri ostida sodir bo‘lsa,
bunday jarayon fizik adsorbsiya deb nomlanadi.
Fizik adsorbsiya jarayonida adsorbent va adsorbtivlar o‘rtasida
kimyoviy o‘zaro ta’siri bo‘lmaydi.
Adsorbsiya jarayonida bug‘larning yutilishi paytida ular
kondensatsiyalanadi, ya’ni adsorbent kovaklari suyuqlik bilan
to‘lib qoladi. Boshqacha aytganda, adsorbentda kaðillyar
kondensatsiya ro‘y beradi.
Kimyoviy adsorbsiya yoki xemosorbsiya adsorbent va yutilgan
modda molekulalari orasida kimyoviy bog‘lar hosil bo‘lishi bilan
xarakterlanadi. Bu, albatta, kimyoviy reaksiyaning natijasidir.
Bundan tashqari xemosorbsiya jarayonida kimyoviy reaksiya tufayli
katta miqdorda issiqlik ajralib chiqadi.



77
Adsorbsiya jarayonining selektivligi adsorbent yutilayotgan


komponentning konsentratsiyasiga, haroratga, tabiatiga va gazlar
yutilayotganda bosimga bog‘liqdir.
Bundan tashqari jarayon tezligi adsorbentlarning solishtirma
yuza kattaligiga ham bog‘liq.

Yüklə 249,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin