O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 145 Kb.
səhifə9/15
tarix08.05.2023
ölçüsü145 Kb.
#109467
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Mikrokreditbank XASAN MIKROKRIDET

To‘rtinchidan, agar xonadonlar qoramol, parranda, qo‘y quyon yoki ko‘chat olmoqchi bo‘lsa, ularga bank tomonidan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan agrofirma yoki fermerlardan olish tavsiya qilinmoqda. Bugungi kunda respublika bo‘yicha jami 23 ta quyonchilik agrofirmasi, 82 ta chorvachilik va 64 ta parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklar bilan xamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Masalan, Jondor tumanida parranda tarqatish uchun “Jondor chinor chorva” parrandachilik fermasi bilan, Sirdaryo tumanida chorva mollari yetkazish uchun “Binokor chorva mollari” MChJ bilan, Qo‘qon xududida mevali daraxt ko‘chatlari yetkazib berish bo‘yicha “Qodirxon Raximov bog‘i” fermer xo‘jaligi bilan, Uchko‘prik tumanida aholiga parranda tarqatish uchun “Ortoped EII” fermer xo‘jaligi bilan xamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Beshinchidan, bankimiz xodimlari mahalla qo‘mitasining o‘zida yoki xonadonda kredit hujjatlarini rasmiylashtirishda yordam bermoqdalar. Har bir mahalla qo‘mitasida bank xodimlaridan iborat maxsus shtab tashkil qilingan.
Oltinchidan, kredit ajratish sur’atini va ish samaradorligini yanada oshirish hamda kreditlash jarayonlarini soddalashtirish maqsadida:
- Aholini tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha kreditlar ajratish vakolati hududiy filiallarga berildi;
- Eng kam oylik ish xaqining 50 barobarigacha (7,4 mln. so‘m) miqdorda ajratiladigan kreditlar jismoniy shaxs kafilligi yoki mahalla qo‘mitasining kafilligi asosida ajratilmoqda.
Yettinchidan, bank Boshqaruvi tomonidan baholash, amalga oshirilgan ishlarni o‘rganib chiqqan holda, reyting tizimini joriy qilish, mas’ul xodimlarni rag‘batlantirish hamda vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondoshgan xodimlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy jazo choralari ko‘rish tizimi ishlab chiqildi. Bevosita aholi xonadonlarida yurib, mikrokredit ajratish bilan shug‘ullanayotgan kredit xodimlarga 30 foizgacha qo‘shimcha ustama belgilandi. Shuningdek, belgilangan topshiriqlarni bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan 39 ta xodimga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘rildi va vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondoshgan 1 ta filial boshqaruvchisi lavozimidan ozod etildi.
Sakkizinchidan, ommaviy axborot vositalarida aholini tadbirkorlikka jalb qilish yuzasidan targ‘ibot va tashviqot ishlarini kuchaytirish maqsadida “Navruz”, “Oriyat dono” radiolarida reklamalar berilib, gazeta, internet saytlarida kunlik yoritilmoqda va televideniyeda videorolik berilmoqda. Respublikaning barcha hududlarida seminarlar tashkil etilib, keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Yurtboshimiz tomonidan belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 140 mingta xonadonlar tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun 570 mlrd. so‘mdan ortiq imtiyozli kredit ajratishni mo‘ljalladik.
Prezidentimiz Qarorlariga muvofiq ushbu maqsadlar uchun Mikrokredit bankning ustav kapitali 100 mlrd. so‘mga oshiriladi. Qolgan resurslarni depozitlar miqdorini ko‘paytirish hamda avval berilgan kreditlarni qaytarish hisobiga ta’minlaymiz. Bu yo‘nalishda “Maqsadimiz har bir oila tadbirkor bo‘lsin” shiori bilan harakat qilishdan iborat. Mikrokredit bank tomonidan Hukumat topshiriqlarini ijro etilishi qatiy nazoratga olindi.

Yüklə 145 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin