O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti (sirtqi)


Loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashning sensor asoslari



Yüklə 224,75 Kb.
səhifə4/6
tarix20.06.2023
ölçüsü224,75 Kb.
#133284
1   2   3   4   5   6
loy va plastilindan o’yinchoqlar MAHLIYO 62 MTT

Loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashning sensor asoslari. Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash o‘z xarakteriga ko‘ra bir tomondan, rivojlangan sezgi va idrokni talab qilsa, ikkinchi tomondan uning o‘zi
sezgi va idrokni rivojlantiradi. Real olamdagi predmetlarni bilishda ko‘rish yetakchi hisoblanadi. Lekin bolalarda obrazlar shakllanishining dastlabki bosqichlarida sezish ko‘rish uchun tayanch bo‘ladi. I.M.Sechenov ta’kidlaganidek, qo‘llar predmetning shaklini ko‘zga nisbatan boshqacharoq va
to‘liqroq aniqlaydi, chunki biz qo‘llarimiz kaftini predmetning doimo ko‘zdan ozroq yoki ko‘proq yashirin yon sirtlariga va mutlaqo ko‘z ilg‘amas orqa tomoni sirtiga qo‘yishimiz mumkin. Loy yoki plastilin o‘yinchoq yasayotgan bola jismlarning moddiy xossalarini — ularning shakli, qattiqligi kabilarini ifodalashi kerak. Lekin u bu ishni o‘z tajribasida sezish alomatlari bo‘lsagina bajara oladi. Chunki predmetning ana shu sifatlarini ko‘rib aks ettirish sezib aks ettirishdan farqli ravishda bilvosita amalga oshadi. Kishida buyumlarning mexanik sifatlari haqidagi mufassal ko‘ruv tasavvuri predmetni ko‘rish va qo‘l bilan paypaslash ko‘p marta takrorlanishi natijasida vujudga keladi. Bog‘cha yoshidagi bolalar predmetni tasavvur qilishlari uchun uning ayrim umumiy belgilari kifoyadir. Predmet bilan uni ushlab tanishishda ko‘pincha
predmetning bola ushlab yoki uning qo‘li tegib turgan qismlari bilan cheklaniladi. Bunday passiv sezish bolaga predmetning ba’zi xossalari haqidagina ma’lumotlar beradi va ular yaxlit obrazga birikmaydi. Lekin bu predmetni tasvirlash uchun kamlik qiladi: bola predmetni uning xossalari va sifatlari bilan birgalikda tasavvur etishi kerak. Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash jarayoni predmetning hajmi xossalarini nozik analiz va sintez qilishni taqozo etadi. Bola buni mustaqil ravishda egallay olmaydi. Bu ishda kattalar unga yordam berishlari kerak. Ular bolaga predmetni faol ko‘zdan kechirishning umumlashtirilgan tizimini o‘rgatadilar. Loy yoki plastilindan o‘yinchoq yasashga kirishishdan oldin predmetni faol ko‘zdan kechirish — bolalarning hissiy tajribasini tashkil etishning pedagogic usulidir. Bu tizimni shartli ravishda to‘rt bosqichga bo‘lish mumkin.





Yüklə 224,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin