O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta


Dastakli otda bajariladigan mashqlar



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə67/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

11.2.4. Dastakli otda bajariladigan mashqlar
Dastakli ot (siltanish va aylantirishlar uchun) haqqoniy ravish- da erkaklar gimnastika ko'pkurashining eng murakkab turlaridan biri hisoblanadi. Dastakli otda bajariladigan mashqlarning xususiyati quyidagilardan iborat:

        1. dastakli otda bajariladigan barcha mashqlar tayanib baja­riladi, bu esa yelka bo'g'ini va tananing yuqori qismlaridan katta kuch sarflashni talab qiladi;

        2. dastakli otda bajariladigan mashqlar bir qo'lda tayanish va ikki qo'lda tayanish fazalarining ketma-ket almashinishi bilan bog'liq, bunday takrorlanish muvozanat saqlash shartini qiyinlash- tiradi, chunki tananing doimo harakatlanib turadigan UOMni goh katta, goh nisbatan kichik tayanish maydoni ustida ushlab turish zarurati tug'iladi. Bu gimnastika asosiy kursida qo'llaniladigan oddiy mashqlarni bajarishda harakatlarni yaxshi muvofiqlashtirishni talab qiladi;

        3. dastakli otda siltanishlarda asosiy harakatlar (asosiy kursda o'rganiladigan) frontal yuzalikda sodir bo'ladi.



Dastakli otda quyidagi ushlash usullaridan foydalaniladi
(qo'shpoyada tayanishda ushlash usullariga o'xshash):


          1. oddiy ushlash;

          2. bir qo'l bilan teskari ushlash («Qo'shpoyada tayanib ushlash
            usullari»ga qarang).


Asosiy mashqlar

Tayanish holatidan bir tomonlama ichkariga va orqaga siltanib
o'tish (o'ng oyoq bilan o'ng tomonga)
(167-rasm). O'ng tomonga
siltanishda ikkala oyoq oxirgi holatga yetishi bilanoq, o'ng oyoq yon




V П

167-rasm.
tomonga yuqoriga (o'ng yelka balandlikkacha) yo'naltiriladi. Bunda butun gavdani chap tomonga ko'chirish kerak, toki o'ng qo'lni dastadan qo'yib yuborish mumkin bo'lsin. Qo'lni qo'yib yuborib, o'ng oyoq oldinga dastakli ot ustidan siltanib o'tiladi va iloji boricha tezroq o'ng qo'lni o'ng sondan oshirib o'tib, yana qaytib o'ng dastadan ushlash kerak. Ikki qo'l bilan tayanish fazasida oyoqlar bilan chap tomonga siltaniladi, asosiy diqqat chap oyoq bilan siltanishga qaratiladi (uni chap tomonga chap yelka balandligigacha ko'tarish lozim). Chap oyoqni tushirayotib, u bilan o'ng tomonga dastakli ot balandligida siltaniladi va o'ng qo'lni qo'yib yuborib, o'ng oyoqni dastakli ot ustidan siltab o'tib, dastadan qayta ushlanadi. Shu holatdan chap tomonga siltanish boshlanadi va shunga o'xshagan holda chap oyoq bilan oldinga siltanib o'tiladi.
O'rgatish.
Yaxlit o'rgatish usuli vositasida olib boriladi. Oldinga siltanib o'tishda o'qituvchiga talabani o'ng soni ostidan, ikki qo'l bilan tayanib chap tomonga siltanishda esa chap son ostidan ko'tarish tavsiya qilinadi.
Oyoqlarni kerib tayanishdan teskari yo'nalishda siltanib o'tish (o'ng oyoq bilan chap tomonga siltanib o'tish). Dastakli otni minib, tayanishdan chap tomonga siltaniladi (oldingi mashqqa qaralsin) va chap qp'lni og'irlikdan bo'shatish uchun butun tana o'ng tomonga yo'naltiriladi. Chap dastani qo'yib yuborib, uning ustidan

192

o'ng oyoq oshirib o'tiladi va shu zahotiyoq dastadan ushlab olinadi. Buni iloji boricha tez, toki chap oyoq o'zining oxirgi holati (yelka balandligi)dan pastga tushib ketmasdan oldin bajarilsin.
O'rgatish.
O'qituvchi talabaning orqasida turib, uni o'ng oyog'i bilan orqaga siltanish vaqtida chap oyoqni imkoni boricha chap tomonga balandroq ko'tarishi uchun uni chap soni ostidan ko'taradi. O'rgatishni quyidagi tartibda olib borish tavsiya qilinadi:

            1. o'qituvchi yordamida 1—2 marta chap tomonga siltangandan keyin, o'ng oyoq bilan chap tomonga siltanib o'tib, o'ng oyoq bilan orqaga sakrab tushish;

            2. shu mashqning o'zi faqat tayanish holatida;

              1. «а» mashqni o'qituvchi yordamisiz bajarish;

              2. siltanib o'tib tayanish holatida qolishni mustaqil bajarish.

Tayanish holatidan bir oyoqni bir tomonlama aylantirishlar
(o'ng oyoqni o'ng tomonga aylantirish) (168-rasm). Bu aylantirish ikki siltanib o'tishdan: bir oyoqni oldinda tutib tayanishdan bir



V V5
168-rasm.

tomonlama ichkariga va teskari yo'nalishda siltanib o'tishni birgalikda bajarishdan iborat. Shuning uchun o'ng tomonga aylantirish, o'ng oyoqni ichkariga va shu oyoqni chap tomonga siltab o'tishni (qo'­shimcha siltanmasdan) bajarish. O'rgatish yuqorida qayd etilgandek bo'ladi:

                1. o'qituvchi yordamida tayanib, o'ng oyoqni o'ng tomonga aylantirib sakrab tushish;

                2. «а» mashqining o'zi, faqat tayanish holatida qolish;

                  1. «а» mashqining o'zi, faqat mustaqil bajariladi;

                  2. o'ng oyoqni o'ng tomonga mustaqil aylantirish.

Chapga to'g'ri chalishtirish
(169-rasm). Bu mashq ham chap
va o'ng bilan bir vaqtda bajariladigan ikki siltanib o'tishning birikmasidan iborat: bir oyoqni oldinga tutib tayanishdan chap


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin