O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


III. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining saylovoldi dasturlari



Yüklə 145 Kb.
səhifə7/15
tarix08.05.2023
ölçüsü145 Kb.
#109467
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Mikrokreditbank XASAN MIKROKRIDET

III. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining saylovoldi dasturlari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining saylovoldi dasturlarida bank tomonidan jami 7 ta viloyatda (Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari) umumiy qiymati 55,9 mlrd. so‘mlik (shundan o‘z mablag‘i – 37.9 mlrd.so‘m va bank krediti – 18,0 mlrd. so‘mlik) bo‘lgan 15 ta loyihani amalga oshirish belgilab olindi. Dasturdagi 10 ta loyiha bo‘yicha kredit liniyalari ochildi va 6,0 mlrd. so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi. Shundan 8 ta loyiha ishga tushirildi. Qolgan loyihalar ham belgilangan muddatlarda to‘liq moliyalashtirilib, 2-chorakda 2 ta loyiha va 3-chorakda 3 ta loyiha to‘liq ishga tushuriladi. Ushbu loyihalar quyidagi tarmoqlarga to‘g‘ri keladi:

  1. Farmatsevtika sanoatida 2,1 mlrd. so‘m;

  2. Qishloq xo‘jaligi maxsulotlari yetishtirish va oziq-ovqat sanoati sohasida 45,1 mlrd. so‘m;

  3. Qurilish maxsulotlari ishlab chiqarish sohasida 1,6 mlrd. so‘m;

  4. Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida 1,1 mlrd. so‘m;

  5. Sanoat sohasida 6,1 mlrd. so‘m (Sirdaryo viloyati Yangiyer shahri sanoat zonasida 10 ta yangi korxonaga kredit mablag‘lari ajratiladi).

IV. Aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish.
Muhtaram Prizidentimizning topshirig‘iga muvofiq, aholiga mikrokreditlar ajratish orqali bankimizning 85 ta filiali tomonidan 428 ta aholi punktlarida istiqomat qilayotgan 706 ming 700 ta xonadon egalarini tadbirkorlikka jalb kilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Birinchidan, barcha hududlardan 230 dan ortiq bank mutaxassislarini dekabr oyida Toshkentga chaqirilib, Vazirlar Mahkamasi va Markaziy bank boshchiligida ikki kunlik o‘qish va seminar tashkil qilindi va aholiga mikrokreditlar berishni samarali tashkil qilish yuzasidan to‘liq ko‘rsatmalar berildi, hamda bank tomonidan “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha tartib ishlab chiqildi. Ushbu tartibda yuridik shaxs maqomini olmasdan turib amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatiga ajratiladigan mikrokreditlar hamda shaxsiy tomorqa xo‘jaligidan samarali foydalanishni tashkil etish uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishga, ixcham issiqxonalar tashkil etish, chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, baliqchilik, urug‘lik, mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni kimyoviy ximoya qilish, mevali daraxt ko‘chatlari, xizmat ko‘rsatish hamda tomorqaga ishlov berish, dukkakli ekinlarni qayta ishlash, sutni qayta ishlash uchun minitexnologik uskunalar sotib olish, uy sharoitida, shu jumladan, ko‘p qavatli uylarda amalga oshirish imkoni mavjud bo‘lgan faoliyat turlari uchun, shuningdek, aholining tikuvchilik, hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish maqsadlariga mikrokreditlar berilishi belgilib qo‘yildi.

Yüklə 145 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin