REJA: KIRISH…………………………………………………………………….3-bet
I BOB. CHIG`ATOY ULUSINING TASHKIL TOPISHI. 1.1. Chig‘atoy ulusining tashkil etilishi...........................................................4-bet
1.2 Chig‘atoy ulusining boshqaruv tizimi.......................................................9-bet
II BOB. CHIG‘ATOY ULUSIDA IJTIMOIY IQTISODIY VA MADANIY HAYOT 2.1. Chig‘atoy ulusida ijtimoiy-iqtisodiy hayot.............................................14-bet
2.2 Chig‘atoy ulusida madaniy hayot............................................................19-bet
XULOSA.......................................................................................................22-bet
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI...............................24-bet
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Jamiyatimizda yuz berayotgan tub iqtisodiy, siyosiy, madaniy o‘zgarishlar o‘tmishga va bugungi tariximizga yangicha qarashlarni vujudga keltirish tabiiy xoldir. O‘zbekiston o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini belgilayotgan davrda tarixga, ayniqsa, 20-yillardagi tarixiy voqyealikka, davr xodisalarga qiziqish qonuniy ravishda kuchaydi. Zero, hozirgi vaqtda tarixiy haqiqatni to‘g‘ri baholash zarurati kun tartibidagi muhim masalalardan biri bo‘lib qoldi. Binobarin, tarix voqyealariga real baho berish ma'naviyatimizning tiklanayotganligidan nishonadir. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov aytib o‘tganidek: “Halqning ma'naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish O‘zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir. Ma'naviyat o‘z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi. Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo‘lmaganidek, o‘z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo‘lmaydi”1 Shu nuqtai nazardan qaraganda bugungi kundagi ko‘pgina fojialarimiz va qiyinchiliklarimiz keyingi o‘n yillarda umuminsoniy qadriyatlardan chekinganimizning oqibatida yuz berayotganligi shubha tug‘dirmaydi. O‘tmishga, bo‘lib o‘tgan tarixiy burilish natijalariga murojaat qilargan millionlab odamlar ba'zan g‘ayriihtiyoriy ravishda, hozirgi zamonda ham inqilobiy to‘ntarishlarni amalga oshirish mumkinligiga ishonch xosil qiladilar. Tarixiy voqealarning tajriba va saboqlaridan hozirgi sharoitda foydalanishga harakat qiladilar.
Tarixiy fanlarning eng muhim masalalarini chuqur o‘rganishga qiziqish kuchaygan hozirgi vaqtda ziddiyatli mavzulardan bo’lgan Chingizxon boshliq mo’g’ullar 1219 yilda Movoraunnahr hududiga bostirib kirishi va mo’g’ullarga qarshi ko’tarilgan xalq isyonlari qatorida Mahmud Tarobiy boshchiligidagi qo’zg’alon ham chuqur tarixiy ahamiyatga ega va bu davr voqealarini atroflicha, har tomonlama o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, bu davr voqyealarining o‘rganilishi ibratli saboqlar olishga, hozirgi davr voqealarini tushunishga ham xizmat qiladi.