O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)


Genrix IV bilan olib borilgan diplomatik munosabatlarida  g‘arbiy viloyatlar hokimi Mironshoh



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

Genrix IV bilan olib borilgan diplomatik munosabatlarida 
g‘arbiy viloyatlar hokimi Mironshoh faol qatnashdi. G‘arbiy 
eron, Iroq, Ozarbayjon, Armanistonni o‘z ichiga olgan mulklar 
hokimi Mironshoh Amir Temurning keksayib qolgan davrida 
G‘arbiy Yevropa hukmdorlarining diqqat-e’tiborini o‘ziga 
jalb etadi. Bu davrda u Yevropa davlatlari bilan o‘zaro savdo 
aloqalarini jonlantirish maqsadida nasroniy ruhoniylariga 
xayrixohlik bildirib, savdogarlarning daxlsizligini ta’minlash 
borasida chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Shu sababli G‘arbda 
Mironshoh tez orada “katolik oqimining homiysi” sifatida 
shuhrat qozondi.
Kastiliya (Ispaniya) qiroli Genrix III Sharq bilan juda 
qiziqib qolgan edi. 1402-yilning bahorida dastlab Ispaniya 
elchilari Amir Temurning Kichik Osiyodagi qarorgohiga 
yuboriladi. elchilarga Amir Temur va Boyazidning kuch-
qudrati, boyligi va qo‘shinining sonini bilish hamda ular qo‘l 
ostida yashayotgan xalqlarning urf-odatlari, dini va qonunlari 
haqida aniq ma’lumotlar to‘plash topshiriladi. Sharq va G‘arb 
davlatlarining elchilari qatorida Ispaniya elchilari ham Amir 
Temur tomonidan qabul qilinib, qirol nomiga yozilgan maxsus 
maktub va in’omlar bilan kuzatiladi. Ularga qo‘shib Amir 
Temur Muhammadqozi ismli o‘z vakilini Ispaniyaga elchi 


126
qilib yuboradi. Genrix III 1403-yilda Amir Temur huzuriga 
ikkinchi marta maxsus elchilarni yuboradi. Unga Klavixo boshliq 
qilib tayinlanadi. Ispaniya elchilari Samarqandda Amir Temur 
tomonidan tantanavor qabul qilinib, ularga hurmat-ehtirom 
ko‘rsatadilar.
Klavixo boshliq Ispaniya elchilari 1404-yilning sentabr-
noyabr oylarida Samarqandda bo‘ladilar. Amir Temurning 
Xitoy tomonga yurishi munosabati bilan boshqa ko‘pgina 
davlatlarning elchilari kabi Ispaniya elchilari ham 1404-yilning 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin