O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə74/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

Sakrab chiqishlar. Xodaning har qanday qismiga tttrgan joydan*


to'g'ridan yoki qiyalab yugurib kelib, bir yoki ikki oyoq bilan
sakrash ko'prigidan depsinib, qo'llar bilan tayanib yoki tayan-
masdan sakrab chiqish mumkin.
Sakrab tayanishlar. Turgan joydan yoki qiyalab yugurib kelib
oyoqlar bilan depsinib tayanish — o'ng tomondan xodaga tayanib,
chapga burilgancha chap tizzaga tayanish (yarimshpagat, chap
oyoqda cho'qqayib tayanish) to'g'rilanishda qo'llarni yon tomonga
uzatib, o'ng oyoqni oldinga tutgancha shu oyoqda tik turish (yoki
o'ng oyoqni orqaga siltab, cho'qqayib o'tirish va tik turish).

Shu mashqning o'zini o'ng oyoqni siltab o'tib va chap tomonga
burilib, oyoqlarning kerib tayanishini almashtirgan holda orqadan qo'l
bilan ushlab burchak hosil qilib o'tirish — o'ng oyoqni bukib, shu
oyoqda tik turish, chap oyoqni orqaga oyoq uchiga uzatgancha chap
qo'l yuqoriga, o'ng qo'l yon tomonga uzatiladi (yoki oyoqlarni kerib
orqaga siltab yotib tayanish, oyoqlar bilan depsinib cho'qqayib o'tirish).

Muhofaza qilish. Sakrab chiqishlarni bajarganda xodaning qarama-
qarshi tomonidan turib, tayanish holatida ikki yelkadan ushlab va
turayotganda yon tomonda — orqadan ushlab yordamlashish zarur.

Sakrab chiqib, cho'qqayib tayanish(172-
rasm). Ikki-uch qadam yugurib kelib, qo'llar
xodaga qo'yiladi. Oyoqlar bilan depsinib va yel-
kalarni oldinga yo'naltirgancha belni ko'tarib,
oyoqlarni bukib, ko'krakka yaqinlashtiriladi.
Xodaga sakrab chiqib, yelkani orqaga tash-
lamasdan, qo'llar bilan ushlab turish zarur.
О 'rgatish:

    1. polda yotib tayanish holatidan cho'q-
      qayib tayanish, shuning o'zi, lekin qo'llarni
      gimnastika o'rindig'iga qo'yib, uning ustiga
      sakrab chiqish;


    2. ko'prikchadan depsinib, dastali yog'och
      ot ustiga sakrab chiqib, cho'qqayib tayanish;


d) o'qituvchi yordamida xoda ustiga cho'qqayib tayanish holatiga
sakrab chiqish.

Muhofaza qilish. Depsinish «ko'prikcha»si yonida turib, bir
qo'l bilan yelkadan, ikkinchi qo'l bilan talabaning sonidan ushlab
ko'maklashiladi.

O'ng oyoqni oldinda tutgancha oyoqlarni kerib, tayanish holatiga
sakrab chiqish.
Turgan joydan yoki yugurib kelib depsingandan

so'ng, belni ko'tarib, o'ng oyoqni bukkancha uni tez oldinga to'g'ri-
lash kerak. Keyin uni pastga tushirib kerilish lozim.

О 'rgatish:

      1. dastlab yog'och otga sakrab chiqib, o'ng oyoqni bukib siltab
        o'tish;


      2. xodada chap oyoqni orqaga uzatgancha o'ng oyoqda
        cho'qqayib tayanish holatiga sakrab chiqish;


        1. gimnastika tayog'i ustidan o'ng oyoqni bukib o'tkazish;

        2. qo'shpoyaning pastki yog'ochidan o'ng oyoqni bukib, siltab
          o'tkazish;


        3. xodaga sakragancha o'ng oyoqni siltab o'tib oyoqlarni kerib
          tayanish;


        4. shuning o'zi, lekin o'ng oyoqni bukib, siltab o'tkazish.


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin