O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə73/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

Qo 'shpoyaningyuqoridagi yog'ochiga tayanish holatidan gavdani orqaga tashlab, oyoqlarni kerib siltab o'tib, pastki yog'ochga yotib osilish.Qo'shpoyaning yuqoridagi yog'ochiga tayanish holatidan qo'llarni to'g'ri tutib, tosni qo'shpoya yog'ochiga yaqin tutgancha yelkalar bilan dadil orqaga tusha boshlash kerak. Keyin tos-son bo'g'inidan bukilib, oyoqlarni kerib pastki yog'och ustidan oshirib o'tiladi, to'g'rilanib oyoqlar juftlashtirilgancha qo'shpoyaning pastki yog'ochiga qo'yiladi. Yotib osilish holatida kerilib, bosh orqaga engashtiriladi.
Qo'shpoyaning pastki yog'ochida o'ng (chap) oyoqni oldinda tutib, oyoqlarni kerib tayanish holatidan chap (o'ng) oyoqni siltab o'tib 900va 270°ga burilib, sakrab tushish. O'ng oyoqni oldinda tutib oyoqlarni kerib tayanish holatida o'ng qo'l pastdan almashtirib ushlanadi. Chap oyoqni dadilroq harakatlantirib, oyoqlar bilan chap tomonga siltanib, chap qo'l bilan itarib yuborish va gavda og'irligini o'ng qo'lga o'tkazguncha chap oyoqni qo'shpoya yog'ochi ustidan siltab o'tib, o'ng tomonga burilish kerak. Oyoqlarni birlashtirib kerilish va chap qo'lni yuqoriga-tashqariga uzatib, jihozga o'ng tomonlama ohista sakrab tushish lozim. Shu sakrab tushish 270°ga aylanib bajarilganda chap qo'l bilan itarib yubor- gandan keyin, shu qo'l bilan o'ng qo'lning o'ng tomonidan teskari ushlab olib va o'ng qo'l bilan itarib yuborgan holda yana o'ng tomonga 180°ga burilish zarur. Bunda jihozga nisbatan chap tomon bilan sakrab tushiladi.
Qo'shpoyaning pastki yog'ochiga burchak hosil qilib tayanib o'tirish holatidan orqaga siltanganda kerilgan holda orqaga burilib, sakrab tushish. Qo'shpoyaning pastki yog'ochiga burchak hosil qilib, unga ko'ndalangiga tayanib o'tirish holatidan yuqoridagi yog'ochdan chap qo'l bilan ushlagancha oyoqlar keriladi. Oldinga engashib, o'ng qo'l bilan old tomondan, oyoqlar orasidan, pastki yog'och­dan teskari ushlanadi. Orqaga siltanib, chap oyoq pastki yog'och ustidan siltanib o'tiladi va chap qo'l yuqoridagi yog'ochdan itarib, qo'yib yuboriladi. Chap tomondan orqaga burilib, oyoqlarni bir-

lashtirib va chap qo'lni yon tomonga uzatib kerilish kerak. Qo'shpoyaning o'ng tomonidan sakrab tushiladi.
Qo 'shpoyaningpastki yog'ochiga sonda о'tirgan holatdan orqaga burchak hosil qilib sakrab tushish.
O'ng sonda o'tirish holatidan oyoqlarni oldinga siltab burchak hosil qilib o'tiriladi, ayni vaqtda chap qo'l bilan qo'shpoyaning pastki yog'ochidan talabani son ostidan teskari ushlanadi. O'ng tomondan orqaga burila borib, chap qo'l bilan gavdani dadil burib, pastki yog'och ustidan siltab o'tiladi. Chap qo'lga tayangan holda o'ng qo'l bilan yuqoridagi yog'ochni itarib yuborib batamom to'g'rilanish va kerilish kerak bo'ladi. Shundan so'ng qo'shpoyaga nisbatan chap tomon bilan yarim- cho'qqayib, ohista sakrab tushish lozim. Sakrab tushish orqaga burilib ijro etilganda, oyoqlarni siltab o'tkazish vaqtida o'ng qo'lni pastki yog'och ustidan almashtirib ushlab va chap qo'l bilan itarib, chap tomondan orqaga burilish zarur.
Muhofaza qilish va yordam ko'rsatish. O'qituvchi talabaning chap tomonida turib chap qo'li bilan uni tosi ostidan, o'ng qo'li bilan o'ng yelkadan va burilish davomida har ikki qo'li bilan gavda (beli)dan ushlab ko'maklashadi.
11.2.6. Gimnastika xodasida bajariladigan mashqlar
Xodada bajariladigan mashqlar talabaning muvozanat faoliya- tiga samarali va har tomonlama ta'sir ko'rsatadigan muvozanat saqlash mashq turlaridan biridir. Ular mazmun va shakl jihatidan turli-tuman bo'lib, mashq bajarilishining murakkabligi va qiyinligi jihatidan ham har xildir. Bu esa ularni faqat gimnastlar tayyor- lashda emas, balki o'rta maktablardagi asosiy gimnastika darslarida, o'rta va oliy o'quv yurtlarida hamda yoshlar jismoniy tarbiyasi tizi- mining ko'pgina boshqa tarmoqlarida ham qo'llash imkonini yara- tadi.
Xodada o'tiladigan mashg'ulotlar talabalarning jismoniy rivoj- lanishiga va jismoniy sifatlarini takomillashtirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, qomatning shakllanishiga ko'maklashadi, fazoda mo'ljal olish hissini yaxshilaydi, qat'iylik va dadillikni tarbiyalaydi.
Xodada bajariladigan mashqlarning barcha elementlarini kine- matik shakliga qarab, to'rt katta guruhga ajratish mumkin: muvozanat saqlashlar va turli xil tik turishlar, bir va ikki oyoqda (yoki qo'llarda) burilishlar, har xil usullar bilan yurishlar va akrobatika mashqlari. Xodada bajariladigan asosiy mashqlar.



Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin