O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə65/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

O'rgatish. Agar murabbiy talabalardan chap tomonda tursa, sonlar qo'shpoya dastaklaridan yuqori ko'tarilgan paytda, u o'ng qo'l bilan talabaning qornidan ko'tarib yordamlashishi, talaba yelkasi bilan yiqilmasligi uchun chap qo'lini beliga qo'yib, qo'sh­poya dastagi ustidan ushlashi zarur.
Burchak hosil qilib, tayanish holatidan yelkalarda tik turish. Bu mashqni bajarish oldingi mashqni bajarishga nisbatan ko'proq jismoniy kuch talab qiladi. Barcha qolgan statik hollarda mashqlarni bajarish bunga o'xshashdir.
O'rgatish. Mashqlarni o'rgatishda ehtiyot bilan yordamlashish oldingi mashqlarni o'rgatishdek bo'ladi.
Yelkada tik turish holatidan oldinga umbaloq oshib, oyoqlarni kerib o'tirish. Boshni oldinga engashtirib, oyoqlarni imkon boricha tezroq ko'rishga harakat qilib, tos-son bo'g'inidan bukish kerak. Bukilib yelkalarda tik turish holatiga kelib, shu holatda muvozanat saqlanadi, qo'llarni tez oldinga almashtirib ushlab, bukilib tayanish holati saqlanadi. Imkoni boricha, oyoqlarni kengroq kerib, oldinga dumalab oyoqlarni kerib o'tiriladi.
O'rgatish. Murabbiy talabaning yon tomonida turib, bir qo'li bilan tos ostidan, ikkinchi qo'li bilan bo'yin ostidan (qo'shpoya



tenglashtirish kerak. Tos-son bo'g'inidan tez to'g'rilab, tosni yuqo- riga yo'naltirish lozim. So'ngra shu holatda tez bukilish kerak. Bu so'nggi harakat tananing o'rta qismlari (son, tos, bel) olgan tez- lanishini tovonlar va yelkalarga qayta taqsimlashga va tosning biroz pastga tushishi hisobiga sportchining tayanish holatiga o'tishiga imkon beradi.
O'rgatish
. Mashq yaxlit usulda o'rgatiladi:

                  1. talabaga uning oldida turib, boldir-tovon bo'g'inlaridan qo'shpoya tengligida ushlab turgan talaba yordamida tos-son bo'g'inidan to'g'rilanish va keyinchalik yana bukilishni bajarib ko'rishni taklif qilamiz;

                  2. talabaning tos va yelkasidan ushlab turgan murabbiy yordamida oldinga siltanib ko'targan holda oyoqlarni kerib o'tirishi;

d) o'qituvchi yordamida «to'lig'icha» ko'tarilish. O'qituvchi o'ng yoki chap tomonda turadi va talabani tosi hamda yelkalaridan (shunga muvofiq o'ng va chap qo'li bilan) ushlab turadi.
Orqaga tebranganda ko'tarilish (163-rasm). Qo'llarda bukilib tayanish holatidan tos-son bo'g'inidan to'g'rilanib, tovonlarni oldinga-yuqoriga yo'naltirish kerak. Rostlanish bilan birga qo'llarni tirsak bo'g'inida bukkancha yelkalarni qo'l ushlagan joyga yaqinlashtirish lozim. Tananing tos-son bo'g'inidan biroz bukkan holatini saqlab turib, oldinga faol tebranishni boshlash kerak. Tik holatda to'g'rilanib, undan o'tgach, kerishish zarur. Oyoq uchlari qo'shpoyadan balandroq ko'tarilgandan keyin qo'llarni to'g'rilashni boshlash kerak. Bu to'g'rilanish harakatining tezligi tovonlar



Bu hoi yakkacho'pda mashqlar bajarishga nisbatan kaft va barmoqlarning qisqartiruvchi mushaklariga yuklama kuchini bir necha bor oshiradigan kuchli siltanish sifatida seziladi. Shuning uchun halqada tebranganda tik holatdan uzilib ketish ehtimoli yakkacho'pga nisbatan bir qancha ko'proq bo'ladi.
Kuch talab qiladigan mashqlar bu jihozda yana ham katta jismoniy kuchni talab qiladi, chunki UOM (umumiy og'irlik markazi)ning vertikaldan biroz siljishi ham gimnast harakatiga noaniqlik kiritadi.
Halqada tebranish mashqlari kamroq kuch ishlatish harakat- larini aniqroq bajarishni talab qiladi. Bu mashqlarda og'irlik markazi, ayniqsa, tebranishlarning oxirgi nuqtalarida vertikaldan ko'proq siljiydi. Gimnast mashq bajarish davomida hech qachon oxirgi holatdan tashqari, muvozanat holatida bo'lmaydi. Shuning uchun uning noaniq harakatlari mashqni umuman bajara olmaslikka olib keladi. Gimnast shunday harakat qilishi kerakki, uning mashqni bajarishga qaratilgan barcha harakatlari mashq oxirida uni muvozanat holatiga olib kelsin. Muvozanat holati barcha vaziyatlarda shunday bo'lishi kerakki, bunda UOM ham, tayanch nuqtasi ham halqalar osilgan nuqtadan tushirilgan bir vertikalda joylashsin.
Halqada bajariladigan asosiy mashqlar
Tebranish.
Halqada mashqlar bajarishni o'rgatish tebranishdan boshlanadi, chunki to'g'ri tebnyia olish halqada bajariladigan ko'pchilik mashqlarning muhim texnik qismidir. Tebranish bilan bir vaqtda bukilib osilish, kerishib osilish kabi holatlar ham o'rgatiladi. Bir darsning o'zida past halqada tayanish holatida mashq qilishga ham ozroq vaqt ajratish lozim. Talabalarga quyidagi mashqlarni bajarishni tavsiya qilish mumkin:

                    1. Sakrab chiqib, tayanib oyoqlarni oldinga va orqaga siltash.

                    2. Sakrab chiqib tayanib, burchak hosil qilish (talabalarning halqada burchak hosil qilishdan oldin boshqa jihozlarda bajar- ganliklari nazarda tutiladi).

                    3. Tayanish holatida tebranib, oldinga siltanib, orqaga tashlanib, bukilib osilish.

                    4. Burchak hosil qilib tayanish holatidan oldinga bukilib osilish holatiga tushish.

Osilish holatida tebranib oldinga siltanganda, tananing holati qanday bo'lishi to'g'risida to'g'ri tasawur hosil qildirish uchun



ostidan) ushlash yordamida bukilib, yelkalarga tayanishga ko'mak- lashadi. Qo'llarni almashtirib ushlab bukilib tayanish, oyoqlarni kerib o'tirish holatiga dumalaganda tos va ko'kraklar ostidan ushlab turish mumkin.
Siltanib yelkada tik turish
(164-rasm). Bu mashqni bajarish uchun orqaga yelkalardan balandroq siltana olish kerak. Shu balandlikda tebrangandan so'ng, qo'llarni ohista bukish lozim.

Yelkalar qo'shpoya balandligi tengligiga yetishi bilanoq tirsak- larni yon tomonga yozish zarur. Orqaga tebranganda tovonlar yetarli balandlikka yetmasdanoq qo'llarni erta bukib yuboriladi — bu, ko'pincha, yo'l qo'yiladigan xatodir.
O'rgatish
. Murabbiy talabaning yon tomonida turib, bir qo'li bilan son ostidan (qo'shpoya dastagi ustidan), ikkinchi qo'li bilan talabaning orqasidan ushlaydi.

Halqalar boshqa gimnastika jihozlaridan farqi ular osilgan bo'ladi va tebranib turadi. Halqada tebranish mashqlari bajarilganda gimnastning og'irlik markazi halqalarning osma nuqtasidan o'ta- digan tik yuzalik bo'yicha siljiydi. Bunda tananing har qanday nuqta- lari parabolaga o'xshash egri chiziqlarni hosil qiladi, chunki hara- katchan halqalar tebranishga teskari yo'nalishda old-orqa yuzalikda harakatlanadi.
Og'irlik markazining bunday harakatlanishi halqada mashq bajarishning yana bir xususiyatidan dalolat beradi. Yuqorigi holatdan pastki tik holatga tushish (erkin tushish)da og'irlik markazi pastga harakatlana borib, pastki vertikaldan o'tayotganda, amalda juda tez, harakat yo'nalishini qarama-qarshi yo'nalishga o'zgartiradi.




164-rasm.


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin