O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə72/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

Muhofaza qilish va yordam ко'rsatish. O'qituvchi talabaning chap tomonida — oldinroq turib, chap qo'li bilan talabani oyoq- laridan, o'ng qo'li bilan belidan ushlab yordamlashadi va tayanish holatiga chiqayotganda chap qo'li bilan yelka ostidan, o'ng qo'li bilan esa pastdan, oyoqlaridan ushlab yordamlashadi.
Qo'shpoyaning pastki yog'ochida cho'qqayib osilish holatidan yuqoridagi yog'ochiga ko'tarilib tayanish (171-rasm). O'ng oyoqda cho'qqayib osilish holatidan qo'llarni bukib, chap oyoq orqaga uzatiladi. O'ng oyoq bilan siltanib va chap oyoq bilan depsinib, qo'llarning bukishi davom ettiriladi, oyoqlarni shitob bilan yuqo­ridagi qo'shpoya yog'ochi ustidan yuqoriga-orqaga yo'naltirib birlashtiriladi.

Tos-son bo'g'inidan bukila borib, oyoqlar qo'shpoya yog'ochi
ustiga sonlarning yuqori qismi bilan qo'yiladi. Qolgan barcha
harakatlar qo'shpoyaning pastki yog'ochida to'ntarilib chiqishdek
bajariladi.

Qo'shpoyaning yuqoridagi yog'ochiga tayanish holatidan oldinga
tushiby pastki yog'ochga yotib osilish.
Qo'shpoyaning yuqoridagi
yog'ochida tayanish holatidan boshni oldinga engashtirib, qo'llar




171-rasm.


O'rgatish:



                    1. gimnastika devorida cho'qqayib osilishdan tik turib bukilib osilish;

                    2. gimnastika devorida tik turgancha bukilib osilish holatidan o'qituvchining yordami bilan to'g'ri qo'llarda gavdani devorga tortish (yarimbukish);

  1. qo'shpoyaning pastki yog'ochiga o'qituvchi yordami bilan sakrab tayanish;

  2. qo'shpoyaning pastki yog'ochida cho'qqayib osilish hola­tidan qo'shpoyaning yuqoridagi yog'ochiga ko'tarilib tayanish.

Muhofaza qilish va yordam ко'rsatish. O'qituvchi qo'shpoyaning yuqoridagi yog'ochi ostida talabadan o'ng tomonda turib, chap qo'li bilan uni tosi ostidan, o'ng qo'li bilan son oldidan ushlab ko'maklashadi.
Qo'shpoyaning pastki yog'ochiga to'ntarilib chiqib tayanish. Tik turib bukilgan qo'llarda osilish holatidan bir oyoq orqaga uzatiladi. Keyin shu oyoq bilan siltanib, ikkinchisi bilan depsinib, qo'llarni yoymasdan oyoqlarni qo'shpoyaning yog'ochi ustidan yuqoriga- orqaga dadil yo'naltirib, sonlarning ustki yuzasini qo'shpoya yog'ochi ustiga qo'yiladi. Oyoqlarning old yuzasidagi mushaklarni taranglashtirib, qo'llarni to'g'rilaguncha tos-son bo'g'inidan va bel qismidan dadil to'g'rilanib (oyoqlarni tushirmasdan) tayanish holatiga chiqilib, boshni ko'tarib kerishiladi.
O'rgatish:
a) qo'shpoyaning pastki yog'ochida yoki past yakkacho'pda tayanish holatidan gavdani oldinga engashtirish. Keyin to'g'rilab, qo'llarni to'g'rilab tayanish holatiga qaytish;



ss. V

170-rasm.



bukiladi, so'ngra gavda oldinga engashtiriladi. Tos-son bo'g'inidan bukila borib, oldinga tushishni davom ettirib, sonlarning orqa mushaklarini taranglashtirgan holda oyoqlarni tizzagacha yog'och- dan sirpantirib tushirish va kerishish kerak.
Keyin qo'llarni to'g'rilab, gavdani ham to'g'rilab, oyoqlarni tushirib, qo'shpoyaning pastki yog'ochiga yotib osilish holatiga kelish va kerilish lozim.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin