130
davomida chet el hukmronligidan tinkasi qurigan mamlakatning,
xalqning mustaqillikka erishish talabi edi. Bu tarixiy zaruriyat
Temurda, uning lashkarboshilarida ravshan ko‘rindi, Temur davlat
arbobi sifatida ma’lum darajada bu ehtiyojni, talabni, zaruriyatni
o‘zida aks ettirdi, ya’ni Movarounnahrda mustaqil markaziy
birlashgan davlat tuzdi, mamlakat ehtiyojlariga javob berdi.
I.M.Mo‘minov
Mustaqillik yillarida Amir Temur xotirasining tiklanishi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng O‘zbekistonning
Birinchi Prezidenti
Islom Karimov sa’y-harakati bilan Amir
Temurning jahon tarixida tutgan o‘rni o‘z joyiga qo‘yila
bosh
landi. O‘zbekistonda uning faoliyatini o‘rganishga va
uni ommalashtirishga keng yo‘l ochildi. Amir Temurning
nomi O‘zbekistonda abadiylashtirildi. Ko‘plab
shahar va
qishloqlardagi shohko‘chalar, maydonlar, jamoa xo‘jaliklari,
maktablar, kinoteatrlar va boshqalar uning nomi bilan ataldi.
Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida Toshkent,
Samar
qand, Shahrisabz va boshqa shaharlarning markaziy
may
donlarida Amir Temurga haykal o‘rnatildi.
1995-yilda
Xal qaro Amir Temur jamg‘armasi tashkil qilindi.
1996-yilda
Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida
Temuriylar davri muzeyi
barpo etildi, “
Amir Temur” ordeni ta’sis etildi.
Dostları ilə paylaş: