O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə70/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

Qo'shpoyaning yuqoridagi yog'ochida osilish holatidan oyoqlarni bukib siltab o'tib, pastki qo'shpoyaning yog'ochida yotib osilish. Bukilib-yozilib tebranishdan keyin oldinga siltanib oyoqlarni tos- son va tizza bo'g'inlaridan izchil bukib, oyoqlar ko'krakka yaqinroq tortiladi, oyoq uchlari pastki qo'shpoya yog'ochi ustidan yuqoriga, keyin oldinga o'tkaziladi va oyoqlarni to'g'rilab, sonning tagi bilan pastki yog'och ustiga qo'yiladi. Bunda qo'llar to'g'ri tutilishi kerak. Yotib osilishning oxirgi holatidan tana to'g'rilangan va biroz kerilgan, bosh ohista orqaga engashtirilgan bo'lishi lozim.
Qo'shpoyaning yuqoridagi yog'ochida osilish holatidan oyoqlarni kerib siltab o'tib, pastki qo'shpoyaning yog'ochiga yotib osilish. Bukilib-yozilib tebranganda orqaga siltanib yelkalarni oldinga faol yo'naltiriladi va tos-son bo'g'inidan rostlanadi, so'ngra oyoqlarni siltab, pastga va imkoni boricha orqaga yo'naltiriladi. Oldinga siltanib, tos-son bo'g'inidan va beldan tez bukilib, oyoqlarni kengroq yozilgan holda pastki yog'och ustidan siltab o'tiladi, oyoqlar bir- lashtiriladi va butun gavda bilan kerilib, qo'shpoyaning pastki yog'ochiga yotib osilish holatiga o'tiladi.
О 'rgatish:

        1. gimnastika devori oldida tik turib osilish holatidan cho'qqayib osilish, gimnastika devorida oyoqlarni kerib tik turgancha bukilib osilish;

        2. qo'shpoyaning yuqoridagi yog'ochiga osilish holatidan cho'qqayib osilish va pastki qo'shpoyaning yog'ochida oyoqlarni kerib tik turgancha bukilib osilish;

          1. yuqoridagi yog'ochga osilish holatidan oyoqlarni bukib siltab o'tib, qo'shpoyaning pastki yog'ochida yotib osilish;

          2. qo'shpoyaning yuqoridagi yog'ochiga osilish holatidan oyoqlarni kerib siltab o'tib, pastki yog'ochda yotib osilish.

Muhofaza qilish va yordam ко'rsatish. O'qituvchi talabaning o'ng tomonida — orqada turadi. Orqaga tebranganda chap qo'li bilan talabaning o'ng qo'lining yelkaga yaqinroq joyidan ushlaydi, o'ng qo'li bilan esa sonlarining old tomonidan itarib yordamlashadi. Siltab o'tishda o'qituvchi ikki qo'li bilan sonlardan ushlab ko'mak- lashadi.
Qo 'shpoyaning pastki yog'ochiga chalqancha yotib osilish holatidan о'ngga burilib, birsonda о'tirib qolish. Qo'shpoyaning pastki yog'ochga chalqancha yotib osilish holatidan o'ng qo'lni chap qo'l ustidan oshirib teskari ushlash lozim. O'ng tomonga burila borib va o'ng qo'l bilan aylanma harakat qilib qo'shpoyaning yog'ochiga bosiladi,

Muhofaza qilish va yordam ko'rsatish. O'qituvchi talabaning chap tomonida turib, o'ng qo'li bilan, uni belidan ushlab turadi, chap qo'li bilan talabaning oyog'ini «o'tkazadi». Burilish davomida o'qituvchi orqaga-o'ngga siljib, chap qo'li bilan talabani belidan, o'ng qo'li bilan esa o'ng oyog'idan ushlaydi.
Qo'shpoyaning yuqoridagi yog'ochidan ushlab o'tirib osilish holatidan yuqoridagi yog'ochga osilish va oldinga siltanib sakrab tushish. Talaba yuzini qo'shpoyaning yuqoridagi yog'ochiga qaratgan holda qo'shpoyaning yuqoridagi yog'ochidan ushlab, pastki yog'ochga o'tirib osilish holatidan to'g'ri qo'llar bilan qo'shpoya­ning yuqoridagi yog'ochini o'zidan yuqoriga itargancha, pastga- orqaga pastki yog'och ostiga shitob bilan yo'naltiriladi. Osilish holatiga o'tishda oldinga siltanishdan awal oyoqlarni oldinga yo'nal- tirib, tos-son bo'g'inini tez bukish zarur. Tik holatda tos-son bo'g'inidan tezlik bilan to'g'rilanish kerak. Tik holatidan o'tgandan keyin tos-son bo'g'inidan ketma-ket bukilib va yozilib, siltanish harakati bilan oyoqlarni oldinga-yuqoriga yo'naltirish va qo'llar bilan qo'shpoya yog'ochidan tez itarib yuborib, kerilish zarur.
О 'rgatish:

            1. qo'shpoyaning yuqoridagi yog'ochida kerilib osilish holatidan oldinga siltanib sakrab tushish;

            2. bukilib-yozilib tebranish — oldinga siltanib sakrab tushish;

              1. osilish holatida tebranish — oldinga siltanib sakrab tushish;

              2. qo'shpoyaning pastki yog'ochida o'tirib yuqoridagi yog'ochdan ushlab osilish holatidan qo'shpoyaning yuqoridagi yog'ochida osilish va oldinga siltanib sakrab tushish.


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin