O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə81/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

O'rgatish: sakrashlar mashg'ulotning ko'proq asosiy qismida, tayyorgarlik qismida esa kamroq o'rgatiladi. Talabalar yerga yumshoq tushish, qo'l harakatlari va gavdani to'g'ri ushlashni o'rganishlari uchun, awalo, arg'amchisiz sakrashlarni bajarishni o'zlashtirib olishlari lozim.

b) shuning o'zi, lekin tizzalar bilan depsinib, cho'qqayib o'tirish holatiga o'tish;

  1. tizzalarda tik turib tayanish holatidan oyoqlarni kerib, tik turib tayanish holatiga o'tish;

  2. shuning o'zi, lekin qo'llarni yuqoriga ko'tarib, oyoqlarni kerib tik turish holatiga kelish.

Muhofaza qilish
. Yerga tushish joyiga yaqin turish lozim. Zarur bo'lganda talabani ko'krak ostidan yoki belidan ushlab muhofaza qilish kerak (bu gimnastning qay tarzda yiqilishiga bog'liq).
Cho'qqayib tayanish holatiga sakrab turib, kerishib yerga tushish («eshak» yoki yog'och ot eniga qo'yiladi, balandligi 110—120 sm).
Oyoqlar bilan depsingandan keyin, tos-son bo'g'inidan bukilgan holda va tizza bo'g'inidan oyoqlarni ko'tarib, qo'llar bilan jihozlarga tiralib, jihozga tayanish holatiga kelish. Zudlik bilan rostlanib, yuqoriga depsinish, umurtqa pog'onasining ko'krak hamda bel qismlaridan kerishib va bir vaqtda qo'llarni yuqoriga — tashqariga ko'tarish kerak. Bu holatni yerga kelib tushishgacha saqlash lozim.
O'rgatish:

    1. polda cho'qqayib tayanish holatidan yuqoriga sakrab, yengil yerga tushish;

    2. gimnastika o'rindig'ida, past xodada yoki osma maydonchada tik turib sakrab, yerga mustahkam tushish;

      1. baland jihoz, «eshak» yoki yog'och otda tik turib, bo'r bilan chizilgan doira ichiga tushish;

      2. cho'qqayib tayanish holatiga sakrab chiqish va kerishib yerga tushish.

Muhofaza qilish. O'qituvchi talabaning holatiga qarab, uni ko'krak ostidan yoki belidan ushlab, muhofaza qilishi kerak.
Ко\hdalang qo 'yilgan «eshak»dan oyoqlarni kerib sakrash. Sak- rashni o'rgatayotganda oyoqlar bilan «ko'prikcha»dan depsinish, qo'llarda kuchli itarilib yuborish bilan deyarli bir vaqtda yerga tushishning bajarilishiga ahamiyat berish lozim. Depsinish yuqoriga qaratilgan bo'lishi kerak. Depsinishdan keyin oyoqlarni kengroq yozish, tos-son bo'g'inida to'g'rilanib, oyoqlarning orqaga harakati bilan bir vaqtda qo'llarni yuqoriga-tashqariga ko'tarib, kerishish darkor. Bu holatni yerga tushgungacha saqlash lozim.
O'rgatish:
a) turgan joydan sakrab, oyoqlarni havoda kerish va yerga tushish paytida juftlashtirish;



O'rgatishni turgan joydan bir va ikki oyoqda (awalo, ikki sapchib, keyin bir marta sapchib) sakrashdan boshlash zarur. Shunga e'tibor berish kerakki, talabalar nafas olishni sekinlash- tirishmasin. Sakrashdan keyin turgan joyda yurish zarur.
Sakrashni birinchi bor o'rganuvchilarga, shuningdek, o'rta va katta yoshdagi kishilar uchun oddiyroq mashqlar tanlanishi va dam olish sakrash vaqtidan ko'proq davom etishi kerak. Arg'amchi bilan bajariladigan mashqlar 20—30 daqiqa davom etadi.
Oyoq mushaklari, nafas olish, yurak va qon aylanish organlariga bir xil yuklama tushishining oldini olish va organizmga har tomonlama ta'sir ko'rsatish uchun arg'amchi bilan bajariladigan mashqlarni gavda, qo'l va yelka kamari uchun umumrivojlantiruvchi mashqlar bilan almashtirib bajarish lozim.
Arg'amchi bilan bajariladigan mashqlarni o'rgatishda o'qituvchi talaba qomati to'g'ri tutilishiga, sakrashda qilinadigan barcha hara- katlarning aniq, yengil va mayin bajarilishiga e'tibor berishi kerak.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin