13
Til va madaniy aloqalar.
O‘rta Osiyo aholisining bir qismi
sug‘d tilida,
ikkinchi qismi tur kiy tilda so‘zlashgan. Bu davrda
sug‘d tili xalqaro savdo tili sifatida Yettisuv va Farg‘ona,
Sharqiy Turkiston, Xitoy hududlarida foydalanilgan.
V–VI
asrlarda
sug‘d, xorazm va
eftal yozuvlari tarqalgan.
Eftallar
alifbosi Baqtriya yozuvi asosida shakllangan.
Eftallar alifbosi
25 harfdan iborat bo‘lgan. Yozuv chapdan o‘ngga
tomon
yozilgan.
eftallar o‘t (olov) va quyoshga sig‘inuvchi otashparast
bo‘lganlar. Markaziy Osiyodagi
boshqa xalqlar esa budda,
nasroniy va zardushtiylik dinlariga e’tiqod qilishgan.
V asrda O‘rta Osiyoda shishasozlik rivojlangan. O‘rta
Osiyo
shishasi rangdorligi, yarqi roq ligi va
tiniqligi jihatidan Vi zan-
tiya shishasidan ustun tur gan. Xitoy imperatorlari o‘z saroy-
larini bezashda O‘rta Osiyo
dan keltirilgan rangli shishadan
foydalanganlar.
O‘rta Osiyo aholisining madaniy an’analari qo‘shni mam-
lakatlar, xusu
san, Hindiston va eron
tasviriy uslublari bilan
uy
g‘un
la
shib, ilk o‘rta asrlar madaniyatining shakllanishida
mus tahkam poy devorga aylangan.
1. eftallarning ilk ajdodlari qayerda yashagan? Yozuvsiz xaritada
ularning yashagan joylarini va yo‘nalishlarini bo‘yab chiqing.
2. eftallar yozma manbalarda qanday nomlar bilan tilga oli nadi?
3. Ayting-chi, nega eftallar bilan sosoniylar o‘rtasidagi munosa-
batlar keskin bo‘lgan?
4. eftallar kelib chiqishiga ko‘ra
qanday qabilalarga mansub
bo‘lgan? Asosiy mashg‘uloti-chi?
Dostları ilə paylaş: