O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)


-noyabrida Samarqanddan jo‘natib yuboriladi. Kla  vixo  Ispaniyaga 1406-yilning mart



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

21-noyabrida Samarqanddan jo‘natib yuboriladi. Kla 
vixo 
Ispaniyaga 1406-yilning mart oyida qaytib boradi. Klavixoning 
safar taassurotlari “Buyuk Temur tarixi”,  “Temur qarorgohi” 
va “Samarqandga sayohat kundaligi” nomlari ostida ispan 
tilida bir necha bor nashr qilinadi.
Tashqi savdo. 
Amir Temur o‘z davlati poytaxti Samarqand 
atrofida qad ko‘targan bir qancha yangi qishloqlarni Sharqning 
mashhur shaharlari Dimishq (Damashq), Misr (Qohira), 
Bag‘dod, Sultoniya va Sheroz nomlari bilan atadi. Chunki 
Samar qand kattaligi, go‘zalligi hamda tevarak-atrofining obod 
etilganligi jihatidan dunyodagi eng yirik shaharlardan ham 
ustunroq turmog‘i lozim edi. 
Tashqi savdoda ham Samarqand katta o‘rin tutgan. Samar-
qandga turli mamlakatlardan, xususan, Xurosondan ma’danlar, 
Hind va Sinddan yoqut, olmos, Xitoydan atlas, choy, mushk 
va boshqa mollar, o‘zga mamlakatlardan oltin va kumush olib 
kelinardi. Klavixo Xitoy poytaxti Xonbaliqdan 800 tuyalik 
savdo karvoni kelganini o‘z kundaligida qayd etgan. Bu davrda 
Amir Temur va uning mahalliy noiblari Xitoy va Hindistondan 
O‘rta Osiyo orqali Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlariga 
boradigan xalqaro savdo yo‘li – Buyuk Ipak yo‘lida savdo 
karvonlari qatnovi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha muhim 
chora-tadbirlar ko‘rganlar. Sharq bilan G‘arb o‘rtasida sav-
do-sotiq va elchilik aloqalari kengaydi. Bu esa Amir Temur 
davlatining tashqi iqti 
sodiy va elchilik aloqalarining bar-
qarorligiga olib keldi.


127
1. Ayting-chi, Amir Temur davlati bilan qaysi davlatlar iqtisodiy, 
siyosiy va madaniy aloqalar o‘rnatdilar?
2. Amir Temur tashqi siyosatda o‘z oldiga qanday vazifalarni 
qo‘ygan?

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin