O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi


Adsorbentlar turlari va xususiyatlari



Yüklə 249,06 Kb.
səhifə46/64
tarix07.01.2024
ölçüsü249,06 Kb.
#201854
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   64
Neft va gaz1-hozir.org

7.2.2. Adsorbentlar turlari va xususiyatlari
Ma’lumki, xalq xo‘jaligining turli sohalarida qo‘llaniladigan
adsorbentlar iloji boricha katta solishtirma yuzaga ega bo‘lishi kerak.
Kimyo, neft va gazni qayta ishlash hamda boshqa sanoatlarda
faollangan ko‘mir, silikagel, seolit, sellyuloza, ionitlar, mineral
tuproq (bentonit, diatomit, kaolin) va boshqa materiallar
adsorbent sifatida ishlatiladi. Albatta, adsorbentlar mahsulot bilan
bevosita ta’sirda bo‘lgani uchun zararsiz, mustahkam, zaharsiz va
mahsulotni iflos qilmasligi kerak.
Adsorbentlar moddaning massa birligiga nisbatan juda katta
solishtirma yuzali bo‘ladi. Uning kaðillyar kanallari o‘lchamiga
qarab 3 guruhga bo‘linadi, ya’ni makrog‘ovakli (> 2·10
-4
mm),
oraliq g‘ovakli (6·10
-6
¼2·10
-4
mm) va mikrog‘ovakli (2·10
-6
¼6·10
-6
mm) bo‘ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, adsorbsiya jarayonining
xarakteri ko‘p jihatdan g‘ovaklar o‘lchamiga bog‘liq.
Adsorbent yuzasida yutilayotgan komponent molekulalarining
miqdoriga qarab bir molekulali (monomolekulali adsorbsiya) va
ko‘p molekulali qatlam (polimolekulali adsorbsiya) hosil qilishi
mumkin.
Adsorbentlarning yana bir muhim xususiyati shundaki, bu
uning yutish qobiliyati yoki faolligidir. Adsorbent faolligi uning
birlik massasi yoki hajmida komponent yutish miqdori bilan
belgilanadi. Yutish qobiliyati 2 xil, ya’ni statik va dinamik bo‘ladi.
Adsorbentning statik yutish qobiliyati massa yoki hajm birligida
maksimal miqdorda modda yutishi bilan belgilanadi.
Dinamik yutish qobiliyati esa adsorbent orqali adsorbtiv
o‘tkazish yo‘li bilan aniqlanadi.
Adsorbentlarning komponent yutish qobiliyati harorat, bosim
va yutilayotgan modda konsentratsiyasiga bog‘liq. Ushbu sharoitlarda
adsorbentning maksimal yutish qobiliyati muvozanat faolligi deb
nomlanadi.



78
Adsorbentlar zichligi, ekvivalent diametri, mustahkamligi,


granulometrik tarkibi, solishtirma yuza kabi xossalari bilan
xarakterlanadi. Sanoatda ko‘ðincha granula (2¼7 mm)
ko‘rinishidagi yoki o‘lchamlari 50¼200 mkm bo‘lgan kukunsimon
adsorbentlardan foydalaniladi.

Yüklə 249,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin